Ilmiy ish asoslari



Download 9,27 Mb.
bet71/114
Sana23.01.2022
Hajmi9,27 Mb.
#405951
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114
Bog'liq
2 53999826108332156001

Ta’lim metodi yoki usuli o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari bo‘lib, u o‘quv materialini nazariy va amaliy jihatdan o‘zlashtirish yo‘llarini anglatadi. O‘qitish metodlari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining qanday kechishi, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish, qay tarzda olib borish kerakligini belgilab beradi. Bugungi kun o‘qituvchisi har bir mashg`ulotga kirar ekan, har doim uning oldida darsni qanday tashkil etish kerak, qaysi didaktik materialdan qay tarzda foydalanish kerak, ushbu mavzuni o‘tishdan qaysi metodlardan foydalanish samarali bo‘ladi degan savol turadi. Darsda ko‘zda tutilgan ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarga erishishda o‘qituvchining o‘z mutaxassisligi doirasidagi chuqur bilimi, intellektual salohiyatining o‘zi etarli emas. O‘qituvchi, shuningdek, o‘z tajribasi, o‘zgalar tajribasiga suyangan holda dars o‘tish metodlari ustida ham jiddiy bosh qotirishi kerak.

Demak, o‘quv faoliyati mazmunining to‘laqonli yoritilishida ta’lim shakli, metod va vositalarining ahamiyati katta. Ular o‘quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim va ko‘nikma va malakalarini ko‘rsatib berish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi. O‘z navbatida o‘quvchilarning yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, dunyoqarashining ko‘lami hamda ularning faolligi samarali, ilg`or, noan’anaviy ta’lim shakli, metodi va vositalarini tanlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish uchun turtki bo‘ladi. Bunda, albatta, o‘qituvchining o‘rni nihoyatda katta, chunki, u DTS, o‘quv rejasi dasturi, shuningdek, darslik, qo‘llanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda fanning o‘ziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishdan kelib chiqib, ta’lim metodlari va dars shakllarini o‘zi tanlaydi. Bunda o‘qituvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi, vaziyatni baholay olishi hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati muhim o‘rin tutadi.



Demak, metodlar o‘zining ob’ektiv va sub’ektiv jihatlariga bo‘lib, uning ob’ektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyil va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatining shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar aks etsa, sub’ektiv jihatlariga pedagog shaxsi va ta’lim oluvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari konkret shart-sharoitlarga bog`liq bo‘ladi.

Aytilganlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim metodi – o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini echishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini tavsiflaydi.

So‘nggi o‘n yil davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo‘llanmoqda. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmunini anglatadi. Bunda ta’lim jarayoni avvaldan loyihalashtirilgan yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish ifodalanadi.

Texnologiya” yunoncha so‘z bo‘lib, “techne” - mahorat, san’at hamda “logos” – tushuncha, ta’limot so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi esa lug`aviy jihatdan (inglizcha “an educational technologiya”) ta’lim (o‘qitish) jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan (yoki ta’limot) ma’nosini anglatadi2. Pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarimdan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud:

“Pedagogik texnologiya” - bu “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedogogik tizim loyihasi”( V.P. Bespalko) 3

“topshiriqli yondashuv” (T.N.Ballo)

“bosqichli o‘qitish” (V. Zankov, T.YA.Galperin, V.I.Davыdov)

“mazmunli umumlashma” (G.K.Selevko)

“fan va amaliyot oralig`ida muayyan tamoyillarni olg`a suruvchi metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan mustaqil fan” (N.F. Talыzina)4.

“pedagogik texnologiya ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotining muayyan tarmog`idir” (P.Mitchel)

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar majmuaviy uzviy bog`liqlikdagi tizim bo‘lib, unda ta’lim maqsadlari asosida belgilangan ko‘nikma va malakalar o‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga, ularda muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining ma’lum tartibga solingan to‘plami sifatida aks etadi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Bunda ta’lim maqsadlarining belgilanishi, ya’ni ta’lim kimga va nima maqsadda? berilishi, mazmunni tanlash va ishlab chiqish, ya’ni nimani? berish, ta’lim jarayonlarini qay tarzda? tashkil qilish, ta’lim metodi va vositalarini aniq belgilab olish, ya’ni qanday vositalar yordamida ta’lim berish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasi darajasi, ya’ni kim? ta’lim berishi, erishilgan natijalarni qanday yo‘l bilan? baholash metodlari5 markaziy o‘rinni egallaydi.

Pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllanayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar, tashkil etilayotgan darslarning shakli, qo‘llanilayotgan metodlar va metodik usullarning xususiyatiga bog`liq.

Ma’lumki, til ta’limida har bir ta’lim bosqichida ma’lum bir hajmdagi bilimlarni o‘zlashtirish ko‘zda tutiladi. O‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar asosini esa o‘quv dasturida ko‘rsatilgan fonetik, leksik, grammatik ma’lumotlardan iborat til materiallari tashkil qiladi va ular davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq holda har bir ta’lim bosqichi uchun alohida taqsimlanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarda ushbu bilimlar asosida nutqiy ko‘nikmalar hosil qildirib boriladi. Ushbu bilimlar bosqichlar o‘rtasida to‘g`ri taqsimlanmasa, ta’lim mazmunining uzviyligi va uzluksizligiga erishib bo‘lmaydi.

Nutqiy ko‘nikmalar nutq faoliyatining 4 asosiy turi: o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalari orqali yuzaga keladi va o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliy nutqiy faoliyatda sobitqadamlik bilan mustaqil ravishda qo‘llay olish qobiliyatini - nutqiy malakani hosil qilishga yordam beradi. Taniqli psixolog I.A.Zimnyaya ta’rificha, “malaka mashqlar natijasida harakatlarning yuqori mukammallikka erishuvi va nutqiy jarayonlarning avtomatlashuvidir”.9

Haqiqatan ham, so‘zlashish, muloqot yuritish jarayoni fikrni leksik, grammatik va fonetik jihatdan rasmiylashtirishning eng samarali darajasini – yuqori darajada avtomatlashgan nutqiy ko‘nikmalarni, ya’ni nutqiy malaka hosil qilinishini talab etadi. Nutqiy muloqotda nutqiy malakaning hosil qilinishi kommunikativ maqsadning asosini tashkil etadi, chunki aynan tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish ko‘nikma-malakalari orqali ikkinchi bir tilda o‘zaro axborot almashish, og`zaki va yozma muloqot yurita olish malakasi vujudga keltiriladi.

Demak, nutqiy jarayon biri-biriga bog`liq bo‘lgan va o‘zaro ta’sir qilib turadigan quyidagi 3 omil: til birliklari va ularning o‘zaro bog`lanishini o‘rgatuvchi grammatik bilimlar, ushbu birliklar va qoidalarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalari hamda o‘z fikrlarini yangi vaziyatda erkin ifodalash uchun o‘rganilgan bilimlardan foydalana olish malakalaridan tashkil topadi. SHu uch omil birgalikda amal qilgandagina nutqiy faoliyatni yuzaga keltiradi. Aynan shu omillarni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish tilga o‘rgatishning asosi hisoblanadi. Bunda ularning tizimli ravishda berilishi, til birliklarining o‘zaro sintagmatik va paradigmatik aloqadorlikda, bog`liqlikda bo‘lishi ayniqsa muhimdir.

Nutqiy muloqot jarayonida inson ana shu bog`liqliklarni kompleks holda, ya’ni tinglash, o‘qish va ma’nolarini tushunish birligida qabul qiladi. Nutqiy faoliyatning ushbu turlari bir-biriga bog`liq holda bosqichdan-bosqichga o‘zaro uzviy bog`liq holda o‘zlashtirib borilishi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlaydi.

Biroq bu o‘rinda ushbu bilimlar, ko‘nikma va malakalarni kimga berish, ya’ni kimlar ta’lim sub’ekti ekanligi nihoyatda muhim. SHundan kelib chiqqan holda til ta’limida tilni ona tili sifatida o‘qitish va chet tili sifatida o‘qitish (yoki ikkinchi til sifatida o‘qitish) alohida ajratib o‘rganiladi. Tilni ona tili sifatida o‘qitishda til o‘z egalariga, shu tilda so‘zlashuvchilarga o‘qitiladi, ya’ni ta’lim sub’ektlari shu tilda nutqqa ega bo‘lgan insonlar hisoblanadi. Til o‘qitishda bu juda muhim bo‘lib, ta’lim mazmuniga ham, ta’lim metodlariga ta’sir qilmay qolmaydi.

Psixolog olim L.S.Vыgotskiy ona tili va ikkinchi til ta’limining pedagogik-psixologik usullari bir-biriga qarama-qarshi ekanligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Ona tilini o‘rganish pastdan yuqoriga, xorijiy tilni egallash esa yuqoridan pastga yo‘nalishida amalga oshiriladi”.10 Buni quyidagicha sharhlash mumkin: pastdan yuqoriga yo‘nalishida, ya’ni aniq til hodisalari tahlilidan ularni umumlashtirishga qarab boriladi, yuqoridan pastga yo‘nalishida esa umumlashmalardan (qoidalardan) ularning amaliyotiga o‘tiladi.

Demak, beriladigan ma’lumotlar, qoidalarning mazmuni, berilish shakli va o‘rni tilning qaysi jihatdan o‘rganilayotganiga ko‘ra tanlanishi va shunga mos tartibda taqsimlanishi kerak bo‘ladi. Albatta, til chet tili yoki ikkinchi til sifatida o‘qitilganda bilimlarni lingvistik aspektdagi kabi chuqur va keng emas, balki kommunikativ tarzda, ya’ni muayyan muloqotni ta’minlaydigan leksik va grammatik minimumlar doirasida berib borilishi taqozo etiladi.




Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish