Muzaffar SHIRINOV,
A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis
xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
tayanch doktoranti
TABIATShUNOSLIK FANINI O‘QITIShDA TUShUNChA,
TAhLIL VA TAQQOSLASh KATEGORIYALARIDAN
SAMARALI FOYDALANISh USULLARI
Annotatsiya
102
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
susiyatlarini hisobga olish zarur.
tabiatshunoslik fanini o‘qitishda onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o‘qi-
tuvchiga taalluqlidir. U o‘quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni
bajarishga qiziqtira olishi kerak.
o‘qitishda onglilik namoyon bo‘lishining oliy shakli o‘quvchilarning ijodiy faolligidir.
Bu gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o‘tkazilgan kuzatishlarni ta’riflash va
o‘qituvchi taklif qilgan mavzu bo‘yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyor-
lash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘rgazmalilik tamoyilida predmetli va tasviriy ko‘rgazmalilikni amalga oshirish asosi-
da o‘qitish, ayniqsa, o‘quvchilar tafakkurida kuzatuvchanlikning faollashishiga yordam be-
radi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga o‘rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordam-
lashadi, o‘zlashtirish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarining mustahkamligini ta’minlaydi.
tabiat jismlari va hodisalari ustida olib borilgan kuzatishlar materialni tushunib
olishiga va o‘zlashtirilganlarini mustahkamlashga, o‘qituvchi rahbarligida tabiat hodisa-
lari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashga, jismlar to‘g‘risidagi fikrlar bilan ko‘rganlarini
taqqoslashga imkon beradi.
o‘quvchilarning qanday o‘zlashtirayotganligidan qat’i nazar ularning hammasiga
individual yondashish kerak. tabiatshunoslikda tushunchalarni o‘zlashtirishga alohida
e’tibor qaratish lozim. tabiatshunoslikda tushunchalar – bu umumiy muhim belgilari
bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to‘g‘risidagi umum-
lashgan bilimlardir.
tushunchalarni tasavvurlardan farq qila olish kerak. tasavvur – bu sezgi organlar
faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning mahsulidir. tushuncha – tafakkur mah-
suli hisoblanadi. tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalar ustida
fikr yuritish natijasida vujudga keladi.
Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. tushunchalar esa bu-
tun narsalar sinfiga taalluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, “barg”
tushunchasi daraxt, buta, o‘t, o‘simliklarda o‘sadigan hamma barglarga taalluqlidir.
tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bilan tushun-
chalar o‘rtasida keskin chegara yo‘q. tasavvurlar mazmunning boyib borishi va ularda
narsalarning muhim xossalarini tobora ko‘proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi va
tushunchalarga aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi.
U yoki bu narsa, tabiat obyektlari to‘g‘risida tasavvurlarning bo‘lishi hali ular to‘g‘ri-
sida tushunchadan dalolat bermaydi. tushuncha ko‘pgina ayrim hodisalarning muhim
belgilari umumlashgani sifatida hosil bo‘ladi.
tabiatshunoslikda tushunchalarni shakllantirishda har xil psixologik fikrlash jara-
yonlariga: diqqat, xotira, tahlil, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, aniqlashtirish,
umumlashtirish kabilardan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak
1
.
Biror o‘simlik, hayvon, jonsiz tabiat obyekti (kompas, termometr) to‘g‘risida tu-
shuncha hosil qilishda uni fikran qismlarga ajratish, ularning har birini alohida ko‘rib
chiqish zarur. Masalan, 1-2-sinf o‘quvchilarini erta gullovchi o‘simliklar (binafsha, chuch-
moma, lola) bilan tanishtira borib, o‘qituvchi bolalarga shu o‘simliklarning qismlarga (il-
diz, poya, barg va gulga) ajratish, keyin esa har bir qismning vazifasini aniqlash ni, ya’ni
tahlil qilishni taklif qiladi. Shundan keyin bolalar narsaning qismlarini fikran bir butunga
birlashtirishi, ya’ni sintez uslubidan foydalanishi kerak. tahlil va sintez – fikrlashning
1
Davletshin M.g., Do‘stmuhamedova Sh., Mavlanov M., To‘ychiyeva S. yosh davrlari va peda-
gogik psixologiya. – Metodik qo‘llanma. – t.: tDPU, 2004, 41-b.
103
eng muhim uslubidir, uning yordamida tushunchalar shakllantiriladi. Narsalarning ay-
rim elementlarini fikran ajratish va ularni bir butunga birlashtirishdan foydalanib, ayrim
narsa va hodisalarni bir-biri bilan taqqoslash (binafsha bilan lolani, chuchmoma bilan
binafshani, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda o‘simliklar hayotidagi
o‘zgarishlarni) orqali o‘tkazish mumkin. taqqoslash har xil belgilar: o‘simlik organlari,
tashqi tuzilishi, yil fasllari, foydalanilishi va h.k. bo‘yicha o‘tkaziladi.
tushunchalarni umumlashtirish, ya’ni umumiy xossalarga ega bo‘lgan jism va ho-
disalarni birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish, narsa va hodisalar mu-
him belgilari bo‘yicha birlashtirilganda to‘g‘ri hisoblanadi.
Shakllantirilgan tushunchalarni bolalar amalda qo‘llay olishlari kerak. Masalan,
bolalar daryolar to‘g‘risidagi tushunchalarni o‘zlashtirib, uning yordamida xaritadan to-
pishlari, o‘simliklarning ko‘payishi to‘g‘risidagi tushunchani olib, undan tirik tabiat bur-
chagida yoki maktab oldi yer maydonchasida qo‘llashlari kerak. o‘quvchilar ob-havoni
kuzatib, ularni kundaligida qayd qilishga, taqqoslash va xulosalar chiqarishga (yanvar,
fevralda sovuq, martda esa iliqroq) o‘rganishlari kerak. tushunchalarni shakllantirish-
da shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha ayrim elementlardan tarkib topadi. Chu-
nonchi, “tepalik” tushunchasi quyidagi elementlardan: cho‘qqisi, tagi, tik yonbag‘irlik,
yotiq yonbag‘irlik kabilardan iborat. “Daryo” tushunchasi quyidagi unsurlarni: quyilish
joyi, boshi (boshlanishi), o‘zani, o‘ng va chap qirg‘og‘i kabilarni o‘z ichiga oladi.
tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalar ham muhim hisoblanadi. yakka
tushunchalar – bu yoki boshqa narsalarga, hodisalarga xos bo‘lgan yakka belgilar-
dir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustahkamlansa, yakka tushuncha
esa nomlar yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt
bo‘lmaydi. o‘quvchilar e’tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog‘lanishiga qa-
ratmoq, ya’ni obyektning yakka xususiyatini ta’kidlamoq zarur. Agar u tabiiy obyekti
bo‘lsa, unga fazoviy xarakteristika berish, ya’ni joylashgan o‘rnini xaritadan aniqlash
kerak. tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda uncha umumiy bo‘lmagan tu-
shunchalardan ancha umumiyroq tushunchalarga olib kelish bo‘yicha mashqlar katta
ahamiyatga ega. Masalan, tur doirasidagi “bo‘ri”, “tulki”, “yo‘lbars”, “sher” tushunchalari
avlod doirasidagi “yirtqichlar” tushunchasiga kiradi. Bunda farq ettiruvchi xususiyatlar
(tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvon-
larning tashqi ko‘rinishida ma’lum bo‘ladi.
o‘qituvchi xaritadan Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq daryolarini ko‘rsatishi, ya’ni
yakka tushunchalar berishi va bolalardan nimalar umumiy ekanligini so‘rashi mumkin.
(Ularning hammasi oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga, o‘ng va chap
qirg‘oqlariga ega). Shu belgilar asosida “daryo” umumiy tushunchasi shakllantiriladi.
tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig‘ma tushunchalar ham
mavjud. Ular umumiy belgilarga ega bo‘lgan yakka tushunchalardan tarkib topadi. Ma-
salan, cho‘llar uchun xos o‘simliklar (saksovul, qum akatsiyasi, yantoq)ni bir hududda
bo‘lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlari, yirik barg plastinkalarining yo‘qligi, tikanla-
rining bo‘lishi) birlashtiradi. yig‘ma tushunchaga kiradigan har bir yakka tushuncha
o‘zining individual xususiyatlarini saqlaydi. Subtropik o‘simliklar – dafna, magnoliya,
choy; cho‘l o‘simliklari – saksovul, qum akatsiyasi, yantoqdan keskin farq qiladi. Shun-
day qilib, bu o‘simliklar uchun ularni bir tushunchaga birlashtiradigan hududiy belgilar
umumiy hisoblanadi. Umumiy tushunchani shakllantirib, keyin har bir zona o‘simliklari-
ning individual xususiyatlarini jadval, surat, gerbariylardan ko‘rsatib o‘rganishga o‘tish
kerak.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |