Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

 
 
ZARRALAR FIZIKASI AMALIY MASHG`ULOTLARINING TAKOMILLASHTIRILGAN MAZMUNI 
Madaliyev A.M.
–Qo`qon davlat pedagogika instituti o`qituvchisi 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada zarralar fizikasi amaliy mashg`ulotlari ahamiyati, ularning 
takomillashgan mazmunini ishlab chiqish va ularga qo`yiladigan talablar va o`ziga xosliklar bayon 
qilingan. 
Kalit so`zlar:
zarralar fizikasi, amaliy mashg`ulot, masalalar yechish, takomillashgan mazmun, 
elementar zarra, o`zaro ta’sir, o`zaro ta’sir turlari, saqlanish qonunlari, o`qitish metodikasi. 
УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОДЕРЖАНИЯ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ ПО ФИЗИКЕ ЧАСТИЦ 
Мадалиев А.М.
- преподаватель Кокандского государственного педагогического института 
Аннотация.
В данной стате излагается значение практических занятий по физике частиц, 
разработка их усовершенствованного содержания, предъявляемые к ним требования и их 
особенности. 
Ключевые 
слова: 
физика 
частиц, 
практическое 
занятие, 
решение 
задач, 
усовершенствованное 
содержание, 
элементарная 
частица, 
взаимодействие, 
типы 
взаимодействий, законы сохранения, методика преподавания. 
 
IMPROVED THE CONTENT OF PRACTICAL LESSONS IN PARTICLE PHYSICS 
Madaliyev A.M.
- Teacher of Kokand State Pedagogical Institute 
Annotation.
In given article value of practical training on the nuclear physics, working out of 
their perfect maintenance, demands made to their and their features is stated. 


64 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Key words:
nuclear physics, practical employment, decision of problems, advanced 
maintenance, an elementary particle, interaction, types of interactions, preservation laws, a teaching 
technique. 
Mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibordan maqsad shuki, yurtimiz 
kelajagi uchun jahon andozasiga mos, yuqori darajada bilimli va teran fikrlaydigan yetuk kadrlar 
tayyorlashdir. Bu esa o`qitishni ham mazmun, ham uslub jihatdan yuqori pog`onaga ko`tarishni talab 
qiladi. Ta’limning barcha bosqichlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, asosan, pedagogika oliy 
ta’lim muassasalari zimmasiga tushadi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida talabalarga 
chuqur bilim berish, egallayotgan kasblariga doir amaliy ko`nikma, malakalarini shakllantirish muhim 
ahamiyatga ega. Talabaga bilim berishda asosiy vazifalardan biri o`quv jarayonining muhim bo`g`ini 
bo`lgan amaliy mashg`ulotlarni samarali tashkil etish va ijobiy yutuqlarga erishishdir. Chunki 
talabalarga beriladigan nazariy bilimlar amaliy mashg`ulotlarda har tomonlama mustahkamlanadi.
Fizikadan amaliy mashg`ulotlarni, asosan, fan mavzusiga doir masalalar yechish tashkil etadi.
Ma’lumki, zamon talablari va fan yangiliklari asosida zarralar fizikasining takomillashgan 
mazmuni M.Y.Mansurovaning tadqiqot ishida ishlab chiqilgan
1
. Bu mazmun oliy pedagogika ta’lim 
muassasalari talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, ushbu fanning asoslarini o`zida mujassamlagan. Bu 
asoslarni har tomonlama mustahkamlash uchun esa amaliy mashg`ulotlar mazmunini ishlab chiqish 
talab qilinadi. Shu o`rinda zarralar fizikasi jarayonlarining o`ziga xosligi, murakkabligi va tasavvurga 
qiyin berilishini, albatta, inobatga olish talab qilinadi. Shu sababli ham amaliy mashg`ulotlarning 
mazmuni beriladigan nazariy ma’lumotlarni har tomonlama mustahkamlashi, zarralar fizikasi 
jarayonlarini yaxshi o`zlashtirishga hamda ular to`g`risidagi tasavvurlarni shakllantirishga va sohani 
sifatli o`zlashtirishga xizmat qilishi zarur. 
Masalalar yechish fizika fani ma’ruzalarini ham ma’lum ma’noda to`ldiradi. Masala yechish orqali 
talabalar bilimini kengaytiradilar va chuqurlashtiradilar, qonun va formulalarni chuqurroq bilishni 
o`rganadilar, ularning qo`llanish chegaralarini ko`rib chiqadilar, umumiy qonuniyatlarni aniq bir 
vaziyatlarga qo`llash malakasini egallaydilar. Masalalar yechish jarayonida hisoblash, adabiyotlar va 
ma’lumotlar bilan ishlash malakasi hosil bo`ladi. Masala yechish fizik hodisalarga maxsus yondashish 
yo`llarini o`rgatadi. Talabalar ma’lum bir mavzuga oid masala yechishda keng hodisalar ko`lamini 
bilishga jiddiy yondashishni o`rganadilar. Masalan, talabalar zarralar fizikasini o`rganishda masalalar 
yechish orqali tabiatdagi fundamental saqlanish qonunlarining amal qilishi, zarralarni xarakterlovchi 
kattaliklar, zarralar olamidagi saqlanish qonunlarining xususiyatlari, saqlanish qonunlari bilan 
simmetriyalar orasidagi bog`lanishlar kabi bo`limning mazmunini chuqur va har tomonlama 
tushunishga erishadilar va tasavvurlari to`liq shakllanadi hamda masalalarni yechish, ularni tahlil 
qilishga ishonch hosil qiladilar
2

Masala yechish bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda hisoblash malakasini oshirishga mashq – 
masalalar, u yoki bu qonunlarning qo`llanilishlarini namoyish qiluvchi masalalar, bilimlarni 
mustahkamlash va nazorat qilish masalalari va bilimni orttirishga xizmat qiladigan masalalar ko`rib 
boriladi
3

Fizika o`qitishning zaruriy qismlaridan yana biri, talabalarning bilim, ko`nikma va malakalarini 
tekshirishdir. Bilim va ko`nikmani tekshirish talabalarning mehnatsevarlik sifatlarini tarbiyalashga, 
muntazam ravishda mehnat qilish zarurligini bilishga, hamma ko`rinishdagi o`quv vazifalarni vijdonan 
bajarishga xizmat qiladi. Talabalar bilimini sinash vaqtida u yoki bu xulosa asosida nima yotishini, 
faktlardan kelib chiqadigan umumlashtirish nimadan iboratligini bilish malakasiga ega bo`lishini talab 
1
Mansurova M.Y. Oliy ta’limda elementar zarralar fizikasi mazmuni va uni o‘qitish metodikasi (bakalavriat bosqichi misolida). Ped.fan.nom.diss. –
Toshkent, 2009. – 126 b. 
2
Nasriddinov K.R., Rajabov N.Z., Nasriddinov D.K. Elementar zarralar fizikasi. // Uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 41-bet. 
3
Sadriddinov N., Rahimov A., Mamadaliyev A., Jamolova Z. Fizika o‘qitish uslubi asoslari. – Toshkent. “O‘zbekiston”, 2006. – 173-b. 


65 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
etish ular mantiqiy fikrlashlarining rivojlanishiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir qiladi. Bilim, ko`nikma va 
malakani tekshirish – bilimni takrorlash, chuqurlashtirish, mustahkamlash va sistemalashtirish hamdir
1

Test topshiriqlarini tuzishda mazmun asosiy o`rinni egallaydi, shu sababli o`quv kursi 
mazmunidagi bilimlarni aniqlash va ularga mos o`quv maqsadlariga erishish darajasini belgilaydigan 
test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq. O`quv maqsadlari taksonomiyasi B.Blum2 tomonidan 
ishlab chiqilgan bo`lib, u o`z ichiga bilish, tushunish, amaliyotga qo`llash, tahlil qilish, sintezlash
baholash kabilarni o`z ichiga oladi. 
Elementar zarralar fizikasi bo`limining yaxshi o`zlashtirilishi ma’ruza mashg`ulotlarida olinadigan 
nazariy bilimlarning amaliy mashg`ulotlar davomida mustahkamlanishiga bog`liq. Nazariy bilimlar 
ma’ruza mashg`ulotlarida tushunarliday bo`lib tuyuladi. Lekin amaliy mashg`ulotlarda berilgan nazariy 
bilimlar turli jarayonlarni tahlil qilish natijasida yanada mustahkamlanadi. Elementar zarralar fizikasida 
masalalarning asosiy qismini zarralarning parchalanish yoki o`zaro ta’sir jarayonlarini tahlil qilish tashkil 
qiladi. Albatta, bu jarayonlar o`zaro ta’sir turiga qarab energiya, impuls, impuls momenti hamda spin, 
izotopik spin, g`alatilik, maftunkorlik kabi kvant sonlarining saqlanish yoki saqlanmasligi bilan bog`liq 
bo`ladi. Talabalar bu jarayonlarni yaxshi tahlil qila bilishlari hamda ularda ma’lum darajada ko`nikmalar 
shakllanishi kerak. Agar nazariy bilimlar amaliy mashg`ulotlar bilan mustahkamlanmasa talabalar bilim 
va tasavvurlarining yuzaki bo`lishiga olib keladi.
Pedagogika oliy o`quv yurtlari uchun “Umumiy fizika”dan fan dasturida zarralar fizikasidan 
amaliy mashg`ulot uchun quyidagi mavzular ajratilgan
3

1. Elementar zarralar. 2. Zarralar jarayonida energiya saqlanishi. 3. Barion zaryadi saqlanish 
qonuni. 4. Lepton zaryadi saqlanish qonuni.
Masalalar yechishga mo`ljallangan ko`pgina adabiyotlarda zarralar fizikasiga doir masalalar, 
asosan, zarralar energiyasi va impulsining saqlanishiga doir berilgan. Bu masalalar esa yuqorida 
keltirilgan mavzularning ikkitasini o`z ichiga oladi xolos. Bu esa zarralar fizikasi amaliy 
mashg`ulotlarining takomillashtirilgan mazmunini ishlab chiqish hamda, amaliy mashg`ulotlar uchun 
topshiriqlar (masalalar, testlar va x.k) to`plamini tayyorlashni taqazo etadi.
Pedagogika oliy o`quv yurtlari uchun zarralar fizikasi amaliy mashg`ulotlarining 
takomillashtirilgan mazmunini ishlab chiqishda, bizning fikrimizcha, quyidagilar e’tiborga olinishi kerak:
Zarralar fizikasi amaliy mashg`ulotlarining o`qitilish holati. Bunda amaliy mashg`ulotlarning 
takomillashtirilgan mazmunini shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari ko`riladi. Oliy ta’lim 
muassasalaridagi ta’lim mazmuni, uning strukturasi alohida ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim ta’lim 
mazmunini zamonaviy bilimlar, maxsus malakali ta’lim bilan qurollantirib qolmay, fanlarning rivoji, 
ularning ilmiy-metodologik va g`oyaviy negizlari bilan tanishtiradi. Shu bois, oliy ta’lim tizimidagi ta’lim 
jarayonini ijobiy shakllantirishda pedagogdan yuksak mahorat, qobiliyat talab etiladi.
Zarralar fizikasi amaliy mashg`ulotlarining takomillashtirilgan mazmunini shakllantirishdagi 
didaktik talab va imkoniyatlar. Pedagogika oliy o`quv yurtlarida bo`lajak o`qituvchilar tayyorlanadi, 
demak, ularga bayon etiladigan elementar zarralar fizikasi kursi o`ziga xos, uni o`qitadigan o`qituvchilar 
zimmasiga maxsus ma’suliyat yuklaydigan bo`lishi kerak. 
Zarralar fizikasi amaliy mashg`ulotlarining mazmuni va tarkibi.
Zarralar fizikasi mazmunidan kelib chiqib, amaliy mashg`ulotlarda taklif qilinadigan masalalar 
quyidagi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin: 
Kuchli o`zaro ta’sir jarayonlariga oid masalalar. Bu ta’sirda qatnashuvchi zarralar adronlar deb 
ataladi. Bu o`zaro ta’sir proton va neytronlarni yadroda ushlab turadi. Yoki kvarklar shu kuch orqali 
bog`lanib, adronlarni tashkil qiladi. Ma’lumki, bunday jarayonlarda barcha saqlanish qonunlari
bajariladi. 
1
Sadriddinov N., Rahimov A., Mamadaliyev A., Jamolova Z. Fizika o‘qitish uslubi asoslari. – Toshkent. “O‘zbekiston”, 2006. – 139-b. 
2
Bloom B.S. a.o. Handbook on Formative and Summative Evaluation of Student Learning. N-Y., McGraw-Hill, 1971. – c. 232
3
Umumiy fizika fan dasturi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. TDPU. – Toshkent, 25.08.2018. – 24 b. 


66 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Masala. Quyidagi jarayonlarning sodir bo`lish yoki bo`lmasligini izohlang. 
.
,
,
,
,
,
,
0
0
0
0
0

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish