Faoliyat mayli.
Bu istak bolalarda tavallud topganlaridan
paydo bo‘ladi. Go‘dak shu chog‘dan harakat va faoliyat
orzusida bo‘ladi. Qo‘l-oyoq silkitadi, «meni ko‘tarib yurgin»,
deb otasining yelkasiga o‘zini tashlaydi. Yurib ketgandan
so‘ng xursand bo‘lib to‘rt tomonga yuguradi va imkon bo‘lsa,
umuman tinchimaydi. Agarda boladagi shu istakka qarshi
chiqib, uni «qimirlamay o‘tirishga» o‘rgatsangiz, katta bo‘lib
hafsalasiz, dangasa, ishbilmas bo‘lib voyaga yetadi.
Izzat-nafs.
Har bir odam ozmi-ko‘pmi o‘zini sevib
manfaatini o‘ylaydi. Shu holat izzat-nafs deyiladi. Bu tabiiy
holat bolalarda ham mavjud. Siz bozordan bironta surat yoki
soat sotib olib, uni farzandlaringizning biriga berasiz. Shunda
boshqa bolangiz murosasiz yig‘i-sig‘ini boshlaydi. Chunki u
ham o‘zini yaxshi ko‘radi va sizning hadyangizdan mahrum
bo‘lmaslikni xohlaydi. Izzat-nafsni so‘ndirmay uni rivoj-
lantirish kerak. Kimda shu nafs bo‘lmasa, ya’ni o‘z man-
faatini o‘ylamasa, o‘ziga ishonmaydi, izzat-nafsining tala-
bida bo‘lmaydi. Bunday odamdan biror-bir yaxshilik foyda,
fazilat kutib bo‘lmaydi. Bolalarga «ahmoq», «eshak», «ju-
vonmarg», «noma’qul qilibsan», «b... yebsan», «o‘ldiraman
seni», «senga gapirishni kim qo‘yibdi?» deb qarg‘ash,
do‘pposlash, ko‘cha-ko‘yda bolani urish izzat-nafsiga tegib,
uni yo‘q qiladi. Go‘dak shunday tahqir ko‘rib, yaxshi-yomon
odamlar oldida haqorat eshitib, o‘ziga mehr va ishonchini
yo‘qotadi, nafsoniyati xor bo‘lib, beizzat va e’tiborsiz bo‘lib
qoladi. Bunday odamlami axloq ulamolari «eshak halimligi
egalari» deb atab, ulardan g‘ayrat, or-nomus, hamiyat
kutmaydilar. Baxtga qarshi bugun biz buxoroliklar shunday
holatga tushganmizki, manfaatimizni yo‘qotsak ham payidan
bo‘lmaymiz, nimaiki bo‘lsa qanoat qilamiz. Ikki-uchta odam
295
oldida so‘zlolmaymiz, da’voimiz isbotida ojiz qolamiz,
g‘animlardan bizga yetadigan zulm-u sitamlariga toqat qila-
miz, qutulishimiz va najotimiz haqida o‘ylaymiz. Bulaming
sababi, bolaligimizdan ota-ona, muallimlarimizdan haqorat
eshitib, tahqir ko‘rganimizdandir. Bola ba’zan noo‘rin
harakat qilsa, «Qadr-qimmating, izzat-nafsing bormi? Xayf
senga, nomunosib ish qilding!» — deb nasihat qilsalar
bo‘lardi-ku?! Urib, haqorat qilish shartmi?! Oqibat odam-
ning izzat-nafsi bir zararli shaklga kiradi, o‘z egasini yomon
ishlarga boshlaydi. Masalan, ba’zi odamlar zaif va past xis-
latlarga mubtalo bo‘ladilar. Bu yo‘lda boshqalaming mol-u
jonini, nomusini ham qurbon qilishga haqliman deb biladilar.
Ba’zi odamlarda intiqom — o‘ch olish mayli, izzat-nafsining
bir bo‘lagi bo‘lib singib ketganki, afV etish va rahm qilishni
unutganlar. Hatto, o‘ch olganda ham adolat, insof doirasidan
chiqib ketadilar. Bir guruh odamlaming esa, izzat-nafslari
takabburlik va g‘urur darajasiga shunchalik ko‘tarilganki,
boshqalar bilan muomalada ulami odam o‘mida ko‘rmay-
dilar. Bular hech kim bilan maslahatlashmaydilar, o‘zlarini
shunga loyiq deb biladilar. Izzat-nafsni bu darajaga
yetkazmaslik lozim. Oqibat shunday bo‘lmasligi uchun bo-
laga xasislik, baxillik, kibr-u g‘urur zararlarini tushuntirish
zarur. Bunday xislatlaming zararini tasvir va bayon etib,
fazilatning doimiy xayrli manfaatlarini tushuntirish, bosh-
qalarning izzat-nafsiga tegmaslikni, odamlarga diqqat-
e’tiborda bo‘lishni, ishlaming asl mohiyatini, bilimga rag‘-
batli bo‘lishni o‘rgatish kerakki, bolalaming ijtimoiy va oliy
mayllarini tarbiya etish muhim ahamiyat kasb etsin. Bu tarbiya
qanaqa bo‘ladi?
Ijtimoiy mayllar ham uch xil: aloqa mayli, o‘zgalarga
nisbatan mehr-muhabbat mayli va ibrat olib e’tiborda bo‘lish
mayli.
Aloqa mayli.
Odam o‘z yaqinlariga qalban bog‘langan va
ulaming o‘z shodligi va qayg‘ulariga sherik bo‘lishlarini
xohlaydi. Agarda odam g‘amginlik vaqtida yana yaqinlaridan
ikki-uch kishini o‘ziga hamdard ko‘rsa, ancha tasalli topadi,
shodlik va xursandchiligida ham sheriklari bo‘lsa, shodligi
ancha oshadi. 0 ‘zi ham boshqalaming g‘ami va xursandchi-
296
ligiga sherik bo‘ladi. Odamda bu holat tabiiydir. Go‘dak hali
til chiqarmasdan, fikrlash va muhokamaga kuchi yetmay
turib atrofidagi kulgi va xursandchilikka qo‘shilmoqchi bo‘-
ladi. Sabablarini bilmay, u ham kulib xursand bo‘ladi.
Atrofidagi ikki-uch odamni yig‘laganini ko‘rsa, bola ham
yig‘laydi. Shu holat aloqa mayli deyiladi. Shafqat, marhamat,
ko‘ngil ovlash, tasalli berish, birovning dodiga yetish shu
mayl natijasidir. Buning ustiga kimning shu mayli kuchayib
borsa, uning atvori va fe’li boshqalarga og‘ir botmasa, unga
ta’na qilmasalar, u doimo yaxshi ishlarga q o i uradi. Bolalarga
mazlumlar, hech kimi yo‘q bechora va bevalar ahvolini
tushuntirish, ularga yordam berish fikrini bolalar ongiga
singdirish foydalidir. Bola atrofdagilar ahvolidan achinib
g‘amgin bo‘lsa-yu, unga esa «Senga nima? 0 ‘zingni o‘yla»
deyish, undagi aloqaga bo‘lgan mayl, intilishga zarba berish
demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |