Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

 
 
JAMIYATDA BEFARQLIK, LOQAYDLIK VA BEGONALASHUVNING PSIXOLOGIK TAHLILI 
Zokirova Sh.A.
– Toshkent kimyo-texnologiya instituti katta о`qituvchisi 
 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada jamiyatda befarqlik, loqaydlik va begonalashuvning psixologik
tahlili berilgan. Barkamol shaxsni tarbiyalashning psixologik usullari yoritilgan. 
Kalit sо`zlar:
begonalashuv, befarqlik, loqaydlik, dangasalik, marginallik, oila, millat, an’ana, urf-
odat, sotsial guruh, din, dunyoviylik.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ БЕЗРАЗЛИЧИЯ, РАВНОДУШИЯ И ОТЧУЖДЕНИЯ В ОБЩЕСТВЕ 
Закирова Ш.А.
- старший преподаватель Ташкентского химико-технологического института 
Аннотация.
В данной статье представлен психологический анализ безразличия, равнодушия и 
отчуждения в обществе. Описаны психологические методы воспитания подростка. 


90 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Ключевые слова: 
отчуждение, безразличие, равнодушие, лень, маргинальность, семья, 
национальность, традиция, обычай, социальная группа, религия, светский. 
 
PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF INDIFFERENCE, INDIFFERENCE AND ALIENATION IN SOCIETY 
Zakirova Sh.A.
- senior lecturer at the Tashkent chemical technology institute 
Annotation.
This article presents a psychological analysis of indifference, indifference, and alienation 
in society. The psychological methods of raising a teenager are described. 
Key words:
alienation, indifference, indecision, laziness, marginality, family, nationality, 
tradition, social group, religion, peacefulness. 
О`zbek xalqi qadim-qadimdan nafaqat о`z yaqinlariga nisbatan, balki о`zga millat, xalq va din 
vakillariga nisbatan munosabatda ham tolerantlik, bag`rikenglikka amal qilganidan tarix guvohlik berib 
turibdi.
“Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) о`lkani zabt etdi, mahalliy aholi о`z diniy 
e’tiqodiga nisbatan sobit turdi. Xorazm, Buxoro va Sug`diyona kabi kо`hna shahar va kentlarida tub 
aholi Otashparastlik (zardushtiy)ka e’tiqod qilgan bо`lsa, janubda buddaviylik riqojlangan edi. Milodiy 
davrga kelib, mahalliy aholining ayrimlari nasroniylik dinini qabul qildi, ammo, yahudiylik dini mahalliy 
aholi о`rtasida tarqalmagan bо`lsa-da, uning tarqalishiga keskin qarshilik qilmadi. Chunki bu davrga 
kelib, Buyuk ipak yо`li tufayli hudud aholisi о`rtasida g`ayridinlarga nisbatan bag`rikenglik (tolerantlik) 
tamoyili shakllangan edi. Shu sababdan turli millat, xalq va din vakillari emin-erkin istiqomat qilgan. 
Hatto, hududda Islom dini keng tarqalgan dastlabki yillarda ham bag`rikenglik (tolerantlik) an’analari 
davom etgan.
Nafaqat о`z millati, xalqining azaliy an’ana, urf-odat va qadriyatlariga nisbatan hurmat ruhida, 
balki о`zgalarga nisbatan munosabatda ham bu tamoyilga og`ishmay amal qilgan, bu aholi vakillari 
о`rtasida qachondan va qay tarzda milliy о`zlikka nisbatan befarqlik, loqaydlik va begonalashuv kabi 
salbiy illatlar paydo bо`ldi.
Shaxsda о`z ajodlarining tarixi, madaniyati va ma’naviyatiga nisbatan befarq hamda loqayd 
munosabat kuchayib, ma’naviy boylikdan moddiyat(boylikka ruju qо`yganda)ni ustun qо`yish kabi 
salbiy illatlar avj olganda begonalashuv hissi yuzaga keladi.
Xususan, Sobiq Ittifoq davrida “temir qafas” kabi dunyodan uzilib qоlgan edi, u davrda yashagan 
insonlarda tashqi dunyoni bilishga bо`lgan qiziqish va intilish kuchli bо`lib, о`zga dunyo haqidagi muhim 
ma’lumotlarni faqatgina ommaviy axborot vositalaridan bilish mumkin edi. Shu sababdan odamlarda 
axborotga nisbatan “chanqoqlik” hissi mavjud edi.
Mustaqillikni dastlabki yillarda yuzaga kelgan iqtisodiy taqchillik va qiyinchiliklar odamlarni bir 
qadar “sinov”dan о`tkazdi. Bu kabi taqchillik, qiyinchilik va ishsizlik tufayli yuzaga kelgan tibbiy xizmat 
hamda maishiy turmush darajasining pastligi kо`pchilikni qattiq “sarosima”ga solib qо`ydi. Nima 
bо`lganda ham, odamlar bu kabi qiyinchiliklarni yengib о`tish yoki undan “qochib qutilishi” zarur edi. 
“Sobiq Ittifoqni barpo etish davrida majburan о`z ona yurtini tark etgan muhojirlar sonidan-da kо`proq 
muhojirlar о`z yashab turgan hududidan kо`chdi. Ittifoqda yashab qolgan va qiyinchilikdan muhojirlikni 
afzal bilganlarni har ikkisi oldida ham “yangicha hayot”ga kо`nikma hosil qilish mas’uliyati turardi.
Amerika sotsiologlari tomonidan 1920-yilda Yevropa va amerikaga kо`chib keluvchi 
muhojir(immigrant)larning о`z millati, xalqi va jamiyatiga xos tafakkur tarzi hamda dunyoqarashini 
tubdan isloh qiluvchi “amerikacha”, jamiyatga xos va mos millat tushunchasidan kо`ra ustuvor 
turuvchi, “Amerika fuqaro”ligiga sodiqlik sotsial konsepsiyasi ishlab chiqilgan bо`lib, har bir muhojirdan 
ushbu konsepsiyaga amal qilishni talab etilardi.
Ushbu sotsial konsepsiyaning asosiy maqsadi marginalizatsiya ya’ni, maqsadi noma’lum sotsial 
guruhning “an’ana”lariga sodiqlik ruhiyatini singirishdan iborat bо`lgan edi. Muhojirlardagi shaxsga xos 


91 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
xususiyat о`z millati, xalqi va jamiyatiga xos obyektiv bog`liqlikdan mahrum qiluvchi, asriy va azaliy 
an’ana, aloqalarni parchalashdan millatga xos, milliy g`urur, estetik, axloqiy, huquqiy hamda fiziologik 
me’yor va qadriyatlarning buzilishiga qaratilgan sotsial harakat edi.
Marginallik – (marginalis-lotincha) millat va xalqlarning asrlar davomida yuzaga kelib, shakllangan 
milliy ijtimoiy normalarini “chegaralov”chi va undan chetlash, mahrum etishga qaratilgan ijtimoiy 
konsepsiya sifatida individda interfaollikni belgilaydi. Individni demagog va adventistlarga hos oldindan 
aytib bо`lmaydigan va nazoratsiz harakatlariga tо`liq bog`liq holatda о`zgartirishga mо`ljallangan edi.
Muhojirlarga nisbatan tadbiq etilgan mazkur konsepsiya, avvalombor, jamiyatga nisbatan tadbiq 
etilishi lozim edi. Biroq amerika dunyosida hali irqchilik tо`liq barham topmagani sabab, ushbu 
konsepsiyani jamiyatda tо`laqonlik qaror topishiga halal berdi. Lekin, ikkinchi jahon urushi davrida va 
undan keyingi yillarda “osuda hayot ilinjida” amerikaga kо`chib kelgan muhojir(immigrant)larda ushbu 
konsepsiya kutilgan samarani bera boshladi. Shuningdek, XX asrning 90-yillarida, xususan, Amerika va 
Yevropa jamiyatida millat, xalq va milliy о`zlikdan ustuvor ahamiyat kasb etgan, erkin dunyo fuqarosi 
degan tushuncha tо`liq qaror topdi.
Sobiq ittifoqning parchalanishini uzoq kutgan Amerika va G`arb matbuotchilari bu mavzuda uzoq 
vaqt, xо`p va kо`p yozishdi. Sotsiologlar ham ushbu mavzudan chetlashmay, iqtisodiy qiyinchiliklar 
tufayli “sobiq ittifoqchilar”ni yangidan-yangi inqirozlarga uchrab, “tug`ilib ulgurmay halokatga 
uchrashi”ni bashorat qilib, uning amaliy chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Jumladan, galdagi vazifa sotsiolog E.R. Rashkovskiy fikriga kо`ra
1
: Sobiq Ittifoqdan “meros” bо`lib 
qolgan jamiyatni siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy va etnik birlik kabi barcha sohalarda qiyinchilik 
bilan amalga oshirilayotgan islohotlarga putur yetkazishga qaratilgan “Xо`rlangan ayol” va “Erkin 
dunyo insoni” kabi sotsial loyihalar amalga oshirildi. Ushbu sotsial loyihani ommalashtirish uchun turli 
axborot xurujlari (OAV va internet) qо`llanildi. G`arb sotsiologlari bashorat qilganidek, 2000-yillardan 
internet va mobil aloqa shiddat bilan quloch yozdi. Ushbu qulaylikdan, ayniqsa, yoshlar qatlamining 
axborotga bо`lgan “chanqog`i qondi”. Hozirda ushbu qulaylikdan bahramand bо`lganlar jamiyatning 
о`rta va katta yoshlilar qatlamini tashkil etib, internet va mobil aloqadan asosiy foydalanuvchilar 
hisoblanadi. Ammo, bugungi sotsial tarmoqlarda ma’lumotlar oqimining keskin ortishi yoki bir 
xabarning turlicha talqin qilinishi axborot iste’molchilarida zerikish uyg`ondi.
Befarqlik, loqaydlik, dangasalik va begonalashuv kabi salbiy tushunchalar sof falsafiy tushuncha 
bо`lmay, uning mazmun va mohiyatini anglash uchun bir qator ijtimoiy fanlar va psixologiya fanlarining 
о`zaro uzviyligida о`rganiladi. Demak, befarqlik va loqaydlik tufayli yuzaga keladigan dangasalik ham 
о`zaro uzviylikda begonalashuv kabi salbiy illatni barcha jihatlarini о`zida “mujassam” qilgan holda, din, 
millat, xalq va hudud kabi tushunchalarni “parchalash”da falsafiy mazmun hamda mohiyatga kо`ra 
makon va zamon tanlamaydi. Psixologiya fanida begonalashuv jarayoni, avvalo, salbiy voqea va 
hodisalarga moyil, о`zida ma’lum bir millat, xalqqa xos ijtimoiy hayot tarzi, me’yorlariga ega bо`lmagan 
yoki о`zidan qoniqish hosil qilmaydigan, ya’ni hayotda о`z о`rniga ega bо`lmagan shaxslarda 
kechadigan psixofiziologik holatdir.
Bu kabi psixofiziologik holatdagi kimsa, qо`rqitish, azoblash va tahqirlash singari jarayonlarni 
kuzatishga moyil bо`lib, voqea ta’sirida hayotga bо`lgan alamzadalik hissini qondiradi. Ular hayotda, 
yaqinlaridan mehr kо`rmagan, ma’naviy va ruhiy dunyosi shikastlangan hamda о`zlikdan 
begonalashgan tarzda harakat qiladi.
Ruhiy tushkunlikning sabablari kо`p, ammo undan chiqishning yagona va tо`g`ri yechimi, avvalo, 
insonda hayotga bо`lgan qiziqish hamda о`ziga bо`lgan ishonchini uyg`otishdir. Har doim ham biror 
muammo tufayli ruhiy tushkunlikka tushgan kimsada muammoga nisbatan tо`g`ri va xolis yechim 
topilamasligi sabab bо`ladi. Bunday vaziyatga tushganlarning aksariyati muammoni yaqinlaridan 
yashirib, yolg`iz yechim topishda vertual olamga murojaat etishdan yо`lini yо`qotib, yangi 
muammolarga yо`liqadi.
1
Мангейм К. Идеология и утопия // Утопия и утопическое мышление: антология зарубежной литературы. -М.: “Прогресс”, 1991. – С. 369. 


92 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Psixolog D.N.Smirnovaning fikriga kо`ra
1
, XX asrning 90-yillarida Rossiya aholisining har jihatdan 
ahvoli qanchalik og`ir va qiyin bо`lmasin, baxtsiz voqea sodir bо`lganda о`z ahvolini o`ylab о`tirmasdan 
yordamga shoshilardi. Jumladan, avtohalokat chog`ida chetda turib kuzatish holati kam bо`lib, deyarli 
kо`pchilik yordamga oshiqardi, ammo 2000-yildan internet va mobil aloqa tizimi ommalashgach, 
voqeaga guvoh bо`lganlar qо`l telefoniga bu hodisani tezroq tasvirga olib, tarmoqqa qо`yishga 
oshiqishadi. Hatto, ular bu xatti-harakatlaridan tez tibbiy yordam va huquq tartibot xodimlarining 
faoliyatiga xalal berib, yana ulardan norozi ham bо`lishadi. Sо`nggi yillarda bu holat Rossiya jamiyatida 
odat tusiga kirishi jamoatchilikni kо`p ham tashvishlantirmay qо`ydi. Yevropacha egoizm ta’siri 
kuchaydi.
Ma’lumki, musulmon kishining eng muhim xususiyatlardan biri xushyorlik va ogohlik bо`lib, u о`z 
qо`ni-qо`shnisi, dо`st-birodari va qarindoshlari holidan doimo boxabar bо`lib turadi. Befarqlik, 
loqaydlik va begonasirash hissi musulmon kishiga yot tushunchadir. Zero, Payg`ambarimiz Muhammad 
(s.a.v.) bunday marhamat qiladilar: “Musulmonlar bir jasad (forscha jism, tana) kabidir, agar, 
musulmon kishining bir tana a’zosi xastalansa, qolganlarini isitma oladi
2
”.
Bu hadisda bir jamiyatda yashayotgan mо`min-musulmonlar go`yo bir tan-u bir jon ekani, shu 
jamiyatning muammosi uning har bir a’zosiga aloqador ekanligi aytilgan. Shuningdek, boshqa bir hadisi 
sharifda bunday deyiladi: “Musulmon kishi bir kun о`zi tо`q bо`lsa, qо`shnisini ham och holda 
qoldirmaydi”. Qо`shnidan boxabar bо`lish deganda musulmon kishi qо`ni-qо`shni, qarindosh-urug` va 
mahalladoshlari bilan yaqin bо`lishadi degani emasmi? Musulmon kishi о`z birodari( birodar, forcha 
dindosh) holidan xabar olib, yon-atrofda sodir bо`layotgan voqea va hodisalarga befarq yoki betaraf 
qarab, shunchaki kuzatuvchi bо`lmaydi. Kimdir yomon ish qilgani yoki axloqsizlik, ya’ni behayo va 
beparda gaplarni aytayotgani yoki birovning boshqasiga zulm, adolatsizlik qilayotganini kо`rib yoki 
eshitib, indamay ketmaydi. Balki, uni bu notо`g`ri yо`ldan qaytarib, tо`g`ri va xolislik bilan tushuntiradi. 
Xulosa qilish mumkinki, befarq, loqayd va о`zlikdan begonalashuv kabi salbiy illatlarning 
hayotimizdan о`rin olmasligi uchun oila va ta’lim muassasalari bilan о`zaro hamkorlikka asoslangan 
ta’lim va tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish lozim. Har doimo tarbiya borasida ustuvor bо`lgan oila 
ushbu mas’uliyatli vazifani ado etishda ham ta’lim sohasi bilan о`zaro hamkorlikda tashabbuskorlikni 
о`z qо`liga olishi darkor.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish