AYOLLAR JINSIY HUJAYRASI-TUXUM HUJAYRANING TUZILISHI
Tuxum hujayra hamma hujayralar uchun umumiy belgilardan tashqari, bir qator o`ziga xos
xususiyatlarga ega. Bularga quyidagilar kiradi.
1. Yangi organizmning taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan oziqa moddalarning ko`p yoki kam
miqdorda bo`lishi.
2. Sitoplazma (tuxum hujayrada ooplazma)ning periferik kismida yuzaki yoki kortikal (cortex
- po`st) qavatni va tuxum hujayrani qoplab turuvchi va uni tashqi muhit zararli ta’si-rotlaridan himoya
qiluvchi o`ziga xos qobiqlarning bo`lishi.
3. Hujayraning qutbli tuzilganligi, ya’ni har xil tuzilishdagi qutblarning mavjudligi.
Tuxum hujayra ko`pincha dumaloq shaklga ega (33-rasm). Uning kattaligi sitoplazmadagi
oziqa modda - sariqlikning miqdoriga bog`liq. Hujayraning yadrosi anchagina katta bo`lib, ekstsentrik
joylashadi va markazida katta yadrocha tutadi. Yetilgan tuxum hujayrada elektron mikroskop ostida
kuchsiz rivojlangan sitoplazmatik to`r, erkin ribosomalar, sitoplazmada teng tarqalgan
mitoxondriyalar borligi aniqlangan.
Tuxum hujayra takomilining ilk
bosqichlarida Golji kompleksi yadro
atrofida joylashadi. Tuxum hujayra
yetilgan sari plastinkasimon kompleks
sitoplazmaning chekka qismiga suriladi.
Sitoplazmaning shu qismida kislotali
glikozaminoglikanlarga boy bo`lgan
donachalar joylashib, ular po`stloq
(kortikal) qavatni hosil qiladi. Tuxum
hujayra urug`langandan so`ng kortikal
granulalar urug`lanish qobig`ini hosil
qilishga sarf bo`lishi natijasida po`stloq
qavat yo`qoladi.
Turli hayvon tuxum hujayralari
sitoplazmasida sariqlik bo`lib, uning
miqdori turlicha. Ularning joylashishi
va
miqdori
embrional
rivojlanish
yo`llarini belgilaydi. Sariqlik sitop-
lazmadagi har xil oziqa moddalardan
tashkil topgan kiritmalardir. Tarkibiga
ko`ra sariqlik - uglevodli, yog`li va oqsilli bo`lishi mumkin. Oqsilli sariqlik ayniqsa katta ahamiyatga
ega, chunki uning miqdoriga qarab tuxum hujayralar klassifikatsiyalanadi. Sariqlik ayrim hollarda
tuxumda ko`p miqdorda to`planuvchi oqsil donachalaridan yoki plastinkalaridan tashkil topadi.
Ovotsit tashqi tarafdan hujayra qobig`i bilan o`ralgan bo`lib, u ko`p miqdorda
mikrovorsinkalar
hosil
qiladi.
Sut
emizuvchilarda
tuxum
hujayraning
o`sishi
33- rasm. Sut emizuvchilarning yetilgan tuxum
hujayrasi. Gematoksilin-eozin bilan bo`yalgan. 0b. 40.
ok. 10. 1-yadro; 2-sitoplazma; 3-yaltiroq qavat; 4-
follikulyar hujayralardan hosil bo`lgan «nurli toj», 5 -
follikul epiteliysi
55
tuxumdonda, yetilishi esa bachadon
naylarida kechadi. Tuxumdondagi
ovogoniy hujayralarining o`sish
davrida
ularni
o`rab
turgan
hujayralar ko`payib ko`p qavatli
bo`lib
qoladi.
Bu
hujayralar
follikulyar suyuqlikni sekretsiya
qilishi
natijasida
follikulyar
hujayralar orasida bo`shliq hosil
bo`ladi (34-rasm). Bu bo`shliqning
kengayishi
davomida
tuxum
hujayra
bir
qavat
follikulyar
hujayralar (nurli toj) bilan o`ralgan
holatda qoladi. Hujayralar yassi
yoki kubsimon shaklga ega bo`lib,
ularning uzun o`simtalari tuxum
hujayra
mikrovorsinkalarining
orasiga kirib, ozuqa moddalarning
tuxum hujayraga o`tishiga sharoit
yaratadi. Tuxum hujayra qobig`i va
follikulyar hujayralar oralig`ida, shu hujayraning mahsuloti bo`lgan glikozaminoglikanga boy yaltiroq
qavat joylashadi. Suv hayvonlarida uni dirildoq qobiq deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |