Key words:
motivation, motivation, needs, interests, aspirations, goals, ideals, aspirations,
attachments, emotions, norms, values, ideas, ideas, emotions, affective and volitional qualities,
systematic approach, development principle, principle of activity.
Hozirgi zamon ilm-fani oldiga har tomonlama yetuk inson shaxsini shakllantirishdek masʼuliyatli
vazifani qoʼygan tarixiy qarorlarni hayotga tatbiq qilish psixologiya fanidan inson psixik taraqqiyotining
murakkab determinatsiyasi va qonunlarini tadqiq qilishni, shaxsning eng optimal psixologik tuzilmasini
shakllantirishni, psixikani turli xil ijtimoiy faoliyat turlarida rivojlantirishni talab qiladi. Bu masalalarning
hal qilinishi va psixologiya fani zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi metodologik
tamoyillarning ishlab chiqilishiga hamda ularning ilmiy tadqiqotlarda qoʼllanilishiga bogʼliq.
Davlatimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishida ijtimoiy
sohani rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlaridan biri taʼlim va fan sohasini rivojlantirishdir.
Motivatsiyaga keng maʼnoda inson hayotining koʼp qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi. Inson
hayoti anglangan va anglanmagan hollarda boshqariladi. Shulardan oliy darajadagi boshqarilish
anglangan irodaviy boshqarilish hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarimizni yanada aniqlashtirib,
motivatsiyaga quyidagicha taʼrif berishimiz mumkin:
Motivatsiya – insonni faoliyatga undashning murakkab, koʼp darajali tizimi boʼlib, u oʼzida
ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni
mujassamlashtiradi.
Bilish ishtiyoqini rivojlantirish orqali motivatsiyani kuchaytirish faqatgina alohida, oʼta iqtidorli
oʼqituvchilarning qoʼlidan keladi, xolos. Oʼquv motivlarining sustligi taʼlim samarasi pastligining asosiy
omillaridan biridir.
Inson xulq-atvorini belgilovchi motivlar asosida ehtiyojlar yotadi. “Motiv” deyilganda
predmetlashgan (vositalashgan) ehtiyoj nazarda tutiladi. Yaʼni bu oʼrinda motivning ehtiyojni qondirish
uslubi ekanligiga ishora qilinadi. Motiv inson xulq-atvori va faoliyati mazmunidir. L.I.Bojovichning
fikriga koʼra, faollikni taqozo qiladigan barcha narsalar motivlardir. Motivatsiya faoliyat va xulq-atvor
natijalarini, jarayonlar kechishini va harakatga keltiruvchi kuchlarni tushuntirib beradi.
Quyida “Inson xulq-atvori motivlarini ehtiyojlar nuqtai nazaridan tushuntirish” chizmasi berilgan:
Yuqoridagi taʼriflardan ham koʼrinib turibdiki, “motivatsiya” tushunchasi olimlar tomonidan
turlicha talqin qilingan va unga yuklatilgan maʼnolar ham rang-barang. Shunday boʼlsa-da, barcha
Do'stlaringiz bilan baham: |