3. O`quv adabiyotlarini yaratish tamoyillari va ularga qo`yiladigan talablar
O`quv adabiyotlari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, ta’lim turlari bo`yicha tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida, muayyan fan turi bo`yicha ushbu fanning o`quv dasturi mazmuni ta’minlagan holda tayyorlanadi. Tizimlilik tamoyili darslikdagi materiallar, kategoriyalar, tushunchalar, uslublarning o`zaro bog`liqligi va ularning izchil bayon etilishidir. Maqbullik tamoyili o`quv materiali va uning mazmuni o`quvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlariga mosligidan iborat.
Ko`rgazmalilik tamoyili matnning turli ko`rgazmali vositalar (jadvallar, slaydlar, rasm va illyustratsiya va boshq.) bilan o`zaro bog`liqligi ta’minlanishida namoyon bo`ladi. O`quvchilarning ta’lim jarayonida ongli va faol ishtiroki tamoyili bu darslik metodikasi va matnlariga qo`yiladigan talablar orqali aniqlanadi.
Har bir ta’lim bosqichi uchun yaratiladigan darsliklar yosh va kasbiy-sohaviy xususiyatidan kelib chiqib, o`ziga xos tamoyillar asosida yaratiladi. Masalan, umumta’lim bosqichi uchun “O`zbek tili” darsliklarini yaratishja quyidagi tamoyillarga rioya qilinishi shart:
O`quv adabiyotlar belgilangan tartibda har tomonlama ekspertizadan o`tkaziladi. Har bir ta’lim turi uchun yaratilayotgan o`quv adabiyotlariga psixologik-pedagogik, uslubiy-didaktik, sanitariya-gigienik va boshqa talablar alohida belgilab qo`yiladi. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlar buyicha o`quv adabiyotlari asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlanadi.
Darsliklar hajmiga qo`yiladigan talablar
Har bir ta‘lim bosqichida darsliklar hajmi ta‘lim oluvchilar yoshidan kelij chiqib belgilanadi. Xususan, umumiy o ‘rta ta limda ‘sinflar kesimida har bir mavzu bo`yicha berilgan matnlarning hajmi topshiriqlar miqdoridan kelib chiqqan holda darslik hajmi quyidagicha bo‘lishi talab etiladi.
Darslik tilining aniqligiga qo`yiladigan talablar materialni o`zlashtirishning psixologiyasi nuqtai-nazaridan o`quv matnlarining hajmini ham belgilaydi. Bunda:
1-4 sinf darsliklari uchun 8 ta so`zdan iborat gaplar;
5- sinf uchun 8-9 ta so`zdan iborat gaplar;
6-8 sinf uchun – 10-12 ta so`zdan iborat gaplar;
8-9 sinf uchun -12-14 ta so`zdan iborat gaplardan tashkil topishi kerak. Maktab o`quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda so`zlarning o`rtacha uzunligi – 6 harfdan oshmasligi tavsiya etiladi.So`zlar quyidagi uzunliklardan oshmasligi maqsadga muvofiq: 1-4 sinf darsliklarida – 8 ta harfdan, 6-sinf darsliklarida 9 ta harfdan; 8-9 sinf darsliklarida – 11 ta harfdan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |