61
birmuncha ko`tarilib oqish maydonni (area pellucida) hosil qiladi. Uning orqasida esa qoramtir
maydonni (area opaca) hosil qiluvchi sariqlikka zich yopishib yotgan blastomerlar yotadi. Unda qon
tomirlar rivojlanadi. Pusht qalqonchasining orqa chekkasida bo`linayotgan mayda hujayrali
materialning konsentratsiyalanishi natijasida birlamchi tasma hosil bo`ladi. Uning oldingi uchi
qalinlashib birlamchi (Genzen) tugunni hosil qiladi. Mana shu tugundan old tomonga xordal o`simta
o`sib chiqadi. Birlamchi tasma sohasida mayda hujayrali material zo’r berib bo`linishda davom etadi
va ekto-hamda entodermaning orasiga o`sib kiruvchi mezodermani beradi. Shunday qilib, qushlarda
invaginatsiya bo`lmasligi sababli blastopora hosil bo`lmaydi. Uning analogi birlamchi tasma
hisoblanadi, chunki u yerda birlamchi kurtak va o`q organlarining kompleksi hosil bo`ladi.
Sut emizuvchilarda gastrulyatsiya - d e l a m i n a t s i y a va i m m i g r a t s i y a turida
boradi. Trofoblast tagida joylashgan embrional tuguncha birmuncha yoziladi va 2 varaqqa ajraladi.
Ektoderma ustida joylashgan trofoblast hujayralari erib ketadi, buning natijasida ektodermaning
chetlari trofoblast bilan qo`shilib ketadi. Embrional tugunchaning markazida birlamchi tasmali pusht
qalqonchasi (Genzen tuguni) va xordali o`simta hosil bo`ladi. Birlamchi tasma sohasida mayda
hujayra materiali ichkariga o`sib kirib ekto-va entoderma orasida taqsimlanadi va mezodermani hosil
qiladi. Shuning bilan bir vaqtda embrional tugundan hujayra elementlari migratsiyaga uchrab, ekto-
va entodermaning orasiga o`sib kiradi. U ham trofoblastning ichki yuzasini o`rab o`sa boshlaydi va
pushtdan tashqari mezodermani beradi.
Homila varaqlari va o`q organlarining kurtaklari hosil bo`lishi bilan gastrulyatsiya davri
tugaydi va embrional taraqqiyotning to`rtinchi davri - gistogenez va organogenez boshlanadi.
To`qima va organlarning taraqqiyoti hamma umurtqali hayvonlarda bir xilda o`tadi.
Ektodermadan nerv plastinkasi ajraladi, u avval bukilib nerv tarnovchasini, keyinchalik tutashib, nerv
nayini hosil qiladi, ustini esa ektoderma qoplab oladi (41-rasm).
Xordal plastinka nerv naychasining tagida xordani hosil qiladi. Mezoderma segmentlarga
(dermatom,
sklerotom,
miotom),
segment
oyoqchalari
(nefrotom)
splanxnotomlarga
differentsiyalanadi.
Splanxnotomlar entodermaga tutashuvchi vistseral va ektodermaga tutashuvchi pariyetal
varaqlarga ajraladi. Ularning orasida ikkilamchi bo`shliq - selom hosil bo`ladi. Entoderma tuta-shib
bitib ketadi va doimiy ichak shakllanadi. Embrional taraqqiyot davomida turli to`qima va organlarning
hosil bo`lishi shu a’zolar ta’rifida keltiriladi.
Homila varaqlari hosil bo`lishining ilk davrlaridayoq mezenxima yoki embrional biriktiruvchi
to`qima shakllanadi. Mezenxima asosan mezodermadan ko`chib chiqqan o`simtali hujayralar bo`lib,
ular guruh-guruh bo`lib homila varaqlari orasida joylashadi. Qisman mezenxima boshqa varaqlardan
ko`chgan hujayralardan, xususan, ektodermadan rivojlanadi. Mezenximadan qon va limfa, qon
yaratuvchi a’zolar, biriktiruvchi to`qima, qon tomirlar va silliq mushak to`qimasi rivojlanadi.
41-rasm. Tovuq embrionida o`q
organlarming hosil bo`lishi.
1-nerv
naychasi;
2-ganglioz
plastinka; 3-xorda; 4- mezoderma; 5 -
somitlar; 6-mushak hujayra; 7-mezoderma;
8-nefrotomlar; 9-splanxnotom; vistseral
varag`i; 13-splanxnotom pariyetal varag`i;
11-ichak entodermasi; 12 - qon hujayralari;
13-ektoderma. (Z. D. Zemtsovdan)