Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

Key words:
patriotism, military patriotism, education, concept, defense, armed forces, history, 
cultural heritage. 
Har bir davlatning, har bir xalqning taraqqiyoti uning harbiy sohadagi qudrati bilan belgilanadi. 
Mamlakat taraqqiyoti uchun uning barcha fuqarolari qalbida fidoyilik, vatanparvarlik tuyg`ulari 
mujassam bo`lishi kerak. Vatanparvarlik tushunchasiga manbalarda axloqiy va siyosiy prinsip, ijtimoiy 
tuyg`u, - ta’rif berilgan bo`lib, u vatanga muhabbat, unga sadoqat, o`tmish va hozirgi zamondan 
g`ururlanish, vatan manfaatlarini himoya qilish istagi, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalariga 
xos bo`lgan eng muhim qadriyatdir. Bondarenko va V.V.Kolpachevning fikricha, vatanparvarlik tuyg`usi
quyidagi omillar bilan bog`lanadi: 
Tabiiy omillar. Dastlab vatanparvarlik, birinchi navbatda, ko`chmanchi xalqlar uchun xos bo`lgan 
va oila a’zolari, urug`-aymoq o`rtasidagi qon-qarindoshlik munosabatlarini saqlagan. 
Ma’naviy va axloqiy omillar. Vatanparvarlik odamlarni ma’naviy rishtalar va ma’naviy burchlar 
bilan birlashtiradi. 


58 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Siyosiy omillar. Siyosiy jihatdan vatanparvarlik odamlar tomonidan mavjud hokimiyatni, 
boshqaruv shaklini, davlatning siyosiy tuzilishini, uning rivojlanish istiqbollari va maqsadlarini qabul 
qilishni anglatadi.
1
Harbiy vatanparvarlik deganda, Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, 
Vatan ravnaqi uchun faol bo`lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat tushuniladi. Uning 
axloqiy mohiyati – Vatanga mehr-muhabbatli va sodiq bo`lishdan, yurtning o`tmishi va hoziri uchun 
faxrlanishdan, mamlakat manfaatlarini himoya qilishga intilishdan iborat. Shuningdek, bu fazilat ota-
bobolardan meros qolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o`z 
vatanini dushmanlardan, yot va begona g`oyalardan himoya qilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun 
jonini ham ayamaslikni nazarda tutadi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi – bu O`zbekiston Respublikasi 
fuqarolarining mustaqil yurtimizni mardlarcha himoya qilishga qodirligi va tayyorligi, askarlarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ma’naviy-axloqiy tizimidir
2
.
Ma’lumki, kelajagi buyuk davlatni barpo etishda o`sib kelayotgan yosh avlod quruvchi vazifasini 
o`taydi. Jahonda mamlakat mudofaasining asosiy ko`rsatkichi vatanparvarlik hissi yuqori darajada 
rivojlangan, fidoyi, bilim va tajribasini Vatanga baxshida etuvchi avlodni shakllantirish hisoblanadi.
Murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib 
borayotgan sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarblik kasb etadi. Yoshlarni 
harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, 
harbiy soha bilan aloqador bo`lgan davlat xizmati turlarida faollik ko`rsatish, tinch va harbiy sharoitda 
Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo`lish, ularda o`z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak 
mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. Ushbu jarayonda davlat va 
nodavlat tashkilotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining o`zaro hamkorligi muhim ahamiyatga 
ega. Ta’kidlash lozimki, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon bo`lib, 
u bir-biriga bog`liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g`oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar 
majmuasidan iborat. Bu borada yurtimizda qator sa’y-harakatlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 
bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizni salohiyatli askar va ofitser kadrlar bilan ta’minlashda, 
yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda, 
ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb etishda, intellektual va ijodiy 
salohiyatini ro`yobga chiqarishda "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylari yorqin dalildir. 
Shuningdek, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash O`zbekistonni rivojlantirish bo`yicha 
Harakatlar strategiyasining ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida belgilab olingan.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni takomillashtirishning asosiy prinsiplaridan 
biri ilmiylik; tarixiylik; aniqlik va tezkorlik; muntazamlilik; faollik; ta’lim va tarbiya ishlarining 
uyg`unligi; tarbiya jarayonining izchilligi; harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida erishilgan ijobiy natija va 
yutuqlarga tayanishdan iboratdir
3

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari quyidagi to`rt bosqichda amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 
a) birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) - atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabgi tasavvurlar paydo 
bo`ladigan bosqich hisoblanib, unda bolalarga oila muhitida yoki maktabgacha ta’lim muassasalarida 
vatanga muhabbat, sevgi va sadoqat tuyg`ulari madh etilgan she’r va qo`shiqlar o`rgatish, multfilm va 
turli o`yinlar namoyish etib, rasmlar orqali dunyoni anglatish, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) 
bilan tanishtirish masalasi kun tartibiga qo`yiladi; 
1
Buzskiy M.P., Vyrshchikov A.N., Kustmartsev M.B. Vatanparvarlik va vatanparvarlik tarbiyasining nazariy muammolari. – Volgograd, 2008. – 90 b.
2
Sotiboldiyev A.A., Ma’murov U.I. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi. // O‘quv qo‘llanma. – T., 2007. – B. 15.
3
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida Qarori. – 
T., 2018-yil 23-fevral, 140-son 


59 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
b) ikkinchi bosqich (7-16 yoshdagilar) – bunda vatanparvarlik hissiyotlari o`quvchilarda 
qahramonlikka intilish, jasorat ko`rsatish istagi, tengdoshlari jamoasida o`z o`rniga ega bo`lish, ular 
hurmatiga sazovor bo`lishi, o`ziga yuqori e’tibor va talabchanlik, katta ijtimoiy faollik kabi yangi his-
tuyg`ularning shakllanishiga ko`ra rivojlanadi. Aynan shu yoshda maktab o`quvchilari botirlik, kuch, 
iroda, mardlik, do`stlikka va o`rtoqlarga sadoqatni qadrlaydi. Bu ularga Vatan himoyasi muqaddas 
burch ekanligini chuqur anglab yetishi uchun imkon beradi. 
v) uchinchi bosqich (16-18 yoshdagilar) - yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib 
xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni ta’minlashga yo`naltiriladi. Bu yoshdagi o`quvchilarning 
fikrlashi yanada yetuklashadi, chuqur umumlashtirishlarga, tartib va qobiliyatga ega bo`ladi. Ular Vatan 
himoyachisi haqida to`la tasavvurga ega bo`ladilar. Bu davrda nafaqat Ikkinchi jahon urushi qahramoni 
yoki faxriysi, balki mustaqil O`zbekiston himoyachisining eng yaxshi xislatlari xos bo`lgan 
zamondoshlarimizning jasoratlari, ularning yuksak marralarni zabt etishlari va xalqimiz mehnatini 
ishonchli himoya qilish haqidagi ma’lumotlar yoshlar ongida chuqur tasavvurli iz qoldiradi. Biroq 
hisobga olish kerakki, bu yuksak namunalar faqat o`quvchilarning ishlari va harakatlarida o`rnini 
topsagina, e’tiborga sazovor bo`ladi. Shuning uchun o`quv-tarbiyaviy jarayonda o`quvchilarga o`tgan 
urush voqealari, xalqning front va front ortidagi ommaviy jasorati haqida bilimlar berish bilan birga, 
ularda Vatan himoyasiga tayyorlash uchun ijtimoiy dunyoqarashlarni ham shakllantirish lozim. 
g) to`rtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) - yoshlarni jismonan barkamol va ma’nan yetuk etib 
rivojlantirish, ularning tashabbuskorlik qobiliyatlari, intellektual salohiyati, malakasini oshirish, sog`lom 
hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi. 
Har bir xalq o`z tarixini avaylab keladi, bu tarix ne’matlari bo`lmish merosdan kelajak sari ildam 
yo`l bosish uchun kuch-quvvat oladi. Xalq ozodligi uchun qurbon bo`lgan milliy qahramonlar jasorati, 
millat ravnaqi uchun jonbozlik qilgan ilm va fan sohiblarining faoliyati esa har bir avlod uchun yo`lchi 
yulduz bo`lib xizmat qiladi. Zero, tarixidan bexabar xalq – mazlum xalq, tarixi yolg`on bilan yozilgan xalq 
– mahkum xalq, tarixini asragan va bilgan xalq – tenglar ichida teng xalqdir. Bizning xalqimiz ruhiy-
ma’naviy taraqqiyotida o`tmish madaniy merosi va milliy ma’naviy qadriyatlar muhim o`rin tutadi. 
Shunga ko`ra, vatanparvarlik ruhining rivojlanish darajasi va ko`lami boy tarixiy merosimizni kishilarimiz 
tomonidan nechog`lik o`rganib, o`zlashtirilishiga bog`liq. Hozirgi sharoitda vatanparvarlik g`oyasini 
rivojlantirishda madaniy merosning o`rni quyidagi omillar bilan belgilanadi:
– xalqimizning haqqoniy tarixi, boy madaniy merosi va milliy ma’naviy qadriyatlari hamda 
mustaqillik yillari ularni tiklab, rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilgan ishlarning mazmuni va 
ahamiyatini chuqur anglash;
– respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida yaratilgan keng imkoniyatlar va hozirgi davr talablaridan 
kelib chiqib, milliy g`oyaning tarixiy meros bilan uzviy bog`liq jihatlarini o`qitishning zamonaviy uslub-
vositalarini yaratish va ulardan samarali foydalanish;
– g`oyaviy ta’lim-tarbiyada madaniy merosdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va bu 
boradagi ishlarni milliy taraqqiyot manfaatlari asosida uzluksiz rivojlantirib borish. 
Shu jihatdan yoshlarimizga harbiy vatanparvarlik ruhini sindirish, ularda ona Vatanga mehr-
muhabbat, hurmatni yanada kuchaytirish borasida quyidagi ishlarni amalga oshirishni maqsadga 
muvofiq deb hisoblaymiz:
– ta’lim muassasasi kutubxonalarini harbiy vatanparvarlik yo`nalishidagi badiiy-tarixiy adabiyotlar 
bilan to`ldirish;
– asar mualliflari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
– Vatan ozodligi yo`lida kurashgan ajdodlarimizning hayot yo`llarini kengroq o`rganish va yoritish;
– ularning qalamlariga mansub asarlarni ilmiy o`rganish va keng targ`ib etish; 
– boy hayotiy tajribaga ega bo`lgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport 
sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g`olib bo`lgan shaxslar bilan uchrashuvlar, seminar-
treninglar, viktorinalar, davra suhbatlari tashkil etish; 
– mardlik saboqlarini o`tkazish va ekskursiyalar uyushtirish; 


60 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
– teleko`rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar 
qo`shiqlari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron o`yinlar va boshqa texnik vositalardan 
foydalanish;
– bolalar, o`smirlar va chaqiruvgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida ommaviy sport ishlarini tashkil 
etish va o`tkazish;
– milliy xalq qahramonlarimizning jasorati, harbiy vatanparvarligini aks ettiruvchi multfilmlar, 
video va kinofilmlar, sahna asarlari, tarixiy asarlarni yaratish borasida tizimli ishlarni yo`lga qo`yish. 
Bu kabi tadbirlar ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi, pirovard natijada 
jamiyatda sog`lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi ta’lim jarayonida 
an’anaviy o`qitishning xorij metodikasi bilan uyg`unlashtirilishi natijasida harbiy vatanparvarlikni 
yoshlar ongiga singdirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ham samaralidir. O`quvchilar 
qalbi va ongiga milliy ruh, insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash 
uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha quyidagi tavsiyalarni keltirib o`tamiz:
– pedagoglarning axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan (AKT) foydalanish samaradorligini 
yanada oshirish bo`yicha o`quv va uslubiy qo`llanmalar ishlab chiqish hamda o`quv seminarlari tashkil 
etish;
– ta’lim muassasalarida AKTdan to`liq foydalanishni yo`lga qo`yish uchun zarur sharoitlarni 
yaratish;
– zamonaviy AKT orqali o`quvchilarga axborotlarni sodda, qisqa va aniq tarzda, bolaning 
manfaatidan kelib chiqib, o`quvchi yashaydigan sharoitga qiyoslab yetkazish;
– o`quvchilarda axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish, o`zlashtirilayotgan o`quv materiali 
bo`yicha shaxsiy fikr va qarashlarni shakllantirish;
– o`quvchilarda Vatanga sadoqat, mehr-oqibat va kelajakka bo`lgan ishonch hissini yuksaltirish 
maqsadida xalqimizga xos milliy va umuminsoniy qadriyatlarni axborot-kommunikatsion 
texnologiyalari orqali keng targ`ib qilish;
– ota-onalarga o`z farzandlarini axborot xurujlaridan himoya qilish bo`yicha tavsiyalar berish. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda kelajagimiz vorislari bo`lgan yoshlarda 
vatanparvarlik ruhini rivojlantirish, Vatanga bo`lgan muhabbat va ertangi kunga ishonch ruhida 
tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik vazifa bo`lib, uni ro`yobga chiqarish barchamizning fuqarolik 
burchimizdir. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish