Muhabbat. Hozirgi olimlar va donishmandlarimiz
bilittifoq shunday fikrga kelganlarki, koinotdagi barcha zarra
va zurriyotlar muhabbatsiz birga boimaydilar. Odamzod va
hayvonlar a’zolari o‘rtasida boigan munosabat muhabbat
qoidasiga asoslangan. Agarda er-xotinlik mehr-muhabbatsizlik
asosida b o isa , albatta, poydevori zaif b o iib , hayoti
lazzatsiz boiadi. Zero bu tabiat qonuniga xilof va xilqat
qoidasiga ziddir. «Rum» surasida keltirilganki, bu ham Alloh
taolo dalillari jumlasidandir: «Sizlarga o‘z jinslaringizdan
juft yaratdi, toki siz o‘z juftingiz bilan orom topingiz. Xo-
tinlar va erlaringiz o‘rtasida muhabbat va mehribonchilik
ehson qildi»35.
Shu narsa ham maiumki, muhabbat odamning ixtiyo-
rida emas. Bizning mamlakatimizda er-xotin o‘rtalarida
muhabbat paydo boiishi uchun uylanish qoidalari kifoya
qilmaydi. Men bu masalani ham bayon qilgan edim. Lekin
hozirgi vaqtda uylanish qoidasi shunday ekan, er-xotin-
ning bir-birlariga nisbatan do‘stligi ishq-u muhabbat daraja-
siga yetmasa ham, shunday iloj topish lozimki, aqallan bir-
birlaridan nafrat qilmasinlar. Agarda diqqat bilan o‘qisangiz
bu choralar nimadan iboratligini oldingi sahifalardan
bilishingiz mumkin edi. Shunga ham qanoatlanmay bu nozik
masalani ehtiyotlik bilan tushuntiraman. Aytgan edimki,
muhabbat moyillik bo‘lib, husnga ishqibozlik natijasidir. Husn
ham ko‘rgan odam dilini o‘z sohibi tomoniga moyil qilishi
lozim. Agarda mana shu muqaddimaga yaxshigina ahamiyat
bersak, m aiu m boiadiki, kelin va kuyov bir-birlarini
ko‘rmasdan nikoh qilingan boisalar-da, o‘rtalarida mehr
va muhabbat paydo boiishi ham mumkin, hech boim asa
ba’zi vosita va odob rioyati bila nafrat paydo boimasligi
lozim. Bir-birlariga odobsizlik va hurmatsizlik bilan suhbat
qurmasliklari kerak. Kim o‘z eridan hurmat va mehr ko‘r-
masa, unga muhabbat va ko‘ngil ham qo‘ymaydi. Bizning
mamlakatimizda bu shartlarga ko‘pincha erkaklar qarshi
chiqadilar. Bechora xotinlarimizga odobsizlik va hurmatsiz-
lik bilan murojaat qilamiz. Ko‘rganimizda ahvolini so‘ra-
may darrov haqoratlaymiz. Ozgina bahona bilan urib a’zoi
242
badanini ko‘kartiramiz. Yana ulardan mehr-u muhabbat
ham kutamiz?!
Shuni yaxshi bilish lozimki, odam shukur qiluvchi va
o‘ch oluvchi bir maxluqdir. Odamning o‘ch olishga bo‘lgan
mayli shukur qilishligidan ko‘proqdir. Yaxshilikni eslaymiz.
Lekin yaxshilikni qaytarish izidan tushmaymiz. Biroq
yomonhk esimizdan chiqmaydi. Doim o‘ch olish uchun chora
va tadbir qidiramiz. Shuning uchun hurmatsizlik va insofsiz-
lik ko‘rgan xotin hech qachon o‘z erini yaxshi ko‘rmaydi.
Darvoqe, mamlakatimizda ayollar shuncha zulm ko‘r-
salar ham o‘z erlariga itoat qilib bo‘ysunadilar. Lekin ular-
ning bu harakatlari mehr va muhabbatda emas, balki cho-
rasizlik va mazlumlikdandir. Bu kabi qabih va xunuk ishlar
faqat bizning mamlakatimizda emas, balki aksar ibtidoiy
millatlar ham bu baloga oldin chalinganlar. Shuning uchun
ham islom dini ko‘proq erkaklarga murojaat qilib, oilada
muomala va munosabat xususida ularga ta’lim beradi. Masalan,
Qur’on («Niso» surasi)da shunday oyat nozildir: «Ayollarga
yaxshi muomalada bo‘linglar»36.
Oysha (r. a.)dan rivoyat bor: «Nabiy (s. a. v.) dedilar:
«Sizlardan eng yaxshilaringiz o‘z ahli ayoli bilan muomala
qilgan kishidir. Men o‘z ayollarimga sizlarga boiganimdan
ham ko‘ra xushmuomaladaman».
Oysha (r. a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy alayhissalom
dedilar: «Eng komil mo‘minlar xushxulq va oilasi bilan lutf
ila munosabat qiladiganlardir. 0 ‘z xotinlariga tanti kishi
yaxshilik qiladi va nomardi yomonlik».
Sahoba Ayos bin Abdullohdan hadis: «Nabiy alayhissalom
dedilar: «Alloh bandalari boismish ayollami urmanglar».
Xotin-qizlar haqiga yaxshilik qilish uchun tashviq va
targibotiga mana shu hadisi sharif kifoya qiladi.
Ibn Umar (r. a.) rivoyat qiladilar: «Hazrati Usmon37
nikohida boigan Payg‘ambaming bir qizi Badr urushi38
vaqtida kasal edi. Shu sabab bilan hazrati Usmon g‘azotga
bormadilar. Hazrati Payg‘ambar buni eshitib dedilar: «Ey
Usmon, senga ham Badr urushiga ishtirok etganlar qatori
g‘animat va oija beriladi».
Ko‘rinib turibdiki, as’hoblaming sardorlaridan boigan
Usmon xotinining xastaligidan musulmonlaming birinchi
243
g‘azotidan qoldi, lekin g‘azotning savobi va g‘animatidan
bir g‘oziy sifatida bahramand boidi. Xotinlar haqiga yaxshilik
qilishning darajasi bundan ham yuqori boiadimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |