Kurs ishining maqsadi: Arab mamlakatlarida neftdan boshqa sanoat tarmoqlarini rivojlantirish orqali iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash imkoniyatlari va istiqbollariga baho berishdan iborat.
Kurs ishining axborot bazasi bo'lib ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish, inqirozga qarshi kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida ilgari surilgan g'oyalar, yirik iqtisodchi-olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy kontseptsiyalar xizmat qildi. Shuningdek, kurs ishini yozish davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me'yoriy hujjatlardan keng foydalanildi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, kurs ishi mavzusining o'rganilganlik darajasi hamda ishning maqsad va vazifalari o'z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |