Ilmiy-amaliy qiymati - bu tadqiqotda mavjud bo'lgan axborotni ilm-fan uchun muhimlik darajasi. Taqriz ilm-fan rivoji uchun mazkur ishning foydaliligini ochib berishi lozim.
Yangiligi - olimning tadqiqotda fanga noma'lurn bo'lgan dalil, hodisa, qonuniyatlarni aniqlab, tavsiflashdan hamda dastlab hech qachon qo'llanilmagan o'rganish metodi yoki tavsiflash uslubini yaratishdan iboratdir.
Ishonchliligi - ilmiy tadqiqotning muhim xususiyatlardan biri bo'lib, uning mohiyati ilmiy tavsif, tasnif, tasvir qay darajada obyekt- ga muvofiqligidan iboratdir. Taqrizda tadqiqotning ishonchliligini baholash uchun quyidagi jihatlarni tahlil qilish lozim:
- mazkur tadqiqot uchun dastlabki bo'lgan nazariy holatlar qay darajada mantiqan asoslanganligi;
- nazariy baza o'zining qo'llanilishining amaliy jabhalariga muvofiqligi;
- tadqiqot uslubining tavsiflanayotgan til materialiga qay darajada javob berishi;
- tadqiq etilayotgan til materialining dalillari yetarli darajada to'g'ri ajratilganligi;
- mazkur material tahlili qay darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi va u qay darajada tadqiqotchi chiqargan xulosalarni asoslab berishi;
Ilmiy-tadqiqot ishining ishonchliligini baholash uchun olim tomonidan "o'zga" g'oya, gipoteza, taxmin, nazariya, uslub va ma'lumotlardan foydalanish to'g'riligi darajasini aniqlash ham o'ta muhimdir. Ya’ni, mazkur tadqiqotda erishilgan natijalar keyinchalik qay darajada keng, ko'qirrali va muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkinligi haqida mulohaza lar berishi lozim. Istiqbolillikning omillaridan biri olingan natija yoki o'zlashtirilgan uslublarni qo'llanilish darajasidir. Taqrizchi muallif erishgan natijalarni qayerda, qanday holatlarda, qanday sohalarda qo'llash mumkin bo'lganligi haqida o'z fikrini ifoda etadi. Bunda olinganyangi bilimni qo'llash borasidagi muallif va taqrizchining fikrlari bir-biri- dan juda uzoq bo'lishi mumkinligini hisobga olish lozim.
Taqrizda tuzilmaviy-mantiqiy va tahlil-uslub omillari ham alohida baholanadi. Taqrizda muallif ilmiy matn tuzilmasi va kom’ozitsiyasida taqriz qilinayotgan ishning mazmunini qanday mahorat bilan ifoda etgani tahlil qilinadi. Bunda quyidagi holatlar alohida e’tiborga olinadi:
- tadqiqotning bo'limlari bir-birlariga muvofiqligi;
- ularning hajmi va o'zaro joylashuvi, ularda mavjud bo'lgan axborotning muhimligi va ichki mantiqiyligiga mutanosibligi;
- berilayotgan ma’lumotlar, fikrlarninig lmiy asoslanganligi;
- taqriz qilinayotgan ilmiy matnning ilmiy uslub talablariga muvofiqligiga e’tibor berilishi lozim.
Tilning uslubi borasida retsenziya muallif ilmiy uslubning o'ziga xosligini tashkil etuvchi leksik, so'z yasash, morfologik, sintaktik vositalarni tanlash va tizimlashtirish ko'nikmalariga professional mahoratga egalik darajasini, matnni tuzish uslubi uni kitobxonlar tomonidan optimal idrok etilishini ta’minlab berishini baholashi lozim.
Taqrizchi taqriz qilinayotgan matn (tadqiqot) muammolarini to'liq tushunishi lozim.Taqrizchi tomonidan berilgan har qanday baho - u salbiy, ijobiyligidan qat’i nazar batafsil va isbotlangan tahlil bilan asoslanishi lozim. Ishning bahosi ishda mavjud bo'lgan jabha, aspekt, jihatlaridan kelib chiqib beriladi. Taqrizchi ishda o'z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ishda yo'q jabha, aspekt, jihat taqdim etilishi lozimligini ko'rsatib o'tishi mumkin, Biroq yakuniy baho taqriz qilinayotgan tadqiqotda mavjud bo'lgan jabha, aspekt, jihatlarni hisobga olgan holda beriladi.
Taqrizchi va taqriz berilayotgan tadqiqot muallifi turli nuqtai nazarlarda bo'lishlari, ilm-fandagi turli yo'nalish va maktablarga mansub bo'lishlari mumkin. Biroq, agar ishning ichki mantig'i ishonchli bo'lsa, dastlabki holatlar ziddiyatli bo'lmasa, xulosalar qo'yilgan maqsad va vazifalarga javob bersa, maqsadga muvofiq bo'lsa, taqrizchi faqatgina umumiy kontsepsiya bilan yakdil bo'lmaganligi uchun ishni salbiy baholashga haqli emas.Tanqidiy tahlil faqatgina aynan shu berilgan matnga, unda o'z aksini to’gan isbot, dalil, g'oya, uslublargagina tegishli bo'lishi lozim. Ishi taqrizga taqdim etilgan tadqiqotchi shaxsiga aloqador bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |