“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
(qum sochiluvchan, loy esa yopishishi kerak). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan
belgilargina emas, balki o‘xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalarning
eng muhim belgilarini aniqlaydilar. Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir.
taqqoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko‘rsatish kerak.
Buni hammadan ko‘ra suhbat jarayonida qilish qulay. Chunonchi, 3-sinfda “Jonajon
o‘lka tabiati” mavzusini o‘rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar
bo‘yicha suhbat o‘tkazish mumkin:
yashash joyingda qaysi o‘simliklar ariq bo‘ylaridagi nam tuproqda qaysilari quruq
tuproqda, o‘sadi?
o‘simliklar va hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o‘zgarish-
lar bilan bog‘liq?
Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o‘zgaradi?
Suvda o‘suvchi qamish quruqda o‘sadiganlaridan tashqi ko‘rinishi bo‘yicha nimasi
bilan farq qiladi?
Maktab oldi yer maydonchasidagi gulzorda o‘suvchi o‘simliklarni poyasi, barglari,
gullari, mevalari bo‘yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. taqqoslash asta-sekin mus-
taqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. o‘qituvchi taqqoslash yordamida o‘quvchilar
bevosita kuzatmagan, yaqqol ko‘rmagan, qabul qilish vositasida sezmagan hodisalar
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib berishi mumkin. tahlil – bu butunni belgilangan qism-
larga ajratish, maxsus belgilarga bo‘lish, o‘xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir.
Masalan, hamma g‘alla o‘simliklarida ildizi, poyasi, bargi, guli va mevasi bo‘ladi. Ammo
bu belgilarning o‘xshashligida, masalan, bug‘doy va makkajo‘xorida farqlar ham bor.
Sintez bu bog‘lanishlar o‘rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g‘alla o‘sim-
liklarining ildizlari ko‘pgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak poxol cho‘p; bargi
ensiz va uzun; mevasi don). Fikrlash natijasida ilgari ko‘rilmagan yangi bog‘lanishlarni
o‘rnatsa bo‘ladi. tafakkur jarayonida o‘quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog‘lanish-
larni aniqlaydi, unga berilgan vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi
va qo‘llaydi. Aqliy jarayonlar vositasida u o‘xshash, farq qiluvchi narsalarni taqqoslaydi
va guruhlaydi. o‘qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan foydalanishlarida, mantiqiy
tafakkurning ayrim jarayonida fikr yuritganlarida bu xatolarni osonlik bilan payqaydi. ta-
biatshunoslik fanini o‘qitishda tushuncha, tahlil va taqqoslash kategoriyalaridan samarali
foydalanishning metodik sharoitlari “Nima uchun?” “Nimaga?” “Qanday?” savollariga ja-
vob talab qilib, o‘qituvchi bolalarni o‘z fikrlarini asoslashga, o‘z oldilariga savollar qo‘yish-
ga va ularga to‘g‘ri javob berish uchun harakat qilishga o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |