Bosh so‘zlar
Kesim, ega
1. Qushga bog‘chada ertalab...
2. Cho‘lpon yaqinda yaxshi bir she’r...
Yuqoridag‘i iki so‘z qo‘shimidan hech birtasi gap bo‘la
olmaydir, bulardan tugal «o‘y» anglashilmaydir. Bu tuban-
daki so‘z qo‘shimidan qay birini eshitgach so‘z kesildi,
gap bitdi deb o‘ylamaymiz. Gapning so‘ngini kutamiz. Bu-
12 — Abdurauf Fitrat
177
lami tugatmak, gap qilmoq uchun birinchisiga sayraydir,
ikinchisiga yozdi so‘zlarini qo‘shib:
1. Qushlar bochada ertalab sayraydir.
2. Cho ‘Ipon yaqinda yaxshi bir she ’r yozdi
deymiz, anglatmoqchi boiganimiz o‘yni tugallatamiz. Gap
tugaladir, so‘z kesiladir. Gapning tamomlanib so‘zning kesil-
gani shu sayraydir ham yozdi so‘zlari bilan boidi. Shuning
uchun yuqoridagi iki gapning oxiridagi yozdi, sayraydir
so‘zlariga «gapning kesim so‘zlari» yo sodacha «kesim»
deymiz.
Gapdagi so‘zlaming oxirig‘a kelgan, o‘z kelishi bilan
so‘z qo‘shimini gapka aylantirgan so‘z - «kesim» so‘zdir.
Bolali uy bozor;
Bolasiz uy mozor.
Oldamag‘an oldanmaydir.
Ayrilganni ayiq yer.
(E lso‘zlari)
Shu choda, shu bog‘da har narsa yumshoqdir,
Har narsa ko ‘kargan, har narsa yashnaydir.
( Cho ‘,Ipon)
Tong otdi, jahon zulmati bitdi,
Mungli kecha ming dard ila o ‘tdi.
(Botu)
Yuqoridagi gaplaming oxirlarida bo‘lg‘an bozor, mozor,
oldanmaydir, yer, ko ‘kargan, yumshoq, oppoqdir, otdi, bitdi,
o ‘tdi so‘zlari shu gaplaming kesim so‘zlaridir.
Kesim so‘zlariga «dir» qo‘shimchasi qo‘shiladir; «dir»
qo‘shilmag‘ani ham boiadir. Yuqoridagi gaplarda ikoviga
ham misol bor.
Kesim so‘zidan so‘ng, gapning bitganini ko‘rsatmak
uchun «nuqta» qo‘yiladir.
Ahmat menga xat yubordi.
Bu kitobni Karim yozg‘an.
Bugun bizga oqcha berildi.
Bu uch gapning kesimlari yubordi, yozg‘an ham berildi
so‘zlaridir. Shu kesim so‘zlardan har birtasini «kim? — nima?»
so‘zlari bilan aytkanda gapdagi qaysi so‘z bilan javob berilsa
shu so‘z gapning «ega so‘zi» yoki sodacha «ega»si boiadir.
— Kim yubordi? — Ahmat.
— Kim yozdi? — Karim.
— Nima berildi? — Oqcha.
178
Mana shu Ahmat, Karim, oqcha so‘zlari yuqoridag‘i gap-
larga «ega so‘zi» bo‘lib kirgandir.
Demak, bir gapdagi kesim so‘zi «kim-nima» to‘g‘risida
aytilgan bo‘lsa ega so‘zi shudir. Kesim so‘zining-da, ega so‘zi-
ning-da bir gapda birdan ortiq bo‘lishlari mumkindir.
Kesim yoki ega so‘zi birdan ortiq bo‘lganda oralarida (,)
shakli qo‘yiladir; eng so‘ngida (,) shakli o‘mida «ham, va»
qaydi ketirmak-da bo‘ladir:
Uylar,
Qo ‘noqlar,
Saroylar
Ayrildi butun dabdabasindan.
(Fitrat)
Oynadi, kuldi, qarg‘adi, tindi.
(Botu)
Bu turmish, bu hokimiyat, cheki krinmagan bu qorong‘uliq
uning uchun sira qiziqarliq emas.
(A. Qodiriy)
Amu k o ‘purmishdir, toshmishdir.
( Cho ‘Ipon)
Do'stlaringiz bilan baham: |