Ilmiy maqola va tadqiqotlar


TILIMIZNING  TARIXIY  OQIMI



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

TILIMIZNING  TARIXIY  OQIMI
0 ‘ruslar  Turkistonga  kelmasdan  bir-iki  mulchar  (asr) 
burunroqdan  olib  so‘ng  kunlargacha  bizning  yalpi  (umu- 
miy)  bir  otimiz  yo‘q  edi.
0 ‘zbeklar Turkistonga kelib  Chig‘atoy  hukumati sanal- 
g‘an temuriylami quvg‘andan so‘ng unsiz ham xalq orasig‘a 
tuzuk  kengashmag‘an  chig‘atoyliq  unvoni  oradan  chiqarila 
boshladi.  Buning joyig‘a  qabila  unvonlari  — xonlig1,  beklik 
unvonlari  birlashdi.  0 ‘ruslar  kelgandan  so‘ng  sart  unvoni 
umumiylasha boshladi.  Biroq «sart» so‘zi (arablaming ajam 
so‘ziga o‘xshab) turk bo‘lmag‘anlarg‘a taqila kelgan edi. Mil- 
Uy uyg‘onishimizning boshida turg‘anlar bu  unvonni  qabul 
etmadilar. «Sart» so‘zi yo‘qdir, deb qichqira boshladilar.  Turk, 
musulmon,  turkistonli kabi unvonlami saqlamoqchi bo‘ldilar.
Buyuk  inqilobdan  keyin  bu  unvonsizliqdan  qutulmoq 
ehtiyoji  butun  kuchi  bilan  o‘zini  ko‘rsatdi.  Har  kim  «Biz 
kim  bo‘lamiz?»  deb  o‘z-o‘zidan  so‘ray  boshladi,  o ‘zbek 
unvoni yararhq ko‘rildi, qabul etildi, turli e’tirozlarg‘a qara- 
masdan bu kun bu  unvon hayotg‘a aralashib  qoldi.
Biz mana shunday unvondan unvong‘a og‘dirila turg‘anda
172


burung‘i  unvonimiz  bo‘lg‘an  «chig‘atoy»  so‘zi  adabiyoti- 
mizdagina  o‘z  kuchini  saqlab  keldi,  o‘zimiz  turkistonh,  mo- 
varounnahrh,  musulmon,  sart  boiaturg‘an  paytlarda  tUimiz 
«Chig‘atoy tili»,  adabiyotimiz  «Chig‘atoy adabiyoti» bo‘Ubg‘i- 
na qoldi.  Bu «Chig‘atoy tiU» qanday tUdir? Turkchaning qaysi 
shevasiga kiradi? Tarixi nuchukdir? Shuni ko‘rib o‘tishimiz kerak.
Hijriy  466-(yU)da  qashqarli  Mahmud  ibni  Husayn  to- 
monidan  yozilg‘an  «Devonu  lug^atit-turb^ning  ko‘rsati- 
shiga qarag‘anda, hijriy 5 mulcharda (asrda) turk tiU iki buyuk 
tarmoqqa ayrilg‘an. Oralarida sarfchada, lug‘atchada ancha- 
gina ayirma boig‘an. Bu iki tarmoqning bir «Devoni lug‘at»- 
ning aytkaniga ko‘ra,  « 0 ‘g‘uz turkchasi»,  biri esa «xoqoniy 
turkchasi» yo sodacha «turkchadir». Umumiy turk tilini sharq 
turkchasi; arb turkchasi deb ayirmoqning-da asosi «Devoni 
lug‘at»ning shu so‘zlariga borib tiraladir. Bu kun sharq turkchasi 
deganimiz  turkcha  « 0 ‘g‘uz  turkchasi»ga  muqobil,  unga 
«yondosh»  boig‘an  shu  xoqoniy  turkchasidir.
«Devoni lug‘at»ning so‘ziga ko‘ra bu xoqoniy turkchasi 
turklaming rasmiy,  adabiy tillari emish,  turk tillarining  eng 
«fasih»i  ham  shu  emish.  Xoqoniy turkchasi  «Jikil—chegil», 
«Taxsi—tuxsi»  (ya’ni,  qorluq)  turklaming  shevasi  emish. 
Bolasog‘un,  Taroz,  Madinat  ul-baizada  yashag‘uchilar 
sug‘dcha gapirsalar ham, xoqoniy turkchasini bilar emishlar.
«Azpijob»2)dan Bolasog‘ungacha yoyilib  «Org‘u»  o‘lkasi 
sanalg‘an  joylarda  ham,  xoqoniy  turkchasining  biroz  bu- 
zilg‘an shakli ishlatilar emish,  Qashqaming shahar tih ham, 
shu xoqoniy turkchasi emish.  Uyg‘urlar ham xoqoniy turk- 
chasi  bilan  so‘ylashar  ekanlar,  biroq  unlaming  o‘zlariga 
maxsus  shevalari  ham  bor  emish.
Hijriy 426-(yU)da,  ya’ni  «Devoni lug‘at»dan to‘rt yilgi- 
na burun Qashqarda yozUg‘an «Qutadg‘u biUg» bUan, qashqar 
tUida yozUg‘ani m aium  boig‘an «Hibat ul-haqoyiq»ning shu 
xoqoniy turkchasining bu yuqorida yozUg‘an so‘zlaridan ochiq 
anglashUadir.  «Devoni  lug‘at»da  Org‘u  oikasidan  sanalg‘an 
Sayramdan  chiqqan  Ahmat  Yassaviy  hikmatlarini  ham  shu 
doiraning biroz buzuq shevasiga kirgizishka to‘g‘ri keladir.
"  1333  Istanbulda  Maorif nazorati tomonidan bosilg‘an  bu  muhim  kitob- 
ning bosma bir nusxasi Toshkentda «Turon» kutubxonasida bordir.
2)
  Taroz  (Tiroz),  bu  kungi Avliyoota  shaharidir.  «Azpijob» bilan  «Madinat 
ul-baiza» bu kungi «Sayram»dir.  «Bolasog‘un» Avliyootaning sharqiy shimoli- 
da  eski  bir  shahar  ekan,  bu  kun  izi  qolmag‘andir.
173


Sharq turkchasining butun qabila shevalari ustida umu- 
miy  adabiy,  rasmiy bir  shevasi  borlig‘i  ham  u  shevada  an- 
chagina  shevalar  yozilg‘ani  yuqoridagi  izohdan  ma’lum 
bo‘ladi.  Bu shevani xoqoniy turkchasi deb atamoqqa eski bir 
zamonda Qashqarda chiqqan til olimi Mahmudning so‘zla- 
riga tayanib o‘zimizni haqli  topamiz.
Yolg‘iz  turk  dunyosig‘ina  emas,  Osiyoni  qo‘rqunch  bir 
sur’atda qaynatib, titratib yuborg‘an Chingiz istilosidan so‘ng 
0 ‘rta Osiyoda xon bo‘lg‘an Chig‘atoyg‘a nisbat berilib, 0 ‘rta 
Osiyo adabiy tiliga chig‘atoy tili va u shevada yozilg‘an nar- 
salarg‘a,  umuman,  chig‘atoy  adabiyotining  bir-biriga 
chog‘ishtirib  qarasoq,  xoqoniy  turkchasining  Chingiz  chi- 
qishi bilan boshqa shevalarga aralashib islom-eron ta’siri os- 
tig‘a ham anchagina kira qolib chig‘atoy unvonini olg‘anini 
ko‘rmak mumkundir.
Xoqoniy turkchasida qabila shevalarining ustig‘a turg‘an 
adabiyotlik  holi  bor.  «Devoni  lug‘at»ni  yozg‘an  qashqarli 
Mahmud bu shevani xoqoniy turkchasi degani kabi ora-sira 
yolg‘iz «turkcha» deb ham qo‘yadir.  Bu hollami biz chig‘a- 
toy turkchasida ham ko‘ramiz.  Chig‘atoycha  0 ‘rta  Osiyoda 
yashag‘an  turkiy  qabila  shevalarining  hammasidan  yuqori 
turg‘an  adabiy,  rasmiy,  baynal  qabilaviy  bir  tildir.  Navoyi 
kabi  Chig‘atoy  shoirlari  o‘zlarining  bu  adabiy  shevalarig‘a 
sodacha «turkcha»  otini berganlar.
Chig‘atoy adabiyotining eng birinchi asari sanalg‘an Rab- 
g‘uziy  «Qisas  ul-anbiyo»sining  shevasi  «Qutadg‘u  bilik», 
«Hibat  ul-haqoyiq»  kabi  xoqoniy turkchasida yozilg‘an  ki- 
toblaming  shevasini  eslatadir.  Zotan,  chig‘atoy  turkchasi 
o‘zidan  yuzlab  yil  burun  hukm  surgan  bir  adabiy  shevani 
oz vaqtda tubdan  yo‘qotib,  uning joyini  o‘zi  ololmas  edi.
Mana  shu  dalillarga  tayanib  ayta  olamizkim:  chig‘atoy 
turkchasi, chig‘atoy adabiyoti; xoqoniy adabiyotning (Qash- 
qardan  Hirotg‘acha bo‘lg‘an)  yo‘li  uzun  yili  ko‘p  bir  safar 
natijasida o‘zgarib,  islom-eron ta’siri ostida qolg‘an ikinchi 
bir  shakldir.
Mana  shunday  bo‘lib  maydong‘a  chiqqan  chig‘atoy  tili 
kun sayin eron, arab ta’sirlariga berilib musulmonlasha bordi. 
Navoyi zamonlarida esa emdi arab, fors so‘zlarig‘a to‘lib qolg‘an 
edi. Shunday bo‘lsa ham eski nufuzini, eski kuchini yo‘qotmadi. 
Arab-fors adabiyotidan qolishmoq istamay yuraberdi. Yolg‘iz
174


0 ‘rta Osiyoda emas, butun turk dunyosig‘a yoyildi. Totor tiliga 
bir ko‘p  yillar jon  ozug‘i  bo‘la  keldi11.
Usmonli va  Ozarboyjon turklari ham bu adabiyot bilan 
mashg‘ul bo‘ldilar.  Bu  shevada  she’rlar yozdilar,  chig‘atoy 
lug‘atlari  yasadilar2).
Chig‘atoy adabiyotining «01tun davri»  sanalg‘an Navoyi- 
lar paytining so‘nggi kunlarida o‘zbek xoni Shayboniy Turkis- 
tong‘a yurish etdi, chig‘atoy xonlarini, shunlar qatorida mash- 
hur  Bobir  Mirzoni  yengib,  Turkistondan  quvdi.  Turkistonda 
o‘zbek idorasi qurdi. 0 ‘zbek xonliqlari zamonida ham 0 ‘rta Osiyo 
adabiyoti chig‘atoy adabiyoti bo‘lib  qoldi.  Shayboniyxonning 
urush  dostoni  atog‘liq  chig‘atoy  shoiri  Muhammad  Solih 
tomonidan yozildi, Qo‘qon xoni Umarxon tegrasida yig‘ilg‘an 
shoirlaming  hamalari  Navoyining  sodiq  shogirdlari  bo‘lib 
qoldilar. Bu hol zamonamizg‘acha davom etdi.
So‘nggi  kunlarda  har tomondan  o‘zbek  adabiyoti  atal- 
g‘an,  ishqilib,  o‘zini  borliq  dunyosig‘a  chiqarmoq  istag‘an 
bizning yosh, yangi adabiyotimizga kelganida bu ham o‘zining 
asoslarini,  kerakli moddalarini yana chig‘atoy adabiyotidan 
oldi hamda oladir.  Shuning uchun biz bu kungi o‘zbek ada- 
biyotini;  chig‘atoychaning  madaniylashib  bu  kunning 
so‘rog‘larig‘a javob  bermak  istagan,  arab,  fors  so‘zlaridan 
uzoqlashib  elga yaqinlashmoq istagan boshqa bir shaklidir, 
demak  haqiqatdan  aytilg‘an  bo‘lmaymiz3).

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish