Ilmiy ish asoslari



Download 59,81 Kb.
bet6/43
Sana31.12.2021
Hajmi59,81 Kb.
#198673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Eng yangi davrda marokashdagi ijtimoiy iqtisodiy siyosiy jarayonlar



Marokash Qirolligi.

Marokash Qirolligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki Al-Magʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 446,5 ming km². Aholisi 30,6 mln. kishi (2001). Poytaxti—Rabot shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi.


Davlat tuzumi. Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-y. da qabul qilingan, unga 1992 va 1996-y. referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — podshoh (1999-y. dan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni podshoh va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi.

Aholisining asosiy qismi — marokashlik arablar va barbarlar. Fransuzlar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islomShahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va boshqalar.

Tarixi. Hozirgi Marokash hududida azaldan liviy qabilalari (qadimiy barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehq-onchilik bilan shugʻullangan, Mil. av. 2-ming yillik oxirlarida sohilda finikiylarning bir qancha jamoalari paydo boʻlgan; bu jamoalar keyinchalik Karfagen qoʻl ostiga, Karfagen yemirilganidan keyin (mil. av. 2-a.) Shimoliy Marokash Rim imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo boʻldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, Marokashning kup kismida urugʻchilikqabilachilik tuzumi xukmron edi. 5-asrda Marokashning shim. kismini vandallar, 6-aasrda Vizantiya bosib oldi.

702—711-yillarda Marokash hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788-y. M. dagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-a. ning 20-y. larida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-a. ning 2-yarmida Marokashda hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda q. x. ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos sh. madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-a. da mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan Marokash hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.

17-asr oxiri va 18-a. boshlarida marokashliklar yevropaliklarni Marokash dan, asosan, haydab chiqardilar. 19-asrning 40-y. laridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844-y. Fransiya, 1859-y. Ispaniya M. hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873 — 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy z-dlar, yangi portlar quriddi). 1907-y. Fransiya qoʻshinlari Marokashning shim.-sharqidagi Vujda sh. atroflarini, soʻngra Kasablanka sh. va Shauya viloyatini, Ispaniya Melilya sh. atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912-y. tuzilgan Fransiya-M. (30 mart) va Fransiya-Ispaniya (27 noyab.) shartnomalariga koʻra, Marokash hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shim. va jan. qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi.

Marokash xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qoʻzgʻolon koʻtardi. 1921-y. rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qoʻlidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlashgan kuchlari bilan boʻlgan shiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilarga karshi qattiq qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. 2-jahon urushi yillarida ozodlik harakati kuchayib ketdi.

50-yillarning boshida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qoʻshildi. Fransiya protektorati hokimlari milliy ozodlik harakati qatnashchilarini quvgʻin ostiga oldi. 1952-y. 8 dek. da Kasablankada ommaviy namoyish qatnashchilaridan yuzlab kishilar oʻldirildi, minglarcha kishi qamoqqa olindi. 1954 va 1955-y. larda Marokashda yana ish tashlashlar va namoyishlar boʻlib oʻtdi. Dunyodagi boshqa ilgʻor kuchlar Marokash xalqining milliy ozodlik harakatini qoʻllab quvvatladilar. Oqibatda Fransiya protektorata Marokashda milliy hukumat tuzish uchun rozilik berishga (1955-y. 7 dek.) va uning milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi (1957-y. 2-mart). 1956-y. 7 apr. da Ispaniya protektorata ham bekor qilindi, 1957-y. 1 yanv. da Tanjer Marokash tarkibiga qoʻshildi. 1962-y. dek. da Marokashning birinchi konstitutsiyasi qabul etildi, 1963-y. mayda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar sonining koʻpayishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat aʼzolari tez-tez almashinib turdi. «Istiqlol» partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida boʻlinish roʻy berdi; uning soʻl qismi Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi nomi bilan ajralib chikdi (1959). 1964— 65 y. larda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiyijtimoiy oʻzgarishlar oʻtkazilishi shiorʻ?1ari ostida ish tashlashlar va ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bostirildi. 1965-y. 7-iyunda Marokashda fav-qulodda holat eʼlon qilindi, podshoh hukumat isteʼfosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi.

1970-y. iyulda favqulodda holat bekor qilindi. 21 va 28 avg. da parlament saylovi boʻlib oʻtdi. 1972-y. 1-martda referendum boʻlib, yangi konstitutsiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi.

Podshoh Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973-y. da bir qancha iqtisodiy tadbirlar oʻtkazilishini eʼlon qildi. Xalq-aro maydonda betaraflik siyosatini oʻtkaza boshladi. Konstitutsiyaga 1992-y. da kiritilgan oʻzgartirishlarga bi-noan, parlamentning hukumat faoli-yati ustidan nazorati kuchaytirildi, Marokashning inson huquqlariga sodikligi mustahkamlandi. Marokash 1956-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1993-y. 11 okt. da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30 iyul — Taxt kuni (1999).


Download 59,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish