olimlari orasida juda katta e’tibor topgan bir kishidir. «Kashf
uz-zunun» egasi Kotib Chalabiy2 bu kitob to ‘g‘rusida
yozganida buning Zamaxshariy tomonidan yozihb, xorazm-
shohiylardan Sulton Otsizg‘a tortuq qiling‘anini so‘ylab
ismlar3, fe’llar, harflar4, ism o‘zgarishlari5, fe’l o‘zgarishlari6
unvonlari bilan besh qismg‘a ajralganini bildiradir.
Bu kitob har qayda «Muqaddimat ul-adab» atalg‘an;
«Lug‘ati Xorazmshohiy» atalg‘aniga oid «Kashf uz-zunun»-
da-da, boshqa manbalarda-da hech bir qayd yo‘qdir. Biroq
Zamaxshariyning o‘zi kitobning bosh tomonida «Abul Mu-
zaffar Otsiz* ibni Xorazmshohning amri bilan uning boy
kutubxonasi uchun shu kitobni uning oti bilan atadim»
deydir. Demak, bu kitobning asl oti «Lug‘ati Xorazmshohiy»
bo‘lsa ham ilm egalari orasida «Muqaddimat ul-adab» deb
shuhrat chiqarg‘an. Bu kitobni Olmoniyaning qaysi bir
shahrida mustashriqlar tomonidan bosilg‘anini burung‘i
«Sho‘ro» jumalida o‘qug‘an edim7.
Zamaxshariy bu kitobini arabchada yozg‘an, forsi(y)cha
yo turkchaga taijima qilg‘anini ko‘rsatmagan. «Kashf uz-zu-
nun»da-da, boshqa manbalarda-da buning Zamaxshariy to-
monidan forsi(y)cha yo turkchaga ko‘chiigani ko‘rsatilmaydir.
«Kashf uz-zunun»da buning hijriy 1120 nchi yilda usmonli
turkchasiga Xo‘ja Is’hoq afandi tomonidan ko‘chirilgani
ko‘rsatilgandir*. Buxorodagi Ibn Sino kutubxonasida bun-
dan iki nusxa bor. Bir nusxasi hijriy 705 nchi yilda9 Hamid
Hofiz degan bir kotib tomonidan yozilg‘an, kitobning besh
qismi ham tamom mavjuddir. Ismlar, fe’llar qismlari arabcha
ostida forsi(y)cha taijima etilgan, qolg‘an uch qismi
esa tar-
jimasiz davom etgan. Ikinchisi hijriy 898 da10 Darvish
Muhammad degan bir kotib tomonidan yozilgan, hoshiya-
sida vaqflig‘ini ko‘rsatkuchi tam g‘alar (muhrlar) bor.
Tamg‘alarda forsi(y)cha:
Vaqfi in nusxa az bahri rizoya musta ’on
Xast Qulboboi Ko‘kaltoshi Abdullohxon11
bayti yozilib, ust tomonidan 977 raqamlari qo‘yilg‘an.
Bundan onglashiladirkim, bu kitob mashhur o‘zbek xoni
Abdullohxon (940—1006)ning ulug‘ beklaridan Qulbobo
* Abul Muzaffar Otsiz binni Qutbiddin xorazmshohiylardan bo‘lib, hijriy
551 da o‘lg‘andir.
136
g ‘ol
olov
g ‘ulumton
o ‘choq. Bundagi «-ton» forsi(y)cha
«otashdon» so‘zidagi «-don» ga o‘x-
shaydir.
bir awan juvan
o ‘ng, so 7. Mo‘g‘ulcha askariy taqsi-
motda
o ‘ng, so i ip ‘llarg‘a «bir anfar,
juvanvar» deyiladir.
tuban
bek, amir. Buning mo‘g‘ulcha ekani
m a’lum.
josoq
solug‘
soyinliq
yaxshiliq
mulk
yomonliq
0 ‘tkan zamon fe’llarning qo‘shimchasi turk tillarida
«-di», «-ti» dir, bunda esa «ba»dir:
unoba
tushti. Buning «emak» so‘zi bilan
munosabati bor ekan.
bo iba
bo idi
jado iba
teshti
Emdi sonlari ko‘raylik:
tikon
bir
quryo
iki
qurbon
3
durbon
4
tobun
5
jirg‘uon
6
do ‘lon
7
naymon
8
yusun
9
harbon
10
harbon tikon
11
qurin
20
qurin tikon
21
g ‘ubin
30
darujin
40
tobin
50
jiron
60
dolon
70
noyon
80
Do'stlaringiz bilan baham: