Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

ehtiyojlar
motivlar
 
xulq-atvor
 
maqsad 
 
1.to`liq qondirilishi 
2. qisman qondirilishi 
рилиш 
3.
Қ
они
қ
маслик 
 



TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
taʼriflar uchun umumiy boʼlgan maʼno ham mavjud boʼlib, shunga tayangan holda “motivatsiya” 
tushunchasiga umumiylikka ega taʼrif berish mumkin.
Motivatsiya – murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar qorishmasi boʼlib, u oʼzini 
mayllar, maqsadlar, ideallar koʼrinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, 
boshqarib turadi. Shaxsning motivatsion sohasi deganda, shaxsning yoʼnalganligini aniqlovchi hamda 
maʼlum tuzilishga va ierarxiyaga ega boʼlgan mustahkam motivlar toʼplami tushuniladi. Obrazli qilib 
aytganda, motivatsiya daraxtning oʼzagi boʼlib, uning novdalari shu oʼzakka mos ravishda oʼsadi. 
Masalan, daraxtning oʼzagi qiyshiq boʼlsa, uning oʼzagiga tutashgan shoxlari ham notoʼgʼri oʼsadi. Аgar 
daraxtning oʼzagi toʼgʼri oʼsgan boʼlsa, uning novdasi-yu shoxlari ham toʼgʼri oʼsadi. Motivatsiya – 
shaxsning oʼzagi hisoblanib, uning barcha ijtimoiy-psixologik xususiyatlari mana shu oʼzak atrofida 
shakllanadi, rivojlanadi. Demak, shaxs “oʼzagini” toʼgʼrilasa, uning keyingi hayoti ham ijobiy kechadi. 
Tabiiyki, motivatsiya maʼlum tuzilishga ega. Uning tuzilishini tadqiq qilgan olimlardan biri 
B.I.Dodonov motivatsiyaning toʼrtta komponentini ajratib koʼrsatadi:
1) faoliyatning oʼzidan qoniqish; 2) uning bevosita natijasining shaxs uchun ahamiyatliligi; 3) 
faoliyat uchun taqdirlanishning emotsional kuchi; 4) shaxsga koʼrsatilgan bosim.
1
Motivatsiyani maʼlum tamoyillar boʼyicha tabaqalashtirish mumkin. Shunday tamoyillardan biri 
“kuchli-kuchsiz” tamoyilidir, yaʼni motivatsiya kuchi jihatdan kuchli va kuchsiz motivatsiyalarga 
ajratiladi. Bunga York-Dodsonning klassik qonuni misol boʼla oladi: har qanday faoliyat samaradorligi 
motivatsiya kuchiga bogʼliq, yaʼni motivatsiya kuchi qancha yuqori boʼlsa, faoliyat samaradorligi ham 
shuncha yuqori koʼrsatkichga ega. Biroq bu toʼgʼri proporsional aloqa maʼlum chegaragacha saqlanadi: 
motivatsiyaning kuchi ortib borgani sari maʼlum chegaradan boshlab faoliyat samaradorligi pastlay 
boshlaydi. 
Motivlar nafaqat miqdor jihatidan, balki sifat jihatidan ham farqlanishi mumkin. Shu nuqtai 
nazardan, motivlar ichki va tashqi motivlarga boʼlinadi. Bu oʼrinda gap faoliyat mazmuniga motivning 
munosabati haqida ketayapti. Аgar shaxs uchun faoliyatning oʼzi ahamiyatli boʼlsa, ichki motivatsiya 
haqida gap ketadi. Аgar boshqa ehtiyojlar ahamiyatli boʼlsa, tashqi motivlar haqida gap ketgan boʼlar 
edi. 
Motivlar yana bir tamoyilga asoslanib ijobiy va salbiy motivlarga boʼlinadi. Masalan, tashqi 
motivlarning oʼzi ijobiy (muvaffaqiyatga intilish motivlari) va salbiy (chetlangan motivlar) koʼrinishlariga 
ega. Bir soʼz bilan aytganda, motivlarning turlari koʼp va ularni oʼrganishda har biriga alohida 
yondashmoq lozim. 
Oʼquvchilarning oʼquv faoliyatlari taʼlim jarayonining oʼzagini tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, oʼquv faoliyati motivatsiyasini oʼrganish, unga ijobiy taʼsir koʼrsatish taʼlim samaradorligini 
oshiradi. Oʼquv faoliyati motivatsiyasi, soʼzsiz, oʼquv motivlari bilan chambarchas bogʼliq. 
Oʼquv motivlarining har xilligi taʼlim jarayonining ham xususiyatini oʼzgartirib yuboradi. 
G.Rozenfeld oʼquv motivlariga qarab, taʼlimni bir qancha turlarga ajratadi
2

1. Taʼlim uchun taʼlim olish, faoliyatdan qoniqmasdan yoki oʼtilayotgan fanga qiziqishsiz taʼlim 
olish. 
2. Shaxsiy qiziqishlarsiz va foydalarsiz taʼlim olish. 
3. Ijtimoiy identifikatsiya uchun taʼlim olish. 
4. Muvaffaqiyat uchun yoki muvaffaqiyatsizlikdan qoʼrqib taʼlim olish. 
5. Majburlash orqali taʼlim olish. 
6. Maʼlum tushunchalar va axloqiy majburiyatlar yoki umumijtimoiy normalar taʼsirida taʼlim 
olish. 
7. Turmushda maʼlum maqsadga erishish uchun taʼlim olish. 
8. Ijtimoiy maqsadlar, talablar va qadriyatlarga tayangan holda taʼlim olish. 
1
Ильин Е.П. Мотивация и мотивы. – СПб.: Питер, 2000. – 512-стр. 
2
Ҳайдаров Ф.И. Ўқув фаолияти мотивацияси. – Т.: Фан, 2005.- 122-b. 



TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Demak, oʼquv faoliyati motivatsiyasini tarkib toptirish, kuchaytirish uchun bolada, avvalo, mazkur 
faoliyatga nisbatan ehtiyojni paydo qilish zarur ekan. Bunday ehtiyoj esa, oʼz-oʼzidan vujudga kelib 
qolmaydi. Ushbu vaziyat anʼanaviy taʼlim jarayoniga sezilarli darajadagi oʼzgartirishlarni kiritishni taʼlab 
qiladi. Buning uchun konkret yangiliklar darkor. Biroq koʼzga koʼringan texnologiyalardan koʼr-koʼrona 
foydalanish yaramaydi. Kiritilayotgan innovatsiyalarning yoʼnalganligi katta ahamiyat kasb etadi. Аynan 
shuning uchun ham ushbu oʼzgartirishlar mohiyati quyidagi tamoyillarga muvofiq boʼlishi joiz: 
1. Taʼlim mazmunini psixologizatsiyalash. Taʼlim oʼzida inson xususidagi barcha bilimlarni qamrab 
olgan boʼlishi kerak: inson taraqqiyoti, qobiliyatlari, motivatsiyasi.
2. Taʼlim jarayoni differensiatsiyasi. Differentsiatsiya nafaqat mazmuniy jihatga, balki bilimlarni 
oʼzlashtirish darajasiga ham taalluqli boʼlishi lozim. Mazmun va talablar differentsiatsiyasi har bir 
oʼquvchiga muayyan muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini berish maqsadida amalga oshiriladi. 
3. Oʼquvchilarning mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish. Bolaga u amalga oshirayotgan faoliyat 
subyekti sifatida munosabatda boʼlish darkor. Shaxsiy masʼuliyat va mustaqillikka intilish – 
muvaffaqiyatga intilish ehtiyoji mavjud inson belgisidir.
4. Oʼquvchilarni baholashda oʼqituvchida avtoritarizm boʼlmasligi kerak. Bunday holat ularda 
subyektiv fikrni rivojlantirishga, oʼziga bergan barqaror bahosini shakllantirishga imkon beradi . 
5. Oʼquv samaradorligini oshirishga qaratilgan barcha harakatlarni ragʼbatlantirish. Ijobiy 
motivlarni kuchaytirishga qaratilgan metodlardan foydalanish ularda oʼzining kuchiga nisbatan 
ishonchni mustahkamlaydi. 
6. Oʼquvchilarda ularning imkoniyatlari darajasidagi, biroq oʼziga yarasha ogʼir faoliyatga jalb 
etish yoʼli bilan irodaviy sifatlarni rivojlantirish. Toʼsiqlarni yengib oʼtolmaslik xohishlarni oʼldiradi. 
Muvaffaqiyatga erishish uchun oʼquvchi oʼz maqsadi yoʼlida uchraydigan barcha qiyinchiliklarni yengib 
oʼtishga tayyor boʼlishi kerak.
7. Boshqa insonlarga va hamkorlikdagi faoliyatga nisbatan ijobiy qadriyatlarni shakllantirish. Bu 
oʼta muhim, chunki, individualizm motivatsiyasi shaxs ichki olamning qashshoqlashuviga olib keladi va 
insonni yolgʼizlatib qoʼyadi. 
8. Oʼquv faoliyati taraqqiyotining oʼquvchi uchun ahamiyat kasb etishini taʼminlash. Zotan, taʼlim 
samaradorligi oʼquvchining mazkur jarayonga qay darajada jalb etilganligi bilan bogʼliq.
Yuqoridagi har bir taʼlim turining zamirida har xil oʼquv motivlari yotganligini tushunish qiyin 
emas va ularning har birining sifat va samaradorligi ham har xil boʼlishi tabiiy. Demak, oʼquvchilar 
faoliyatini boshqarib turgan oʼquv motivlarini oʼrganish va ularda ijobiy oʼquv motivlarini shakllantirish 
yoʼllarini ishlab chiqish oʼta dolzarb masala ekan. 
Ijodiy tafakkurni, boshqa faoliyat turlari kabi, ijtimoiy kontekstda koʼrish kerak. Bilish 
jarayonlariga bagʼishlangan adabiyotlarda aynan shu fakt eʼtibordan chetda qoladi. Kreativlikni 
oshiradigan yoki pasayishiga olib keladigan tashqi muhit va ijtimoiy omillarni Аmabayl (АQSh) oʼz 
hamkasblari bilan hamkorlikda oʼrganib chiqqan. Ular “Maktablardagi vaziyat kreativlikning 
rivojlanishiga koʼmak bermaydi”, - degan xulosaga kelishgan. Аxir ijodkor shaxslar oʼz ishini eng sevimli 
mashgʼulot deb biladilar. Bunday shaxslar oʼz maqsadlariga, niyatlariga erishish ishtiyoqida soatlab 
ishlashdan charchashmaydi ham, zerikmaydi ham. Ijodkor insonlar juda ham zahmatkash boʼlishadi. 
Bunday motivatsiya ichki motivatsiya deb ataladi, zotan u shaxs qalbida uygʼonadi. Buning aksi oʼlaroq 
maktabda taklif etiladigan motivatsiya tashqi motivatsiya deb ataladi. U baholar evaziga tugʼiladi. 
Аmabaylning fikricha, ichki motivatsiyani imkon qadar yuqori darajaga olib chiqadigan muhit 
yaratilsagina, inson ijod bilan shugʼullanar ekan (alohida, tugʼma ishtiyoqqa ega kishilarni hisobga 
olmasak). Ichki motivatsiyani oʼldiradigan oltita vaziyat mavjud: 
1.Mustaqil baholash. 
2.Nazorat. 
3.Ragʼbat.
4.Musobaqa. 
5.Tanlov cheklanganligi (material, adabiyotlar). 


10 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
6.Oʼqish tanloviga taʼsir etadigan tashqi omillar. 
Koʼplab taʼlim muassasalarida faqatgina tashqi motivatsiya ish beradi, yaʼni oʼquvchilarga baho 
qoʼyiladi. Аlbatta, tanlovni va ijodiy faoliyatni chegaralasa-da, tashqi undovchilardan toʼliq qutilish 
imkoniyati yoʼq. Biroq, taʼlim maskanida tashqi muhitni shunday yaratish kerakki, u ijodiylikni namoyon 
qilishga yordam bersin, tashqi motivatsiyani ichki motivatsiyaga aylantirsin. Kishining ijodiy salohiyatini 
oshirish maqsadida tashqi muhitni uyushtirishdan tashqari insonda maʼlum bir koʼnikmalar mavjud 
boʼlishi zarurligini ham inobatga olish joiz. Chunki maʼlum bir sohada zaruriy bilim va texnik 
malakalarga ega boʼlmay turib, zoʼr olim, buyuk yozuvchi, iqtidorli rassom boʼlishning iloji yoʼq. 
Qisqacha qilib aytsak, agarda kishi ijodiylik salohiyatini oshirmoqchi boʼlsa, unda maxsus bilimlardan 
kechishi mumkin emas. 
Tashqi muhit omillari juda muhim. Yaxshi taʼlim koʼp qirrali tafakkur, yangi gʼoyalar asosi boʼlib 
xizmat qiladi. Yaratish uchun boshni bilimlar bilan toʼldirish kerak. Kishi oʼzida oʼqishga nisbatan his-
tuygʼuni shakllantirishi joiz. Ijod – mashaqqatli mehnat samarasi, undan qoʼrqmaslik uchun esa inson 
butun kuch-gʼayratini ishga solishi kerak. 
Xullas, ichki motivatsiya kishini ijod qilishga undaydigan, tafakkur rivojini tezlatadigan eng 
qudratli ruhiy quvvat manbadir.
Shu oʼrinda oʼquv motivlari va oʼquv samaradorligi oʼrtasidagi muhim ilmiy faktga eʼtiborni 
qaratmoqchi edik. Maʼlumki, avvallari oʼquv faoliyati va uning samaradorligi haqida gapirilganda, 
birinchi navbatda, shaxsning intellektual darajasi tilga olinar edi. Shunday boʼlsa-da, keyingi baʼzi 
psixologik tadqiqotlarda oʼquv faoliyatidagi intellektual va motivatsion omillarning oʼrni oʼrganib 
chiqilib, kutilmaganda qiziq ilmiy faktlar aniqlandi. V.А.Yakunin va N.I.Meshkovlar tadqiqotida shu 
narsa maʼlum boʼldiki, “kuchli” va “kuchsiz” oʼquvchilar bir-biridan aqliy darajalariga qarab emas, balki 
oʼquv faoliyati motivatsiyasiga qarab farqlanishar ekan. “Kuchli” oʼquvchilar uchun ichki motivatsiya 
xarakterli boʼlib chiqdi: ularda oʼz kasbini yuksak darajada egallash ehtiyoji borligi, mustahkam kasbiy 
bilim va amaliy koʼnikmalar olishga intilish mavjudligi aniqlandi. “Kuchsiz” oʼquvchilarga kelganda esa, 
ularning motivlari vaziyatga bogʼliq tashqi motivlar ekan: yomon oʼqiganligi uchun jazodan qoʼrqish, 
stipendiyadan mahrum boʼlish va h.k. 
Yuqoridagi va yana bir qancha boshqa tadqiqotlarning natijalari asosida quyidagi muhim xulosani 
chiqarish mumkin: oʼquvchilarda maxsus qobiliyatlar yetarli boʼlmagan hollarda yoki ularda bilim, 
malaka va koʼnikmalar talab qilingan darajada boʼlmasa, ularning oʼrnini yuksak ijobiy motivatsiya 
toʼldira oladi. Mazkur kompensatorlik mexanizmi aks yoʼnalishda ish bermaydi. “Boshqacha qilib 
aytganda, qobiliyatlarning har qanday yuksak darajasi ham past oʼquv motivatsiyasi yoxud uning 
yoʼqligining oʼrnini qoplay olmaydi va shuning uchun ham oʼquv faoliyatining samarasini taʼminlay 
olmaydi
1
”. 
Ichki ijobiy oʼquv motivlarining ahamiyatini anglash pedagogik psixologiyada oʼquv jarayonini 
motivatsion taʼminlash tamoyilining ishlab chiqilishiga sabab boʼldi. Olimlar oʼquvchilarning oʼquv-
mehnat faoliyati motivatsiyasini maqsadga muvofiq holda shakllantirish zarurati haqida yoza 
boshladilar. Biroq oʼquv faoliyati motivlarini shakllantirishning nihoyatda qiyin masala ekanligini 
taʼkidlash lozim.
Endi yuqorida taʼkidlangan tamoyillarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan konkret 
innovatsiyani koʼzdan kechirsak. 
Oʼquvchiga 
boʼlgan 
munosabatni 
oʼzgartirish. 
Oʼquvchining 
motivlashgan 
yoki 
motivlashmaganligi darajasini baholash oʼqituvchi tomonidan intuitiv ravishda amalga oshiriladi. 
Oʼqituvchi oʼquvchining oʼz faniga yoki uning oʼziga nisbatan munosabatini yaxshi his qiladi. Odatda 
oʼqituvchilar ishtiyoqmand, motivatsiyasi kuchli oʼquvchilarni koʼproq yoqtiradilar va, aksincha, loqayd 
subyektlarda koʼproq salbiy, biroq motivatsiyaga umuman aloqasi boʼlmagan sifatlarni koʼrishadi. 
1
Немов Р.С. Психология: Учеб. для студ. высш. пед. учеб. заведений. - В 3-х кн. – М.: ВЛАДОС, 2003. Кн. 1. Общие основы психологии. – 688-
b.


11 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Psixologlar tomonidan motivlashmagan insonlarga xos masʼuliyatsizlik, loqaydlik, parishonxotirlik, 
begʼamlik kabi motivatsiya yetishmasligi oqibatida kelib chiqqan sifatlar bilan birga, unga aloqasi 
boʼlmagan qoʼpollik, qaysarlik, ahmoqlik, omadsizlik singari sifatlarni ham kiritib yuborishlari 
isbotlangan. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiyasi kuchli insonlar motivatsiyasi zaifroq kishilardan 
koʼra ijobiyroq idrok qilinadi. Motivatsiyasi zaif insonga nisbatan oldindan belgilangan salbiy 
munosabat muomalaning nosamimiy uslubini paydo qilib, bu hol oʼquvchi ishtiyoqining soʼnishiga olib 
keladi. Yaʼni yetarlicha ishtiyoqi yoʼq deya tahmin qilingan oʼquvchi motivatsiyasi mavjud boʼlmagan 
tengdoshlari qatoriga kiritib yuboriladi va, aksincha, agar oʼqituvchi motivatsiyasi yoʼq taʼlim subyektiga 
nisbatan ijobiy munosabatda boʼlsa, u motivatsiyasi kuchlilar qatoridan oʼrin olishi mumkin. Psixologlar 
ushbu metodni “oʼz-oʼzidan roʼyobga chiqadigan bashorat” deb yoʼnaltiriladigan quyidagi algoritmdan 
foydalanish mumkin. 
“Oʼz-oʼzidan roʼyobga chiqadigan bashorat”lar metodi algoritmi. 
1.Siz oʼquv motivatsiyasi yetarlicha shakllanmagandek tuyuladigan oʼquvchingizni yodga oling. 
2.Ushbu oʼquvchi xususida oʼzingiz biladigan barcha maʼlumotlarni unutishga harakat qiling. 
3.Uni qanday koʼrishni istayotganingiz toʼgʼrisida yaxshilab oʼylab koʼring.
4.Uning aniq ideal siymosi koʼz oʼngingizda gavdalanishiga erishing.
5.Siz uni qanday koʼrishni istagan boʼlsangiz, xuddi oʼshanday deb tasavvur qiling. 
6.Endi mazkur odamga biron-bir muammo yuzasidan murojaat etganda, oʼzingizning u xususidagi 
ideal tasavvurlaringizga tayanib ish koʼring. 
Sizning bashoratingiz oʼz-oʼzidan amalga oshadi. U sizning ideal tasavvuringizga yaqinlashadi. 
Ushbu algoritmdan, dastlab, yangi xulq-atvorni ishlab chiqish va alohida oʼquvchilarga yoki butun 
guruhga nisbatan munosabatni yangilash treningi sifatida foydalaning, keyin esa mazkur yangi xulq-
atvorni oʼzingiz uchun meʼyorga aylantiring. 
Oʼquvchilarda oʼquv motivlarini shakllantirish uchun pedagog dastavval ularni bilishi, oʼquv 
jarayonini ichki ijobiy motivatsiya paydo qilish yoʼnalishida tashkil etishi zarur. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish