BIR QAVATLI EPITELIY
Bir qavatli bir qatorli epiteliy. Bu epiteliy tuzilishini ta’riflanganda ko`pincha «bir qatorli»
termini tushirib qoldiriladi va faqat «bir qavatli epiteliy» deb yuritiladi. Hujayralarning shakliga qarab
bir qavatli y a s s i, k u b s i m o n, s i l i n d r s i m o n yoki prizmatik epiteliylar tafovut qilinadi.
Bir qavatli yassi epiteliy - mezoteliy (45-rasm). Mezoteliy tananing ikkilamchi bo`shlig`i yoki
selom bo`shlig`ini hosil qiluvchi mezodermaning hosilasidir. Mezoteliy seroz pardalar - plevra va
qorin pardasining pariyetal va vistseral varaqlarini, yurak oldi xaltachasi devorlarini qoplab turadi.
Mezoteliy hujayralari (masalan, charvining yaxlit preparati) ust tomondan qaraganda notekis
chegarali va turli shaklda ekanligi yaqqol ko`rinadi. Bu hujayralarning ikki yoki uchta yassilashgan
yadrolari bo`lib, ular joylashgan joy bir oz bo`rtib turadi. Elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida
yassn epiteliy hujayralarining qorin bo`shlig`iga qaragan erkin yuzasida mikrovorsinkalar borligi
aniqlandi. Mikrovorsinkalar mezoteliy yuzasini ancha kengaytiradi. Hujayralar bir-biri bilan
desmosomalar yordamida bog`lanadi.
Mezoteliy yuzasi silliq bo`lganligi sababli ichak peristaltikasida, yurakning qisqarishi,
o`pkaning nafas ekskursiyasida„ organlarning sirpanma harakatlarida muhim rol o`ynaydi, hamda
organlarning o`zaro yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, mezoteliy hujayralari
fagotsitoz qilish xususiyatiga ham ega. Masalan, ular yot zarrachalarni, mikroblarni, melanin
kiritmalarini qamrab oladi. Shuning uchun ham epitelny to`qimasi biriktiruvchi to`qima va tana
bo`shliqlari o`rtasidagi «seroz-gemolimfatik to`siq»ni hosil qilishda ishtirok etadi.
Mezoteliy yuksak fiziologik qayta tiklanish qobiliyatiga ega. Mezoteliy hujayralarining o’ziga
xos xususiyati ulardagi dekompleksatsiya jarayonidir. Bu jarayon davomida hujayralarda
desmosomalar yemiriladi, hujayralar qisqarib yumaloqlashadi va bazal membrana bilan aloqasi
uziladi. Natijada hujayralar tana bo’shlig’iga ajraladi. Fiziologik holatlarda hujayralarning 4-6 %
bo’shliq (peritoneal) suyuqlig’ida muallaq holatda uchraidi. Ajralib tushgan hujayralar o’rnini qo’shni
hujayralar surilib to’ldiradi. Ularning atrofida esa boshqa hujayralarning bo’lishini ko’rish mumkin.
Mezoteliyning shikastlangandan keyingi qayta tiklanishi turli xil umurtqalilarda turlicha
bo`ladi. Masalan, sut emizuvchi hayvonlarda mezoteliyning shikastlanishi seroz pardalarni
yallig`lanishga olib keladi. Bu paytda hujayralar shishib, ular orasidagi bog`lanish bo`shashadi va
hujayralar degenerativ o`zgarishlarga uchrab ajralib tushadi. Shikastlangan joyning yonida
hujayralarning mitoz bo`linishi ko`rinadi va pirovardida ko`p yadroli hujayralar paydo bo`ladi.
Hujayralarning shikastlangan joyga sekin-asta
surilishi natijasida ajralib tushgan hujayralar
71
o`rni to`lib boradi. Patologik holatlarda esa ajralib tushgan hujayralar o`rnida teshikchalar hosil
bo`ladi va ular stomatalar deb ataladi.
Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak kanalchalarida, bezlarning chiqaruv naylarida, kichik
bronxlarda uchraydi (46-rasm). Kubsimon hujayralarning yadrosi dumaloq shaklda bo`lib, uning
markazny qismida joylashadi (47-rasm).
45- rasm. Bir qavatli yassi epiteliy. Kumush nitrat va gematoksilin bilan bo`yalgan.
0b. 40. ok. 10. 1-mezoteliy hujayra yadrosi; 2-mezoteliy hujayralarining chegarasi.
46-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak preparati. Gematoksilin-eozin bilan
bo`yalgan. 0b. 20. Ok. 10.
1-siydik yig`uv naychasining ko`ndalang kesmasi; 2- kubsimon epiteliy hujayralari 3-
yadro; 4-biriktiruvchi to`qima.
Terminal bronxiolani qoplagan kubsimon hujayralarning apikal qismida kiprikchalar ko`rinadi.
Buyrak kanalchalarining devorida joylashgan hujayralarning apikal qismida esa jiyak bo`lib, u
barmoqsimon o`simtalardan - mikrovorsinkalardan tuzilgan, ular so`rilish yuzasini kengaytiradi.
Bir qavatli silindrsimon yoki prizmatik epiteliy asosan hazm qilish, siydik ajratish va tanosil
72
organlarida uchraydi; me’da, ichak, o`t pufagining ichki yuzasi, jigar va me’da osti bezining chiqaruv
naylarini, buyrak kanalchalarini, bachadon va bachadon nayini qoplaydi.
Bir qavatli silindrsimon epiteliy bir-biriga zich joylashgan baland prizmatik shakldagi
hujayralardan tashkil topgan (48-rasm). Me’daning yuza qavatida joylashgan hujayralar shilliq sekret
ishlaydigan hujayralar qatoriga kiradi (49-rasm). Ichak epiteliysida ayrim hujayralar shilliq sekret
ishlaydi. Ular sekret bilan to`lgan vaqtda apikal qismi kengayadi, bazal qismi esa ingichka bo`lib
qoladi va natijada qadah shaklini oladi. Bunday hujayralar qadahsimon hujayralar deb ataladi.
Me’dadagi prizmatik va ichakdagi qadahsimon hujayralar ishlab chiqargan shilliq moddasida kislotali
va neytral glikozaminoglikanlar aniqlangan. Ular hujayralarni kimyoviy va mexanik ta’sirotlardan
saqlaydi.
Ichak epiteliysida so`rish jarayonida
ishtirok etadigan hujayralar mavjud. Oddiy
mikroskop
orqali
kuzatilganda
prizmatik
hujayralarning apikal yuzasi (ingichka va yo`g`on
ichak, o`t pufagi) jiyak bilan qoplanganligini
ko`rish mumkin. Shuning uchun ham bunday
epiteliy bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy
deb yuritiladi. Elektron mikroskop yordamida
jiyak
barmoqsimon
o’simtalardan
–
mikrovorsinkalardan
tashkil
topganligi
aniqlangan(50-rasm).
(«Hujayra
yuzasining
maxsus
tuzilmalari»ga q.). Mikrovorsinkalar hisobiga
epiteliy hujayrasining so’ruvchi yuzasi bir necha
marta
oshadi.
Gistoximiyaviy
reaktsiyalar
prizmatik
epiteliy
hujayrasi
jiyaklari
glikozaminglikanlar va ishkoriy fosfatazalarga
boyligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |