Muhayyo ARTIKOVA,
Andijon Davlat universiteti Pedagogika kafedrasi mudiri,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
BOShLANG`ICh SINF O‘QUVChILARIDA TADBIRKORLIK
KO‘NIKMALARINI ShAKLLANTIRISh ZARURATI
B
ozor iqtisodiyoti davriga o‘tish mamlakatimiz aholisi va ayniqsa, yoshlarning
iqtisodiy bilimini oshirish hamda yangicha fikrlaydigan shaxs – tadbirkorlarni
shakllantirish masalasini qo‘ydi. Shu bois bugun mamlakatimizda oilaviy tad-
birkorlik, kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmonlar safi tobora kengayib, ularga
talab yanada ortib bormoqda. Bu esa tabiiyki, mazkur soha vakillarini tayyorlash, yosh-
larni tadbirkorlik ko‘nikmalarini egallash ruhida tarbiyalash bo‘yicha ta’lim-tarbiya ish-
larini rivojlantirishni talab etadi. Bizningcha, mazkur jarayonni uzluksiz ta’lim tizimining
boshlang‘ich sinflaridan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinflardagi mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi – o‘quv-
chilarga faqat iqtisodiy bilim berishdan iborat emas, balki ularda jamiyatning iqtisodiy
va bozor talablari asosida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga
ega. Chunki ushbu masalani hal etish uchun boshlang‘ich ta’limda tadbirkorlikka oid
ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy va innovatsion texnologiyalarini, metodlarini, usul-
larini ishlab chiqish bugungi pedagogik izlanishlarda o‘z aksini topishi zarur.
Binobarin, tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash borasida Preziden-
timiz Shavkat Mirziyoyev doim ta’kidlab keladi: “tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xusu-
29
siy mulk daxlsizligini amalda ta’minlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor
yo‘nalish bo‘lib qoladi. Biz iqtisodiyotimizni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlarga keng
yo‘l ochib berish siyosatini bundan keyin ham qat’iy davom ettiramiz. Hal qiluvchi aha-
miyatga ega bu sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, uning oldida paydo bo‘la-
digan to‘siqlarni butunlay olib tashlash masalasi davlat rahbari sifatida mening doimiy
e’tiborim va nazoratimda bo‘ladi”
1
.
Shuningdek, 2017–2021-yillarda o‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
besh ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham kichik biznes va xu-
susiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish, uning rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan insti-
tutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, yoshlarni oilaviy tadbirkorlik va xususiy
biznesga jalb qilish vazifalari ham keng o‘rin olgan.
Demak, tadbirkorlikni rivojlantirish va taraqqiy ettirish uchun boshlang‘ich ta’lim-
dayoq tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va bunda dastlabki bilim, ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish zarur bo‘ladi.
Bu haqda gapirishdan oldin o‘quvchilarda tadbirkor, tadbirkorlik tushunchalarining
mazmun-mohiyatini bayon etish maqsadga muvofiqdir. Chunki bugungi sharoitda “tad-
birkor” deganda aksariyat kishilarning ko‘z oldiga biror mahsulotni sotib olib, keyin uning
ustiga o‘z narxini qo‘yib sotadigan shaxslar keladi. Aslida tadbirkor olib-sotuvchi emas,
balki “o‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilganidek, tadbirkor – ishlab chiqarishni
yoki boshqa faoliyatni tashkil etuvchi, moliyalashtiruvchi, tijorat yoki sanoat korxona-
sini foyda olish maqsadida boshqaruvchi shaxs, mulkdor
2
. Shuningdek, izohli lug‘atda
“tadbirkorlik”ka tadbirkorga xos xatti-harakat, faoliyat, xislat, deb izoh beriladi. o‘qituv-
chining bunday tushuntirishlari orqali o‘quvchilar tadbirkorni oddiy olibsotar emas, balki
uddaburon, ishning ko‘zini biluvchi, tashabbuskor inson deb bilishadi.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tayanch o‘quv rejasiga ko‘ra,
1–4-sinflarda “ona tili”, “o‘qish”, “odobnoma”, “Matematika”, “Atrofimizdagi olam”, “texno-
logiya” fanlari tarkibida “iqtisod va soliq alifbosi” kursi o‘qitiladi. Bu kursni o‘qitishdan asosiy
maqsad – kichik yoshdan boshlab o‘quvchilarga dastlabki iqtisodiy tushunchalarni singdi-
rish, tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtiso-
diy islohotlarni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini, soliqlar va ularning turlarini
sodda misollar yordamida tushuntirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish, birinchi
navbatda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining iqtisodiy bilimlarni nechog‘li egallaganligiga
bog‘liq. Chunki o‘quvchilarga iqtisod va soliq haqida ta’lim berish o‘qituvchidan iqtisodga,
tadbirkorlikka taalluqli bilimlarni, tushunchalarni, ko‘nikmalarni bilishni talab etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilariga bilim berar ekan, ularda aqliy va jismo-
niy mehnat haqida, tadbirkor, ishbilarmon kishilar to‘g‘risida, pul, pulni ishlatish, sotuv-
chi va xaridor, savdo-sotiq, bozor, daromad, foyda, soliq, ishlab chiqarish, narx-navo
kabi dastlabki tushunchalarni shakllantira boshlaydi. 1–4-sinf o‘quvchisi uchun bozor-
dagi narx-navoni bilib olish juda foydali. o‘qituvchi interfaol usullarni qo‘llab, bozorda-
gi narx-navoning har kunlik (yoki haftalik) natijalarini o‘quvchilarga tushuntirib boradi.
Ayniqsa, texnologiya darslarida o‘quvchilarni oilada ishlatiladigan buyumlarni tayyor-
lashga (iloji bo‘lsa ularning sotuvini yo‘lga qo‘yishga), ularga tadbirkorlik uchun zarur
bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga intilish ko‘zlangan natijani berishi mumkin.
1
konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning
mustahkam poydevoridir. // prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2017-yil 7-dekabr.
www.uza.uz
2
o‘zbek tilining izohli lug‘ati. 3-jild. – t.: o‘zbekiston milliy ensiklopediyasi DiN, 2007, 636-b.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |