ILMIY MAQOLA
Xursanaliyev Jahongir
Annotatsiya
Maqolada yashil iqtisodiyot nima, yashiliqtisodiyotni rivojlantirish, o‘zbekistonda yashilI iqtisodiyotga o‘tish uchun qanday ishlar olib borilayotgani, inson kapitali va uni rivojlantirish haqida yoritilgan
Kalit so‘zlar: yashil iqtisodiyot, inson kapitali, o‘zbekistondagi olib borilayotgan ishlar.
Kirish
Hozirgi kunda nafaqat o‘zbekiston butun dunyo yashil iqtisodiyotga o‘tishga intilyabdi. Lekin ko‘pchilik hali ham yashil iqtisodiyot o‘zi nima va qachondan beri mavjudligini yoki yashil iqtisdoiyot deganda hamma ekologiyani asrab avaylashga qaratilgan iqtisodiyotni tushunadilar. Yashil iqtisodiyot bizga kerakmi yoqmi, foydali foydasizmi, unga qanday o‘tishimiz mumkin. Albatta bulardan oldin biz yashil iqtisodiyot nima va uning nazariyalarni ko‘rib chiqishimiz kerak. Bunda biz o‘zbek va xorij adabiyotlaridan foydalanamiz.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Yashil iqtisodiyot tamoyillar va rivojlanish bosqichlari borasida Vaxabov A.V, Xajibakiyev SH.X, Toshmatov Sh.A , Butaboyev M.T[1] larning ilmiy tadqiqotlarida o‘rganilga Shimoliy yevropa mamlakatlarining “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish va unga investitsiyalarni jalb qilish borasida Avazov. N Mahmudov N larning[2] ilmiy maqolalarida taklif va mulohazalari berilgan
Xorijlik iqtisdochilar Rossiyada yashil iqtisodiyot model va rivojlanishining prognozlari bo‘yicha Rodionova I.A., Lipina S.A.larning ilmiy maqolalarida keltirib o‘tilgan[3]
Uzoq xorijlik iqtisodchilar Global kontekstda AQSh yashil iqtisodiyoti ko‘lamini baholash bo‘yicha Lucien Jorjson Mark Maslin ilmiy maqolalarida o‘rganilgan[4]
Tahlil metodologiyasi
Tadqiqot ishini biz yashil iqtisodiyot o‘zi nima va uni qanday rivojlantirishni aniqlashdan va inson kapitali nima ekanligini aniqlashdan boshlaymiz. Albatta biz ushbu mavzudagi maqolarni, adabiyotlarni, nazariyalarni ko‘rib chiqamiz. Bunda biz o‘zbekistonlik, xorijlik , uzoq xorijlik olimlar fikr mulohazarini o‘rganamiz.
Tahlil va natijalar
“Yashil iqtisodiyot” o’zi nima va inson kapitali haqida
Yashil Iqtisodiyot- Yashil iqtisodiyot - bu ishlab chiqarish va iste'mol qilishda energiya va suvdan foydalanishni kamaytiradigan va shu bilan atrof-muhit va iqlimga salbiy ta'sirni kamaytiradigan iqtisodiyot.
Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shunday qilib yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi tushuniladi.
Bunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne’matlarni yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko‘paytirib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |