Maydalanish oddiy hujayra bo`linishidan shu bilan farq qiladiki, bu jarayonda hujayralar
faqatgina bo`linadi, lekin o`smaydi. Buning natijasida ularning umumiy hajmi zigota hajmidan katta
bo`lmay, ko`p hujayralardan tashkil topgan maydalangan shar hosil bo`ladi. Maydalanayotgan bu
maydalanish egatlari hosil bo`lishi bilan boshlanadi. Maydalanish egatining 4 turi tafovut qilinadi:
2) ekvatorial egat zigotaning ekvator chizig`idan o`tadi; 3) longitudinal egat - zigotaning
ekvatoriga parallel o`tadi; 4) tangentsial egat - tangentsial yo`nalishda o`tadi.
Zigotaning maydalanish jarayoni tuxum hujayraning sitoplazmasidagi oziqa miqdoriga
bog`liq, negaki, oziqa moddaning ko`pligi maydalanishni qiyinlashtiradi yoki unga qarshilik
ko`rsatadi. Shunga ko`ra umurtqali hayvonlarda tuxum hujayra maydalanishining 2 turi farqlanadi.
1. Goloblastik yoki to`liq maydalanish. Bunda tuxumning hammasi maydalanadi va
maydalanish egati ham animal, ham vegetativ qutblardan o`tadi. Goloblastik maydalanish o`z
hosil bo`layotgan blastomerlarning hammasi taxminan bir xil kattalikka ega bo`ladi. Bunday
tuxum hujayraning hammasi maydalanadi. Lekin vegetativ qutbda sariqlik moddasi ko`p bo`lganligi
sababli bu qutbdagi maydalanish animal qutbning maydalanishidan orqada qoladi. Animal qutb
blastomerlari tezroq bo`linganligi sababli sariqlikka boy bo`lgan vegetativ qutb blastomerlaridan
maydaroq bo`ladi. Bunday maydalapish amfibiylardagi mezoletsital tuxumlarga xosdir.
A - to`liq maydalanish; B - to`liq notekis maydalanish; V - qisman maydalanish .
58
Bundan tashqari, goloblastik maydalanish sinxron va asinxron bo`lishi mumkin. Sinxron
maydalanish natijasida hosil bo`lgan blastomerlar sonining o`sishi to`g`ri geometrik progressiya
usulida boradi (2, 4, 8, 32, 64, 128). Bunday maydalanish lansetniklarda kuzatiladi. Asinxron
maydalanishda esa blasto-merlar sonining to`g`ri geometrik progressiya bo`yicha borishi bu-ziladi.
Masalan, 3, 5, 6, 10 sonli blastomerlar hosil bo`ladi. To`liq asinxron maydalanish sut emizuvchilar va
odamning izoletsital tuxum hujayralarida kuzatiladi.
2. Meroblastik yoki qisman maydalnish. Bu usulda tuxum hujayraning pusht gardishidan iborat
animal qutbigina maydalanishda ishtirok etib, buni diskoidal maydalanish ham deyiladi. Tuxum
hujayraning oziq moddadan iborat bo`lgan vegetativ qutbi esa maydalanmaydi.
Bu yo`l bilan baliqlar, qushlar va reptiliylarning poliletsital tuxumlari maydalanadi (37-rasm,
v).
Maydalanish homila pufagi yoki blastulaning hosil bo`lishi bilan tugaydi. Lansetnikda va
amfibiylarda kuzatiladigan tipik blastulalarda blastoderma deb ataluvchi devori va bo`shliq -
blastotsel farqlanadi (38-rasm, a). Bundan tashqari, blastulaning tomi, tubi va qirg`oq zonalari
farqlanadi. Lansetniklarda maydalanish faqat uch xil egatlar (meridional, ekvatorial, longitudinal
egatlar) orqali o`tgani uchun blastoderma bir qavatli bo`ladi. Amfibiylarda maydalanish jarayonida
yana tangensial egat ham o`tganligi uchun blastoderma ko`p q avatli bo`ladi (38-rasm, b). Notekis
maydalanish natijasida blastulaning tomi va qirg`oq zonalari mayda, tubi esa blastotselga bo`rtib
chiquvchi sariqlikka boy bo`lgan (davom etuvchi) yirik blastomerlardan iborat.
38-rasm. Blastula turlari.
a-lantsetnikning bir qavatli blastulasi; b-amfibiyalarnining ko`p qavatli blastulasi; v- skatning
disk shaklidagi blastulasi; g - sut emizuvchilarning zich blastulasi - sterroblastula.
Lantsetnik va amfibiyalarda belgilash (markirovka) usuli bilan blastula davridayoq pusht
varaqlari va organlarning kurtaklari borligi aniqlangan. Blastulaning tomi bo`lajak ektoderma
kurtagidir. Blastula tubi bo`lajak endoterma, qirg`oq zonalari esa bo`lajak xorda va mezodermaning
kurtagidir. Baliqlar, qushlar va reptiliylarda meroblastik maydalanish natijasida faqat tomi va qirg`oq
zonalari farq qilinadigan blastomerlardan iborat diskoblastula hosil bo`ladi (38-rasm,v). Blastulaning
tubini esa maydalanmagan sariqlik tashkil etadi. Blastula bo`shlig`i - blastotsel kichik. Bu yerda
sariqlik bilan bog`liq bo`lmagan markaziy blastomerlar va sariqlikda yotuvchi qirg`oq blastomerlari
farqlanadi. Qirg`oq blastomerlarining bir qismi sariqlik entodermasini hosil qilishda, qolganlari esa
ortiqcha spermatozoidlar kabi merotsitlarga aylanib sariqlikning rezorbtsiyasida ishtirok etadi.
Sut emizuvchilarda va odamda maydalanishning boshidayoq bir xil
bo`lmagan oqish va
qoramtir blastomerlar hosil bo`ladi (38-rasm,
g). Maydalanish natijasida blastotsel hosil bo`lmay,
balki zich blastula yoki sterroblastula shakllanadi. Unda trofoblast deb nomlanuvchi bir qavat bo`lib
joylashgan periferik oqish blastomerlar va embrioblast deb nomlanuvchi markaziy qoramtir
blastomerlar farqlanadi. Trofoblastlar pushtni oziqlantirishda, embrioblastlar esa pusht rivojlanishida
ishtirok etadi.
Sterroblastula bosqichida pusht bachadonga o`tib, uning shilliq qavatiga yopishadi
(implantatsiya). Bachadonning shilliq qavatidan sterroblastulaga suyuqlik kiradi va hujayra
59
elementlarini ikki tomonga suradi. Natijada sterroblastula homila pufagiga aylanadi. Uning devori bir
qavat trofoblast hujayralaridan tuzilgan bo`lib, ichida, qutblardan birida, embrioblast - homila tuguni
joylashadi. Blastulaning hosil bo`lishi bilan homila taraqqiyotining ikkinchi davri tugallanadi va 3-
davr - gastrulyatsiya boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: