Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

BEZLAR 

Epiteliy to`qimasining yana bir asosiy vazifasi sekreg ishlab chiqarishdir. Sekret ishlaydigan 

hujayralar  yig`ilib,  bezlarni  (glandulae)  hosil  qiladi.  Bezlarning  ko`pchiligi  epiteliy  hosilasidir. 

Faqatgina epifiz, gipofizning orqa bo`lagi va buyrak usti bezining mag`iz qismigina nerv to`qimasidan 

rivojlanadi. 

Agar bezlar o`z mahsulotini tashqi muhitga chiqarsa, bunday bezlar ekzokrin bezlar deyiladi. 

Bunga misol qilib teri bezlari yoki hazm sistemasining o`z mahsulotini me’da-ichakka chiqaruvchi 

bezlarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruh bezlar o`z mahsulotini organizm ichki muhitiga (qon yoki 

limfaga) chiqaradi. Shuning uchun bu bezlarni endokrin bezlar deyiladi. En-dokrin bezlarga gipofiz, 

qalqonsimon bez, qalqonsimon bez. oldi bezi, me’da osti bezining endokrin qismi, buyrak usti bezi, 

epifiz, jinsiy bezlar kiradi. 

Bezlar  ko`p  hujayrali  va  bir  hujayrali  bo`lishi  mumkin.  Bezlarning  asosiy  ko`pchiligi  ko`p 

hujayrali  bezlardir.  Bir  hujayrali  ekzokrin  bezlarga  qadahsimon  hujayra-lar  kiradi.  Bir  hujayrali 

endokrin bezlar esa turli a’zolarda joylashgan. Me’da-ichak sistemasidagi endokrin hujayralar juda 

ko`p  uchraydi.  Bir  hujayrali  bezlar  turli  shaklda  bo`lishi  mumkin.  Ular  epitelial  tasma  ichida 

joylashsa,  endoepitelial  bezlar  deb  yuritiladi.  Agar  ular  epiteliydan  tashqarida,  ya’ni.  biriktiruvchi 

to`qimada joylashsa, ularni ekzoepitelial bezlar deyiladi. 

Ko`p  hujayrali  bezlar,  bezlarning  asosiy  qismini  tashkil)  qilib,  ular  biriktiruvchi  to`qimada 

joylashadi. Ko`p hujayrali ekzokrin bezlarda ikki qism: 1) sekretor yoki oxirgi bo`lim va. 2) chiqaruv 

naylari farq qilinadi. 

Sekretor bo`limda shu bez uchun xarakterli bo`lgan sekretor mahsulot ishlanadi. Oxirgi bo`lim 

hujayralari  ko`pincha bazal  membranada bir qavat  bo`lib joylashadi.  Faqatgina  yog` bezlari  oxirgi 

bo`limlarida  bir  necha  qavat  bo`lib  joylashgan  hujayralarni  ko`rish  mumkin.  Ba’zi  bir  bezlarning 

oxirgi  bo`limida.  sekretor  hujayralardan  tashqari  qisqarish  funktsiyasini  baja-ruvchi  mioepitelial 

hujayralar ham joylashadi. 

Oxirgi  bo`limda  ishlangan  mahsulotlar  chiqaruv  yo`llari  orqali  tashqi  muhitga  chiqariladi. 

Chiqaruv  yo`llari  hujayralarn  sekret  mahsulotni  suv  va  turli  mineral  tuzlar,  oqsil  moddalar  bilan 

boyitishi yoki chiqaruv yo`li orqali o`tayotgan mahsulot suvini va ba’zi moddalarni so`rishi mumkin. 

Ko`p  hujayrali  bezlarning  chiqaruv  yo`llari  tarmoqlangan  yoki  tarmoqlanmagan  bo`ladi. 

Tarmoqlanmagan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar  oddiy bezlar, tarmoqlangan chiqaruv yo`llarini 

tutuvchi  bezlar  murakkab  bezlar  deb  yuritiladi. 

Oxirgi  bo`limlar  ham  tarmoqlangan  yoki 




 

79 


tarmoqlanmagan bo`lishi mumkin. Agar chiqaruv nayi hamda oxirgi bo`lim tarmoqlanmay, har qaysi 

chiqaruv  nayi  birgina  oxirgi  bo`lim  bilan  tugasa,  bunday  bezlarni  oddiy  tarmoqlanmagan  bezlar 

deyiladi. Agarda bir chiqaruv yo`liga bir necha oxirgi bo`lim o`z sekretini quysa, bunday bezlar oddiy 

tarmoqlangan bezlar deyiladi. Agar chiqaruv yo`llar tarmoqlangan va har bir chiqaruv yo`li bir necha 

oxirgi bo`lim bilan tugasa, bunday bezlarni murakkab tarmoqlangan bezlar deb ataladi. Oxirgi bo`lim 

shakliga qarab naysimon, alveolyar, naysimon-alveolyar bezlar farq qilinadi (56-rasm). 

Sekretni hujayradan tashqariga chiqarish turiga qarab bezlar m e r o k r i n, a p o k r i n  va g o 

l  o  k  r  i  n    bezlarga  bo`linadi.  Merokrin    bezlarda  hujayra  ichida  hosil  bo`lgan  mahsulot  sekretor 

hujayra  tanasining  (qobig`i  bilan)  butunligi  saqlanib  qolgan  diffuz  holda  hujayradan  chiqariladi. 

Merokrin  bezlarga  ter  va  so`lak  bezlari  misol  bo`la  oladi.  Apokrin  bezlar  sekretor  hujayralarining 

apikal qismi sekret chiqarish davrida buzilishi bilan xarakterlanadi va hujayra-larning apikal qismi 

bez mahsuloti bilan qo`shilib ketadi.  

 

 

56- rasm. Ekzokrin bezlarning tuzilishi va sekret ishlash turlari (sxema). 



A-epiteliy,  B-biriktiruvchi  1o`qima,  1-  oddiy  tarmoqlanmagan  naysimon  bez;  2-oddiy 

 

tarmoqlanmagan 



alveolyar 

bez; 


3-oddiy 

tarmoqlangan 

naysimon 

bez; 


4-oddiy 

 

tarmoqlangan  alveolyar  bez;  5-murakkab  alveolyar-naysimon  bez;  6-merokrin  bez  oxiri; 



 

7-apokrin bez oxiri; 8-golokrin bez oxiri; a-o’suvchi qavat hujayralari; b-sekret   yig`ayotgan 

hujayra; a-parchalanayotgan hujayra. 

 

Apokrin bezlarga sut va apokrin yo`l bilan sekretsiya qiluvchi ba’zi ter bezlar kiradi. Golokrin 



bezlarda sekret ishlash vaqtida sekretor hujayralar butunlay parchalanadi. Nobud bo`lgan hujayralar 

bez mahsulotini tashkil qiladi. Odamda bu bezlarga faqatgina yog` bezlari misol bo`la oladi. Nobud 

bo`lgan hujayralar o`rnini bezning periferik qismida  joylashgan kam differensiallashgan hujayralar 

to`ldirib turadi (56-rasm ga q.) 

Ekzokrin  bezlarda  ishlanayotgan  sekret  shilliq,  oqsil,  aralash  shilliq-oqsil  yoki  moy  tabiatli 

bo`lishi  mumkin.  Oqsil  ishlovchi  bezlarda 

donador  endoplazmatik  to`r  kuchli  rivojlangan 



 

80 


bo`ladi va u hujayrani bazal va markaziy o`rta 

qismlarini  to`ldirib  turishi  mumkin.  Sekret 

ishlovchi  hujayralar  orasida  hujayra  oraliq 

kanalchalarini  ko`rish  mumkin.  Bunga  misol 

qilib, 

so`lak 


bezi 

oxirgi 


bo`limidagi 

hujayralararo  kanalchalarni  keltirish  mumkin. 

Ba’zan  sekretor  hujayralarda  hujayra  ichi 

kanalchalari  ham  farq  qilinadi.  Bunday 

kanalchalar me’da fundal bezlarida joylashgan 

pariyetal hujayralarda bo`ladi. 

Bez  hujayralarida  hosil  bo`lgan  sekret 

vaqti-vaqti 

bilan 

tashqariga 



chiqariladi, 

shuning  uchun  bez  hujayralari  sekretsiya 

jarayonining  ma’lum  davrlarida  o`ziga  xos 

tuzilishga  ega  bo`la-di.  Bez  hujayralarining 

sekret  ishlash  jarayoni  bilan  bog`liq  bo`lgan 

o`zgarishiga  sekretor  sikl  deb  yuritiladi.  Uni 

quyidagi  5  fazaga  bo`lish  mumkin:  1) 

hujayrada  sekret  ishlash  uchun  kerak  bo`lgan 

moddalarning  to`planishi;  2)  hujayra  ichidagi 

strukturalar 

ishtirokida 

sekretning 

sintezlanishi; 3) sekretor moddaning  yetilishi; 

4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5) 

sekretor moddaning ajralib chiqishi. 

Birinchi  fazada  qon  va  limfadan 

hujayraning  bazal  plazmatik  qobig`i  orqali 

sekret  ishlash  uchun  kerakli  bo`lgan  turli 

noorganik 

tuzlar, 


suv, 

aminokislotalar, 

monosaxaridlar,  yog`  kislotalari  va  boshqa 

moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. So`ngra 

ulardan  bez  hujayralarining  endoplazmatik 

to`rida  organik  birikmalar  hosil  bo`lib,  ular 

Golji 

kompleks 



sohasida 

yetiladi 

va 

shakllanadi. 



Golji 

kompleksining 

sekret 

donachalar  saqlovchi  qismlari  ajralib,  apikal 

qismi  sohasida  to`planadi  va  bez  oxirgi 

bo`limlari  bo`shlig`iga  ajraladi  (57-rasm).  Turli  bez  hujayralarida  sekretor  sikl  ayrim  fazalarining 

davom etish davri har xil bo`ladi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish