Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

HUJAYRA YADROSI 

Yadro  (yunon.  Karion  lat.  nucleus)  termini  1833  yilda  Broun  tarafidan  kiritilgan  bo`lib,  u 

o`simlik hujayralaridagi sharsimon doimiy tuzilmalarni shu nom bilan atagan. 

Yadro  hamma  eukariot  (yuqori  o`simlik  va  hayvon)  hujayralarida  bo`ladi.  Yadro  faqat 

eritrotsitlarda  (qizil  qon  hujayralarida)  bo`lmaydi.  Eritrotsitlar  yuqori  ixtisoslangan  hujayra  bo`lib, 

differentsirovka vaqtida o`z yadrosini yo`qotadi. Yadroning shakli hujayra shaklini qaytaradi, lekin 

noto`g`ri  formada  ham  bo`lishi  mumkin.  Sharsimon,  kubsimon  va  ko`p  qirrali  hujayralarda  yadro 

yumaloq  shaklga  ega.  Prizmatik,  silindrsimon,  duksimon  hujayralarda  yadro  uzun  ellipsoid,  yassi 

hujayralarda esa duksimon bo`ladi. Noto`g`ri shakldagi yadrolarga ba’zi bir leykotsitlarning yadrosi 

misol  bo`ladi (taqasimon va parraksimon). Yadro hujayrada asosan bitta (bir  yadroli hujayra)  yoki 

ikkita (ikki yadroli hujayra) bo`ladi. Ko`p yadroli hujayralar va simplastlar ham mavjuddir. 

Yadroning kattaligi turlicha bo`lib, 4 mkm dan (spermatozoid) 40 mkm gacha (tuxum hujayra) 

boradi.  Yadro  o`lchami  sitoplazma  o`lchamiga  ko`pincha  to`g`ri  proportsional  bo`ladi.  Yadro  va 

sitoplazmaning hajm nisbati yadro-sitoplazma nisbati deb ataladi. 

Yadroning  hujayrada  joylashishi  har  xil  bo`lib,  hujayraning  faoliyati  va  shakliga  bog`liq 

bo`ladi. 

Bez hujayralarida yadro hujayraning bazal qismida joylashib, apikal qismi sekret bilan banddir. 

Differentsiallashmagan 

hujayrada 

yadro 

geometrik markazda joylashadi. Yadro quyi-dagi 




 

39 


asosiy struktur komponentlardan iborat (22, 23-rasmlar). 

1.  Yadro  qobig`i.  2.  Xromatin  strukturalari 

(xromatin, xromosoma). 3. Bir yoki bir necha yadrocha. 4. 

Karioplazma (yadro shirasi). 

 

Yadroning  asosiy  komponent  xromosomalar  DNK 



dan  iborat  bo`lib,  o`zida  genetik  informatsiyani  saqlaydi. 

DNK  dan  tashqari  hujayra  yadrosida  3  xil:  informatsion, 

ribosomal va transport RNK bor. Hujayra yadrosi tarkibida 

yana  giston  tipidagi  oqsillar  bo`lib,  DNK  bilan  tuzlar 

tipidagi  birikmalar  hosil  qiladi.  Shuning  bilan  birga 

nogiston  tipidagi  oqsillar  ham  mav-jud.  Yadroda  bir 

qancha  fermentlar  -  ATF-aza,  glikolitik  fermentlar  bor, 

lekin oksidlanish fermentlari uchramaydi. Gistoximiyaviy 

va  bioximiyaviy  usullar  orqali  yadro  oqsillar  bilan 

lipoproteid va liponukleoproteidlar holida birikkan lipidlar 

topilgan. Ular yadro quruq og`irligining 10-20% ni tashkil 

qiladi. 


Yadroda kaltsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, 

mis, kobalt va boshqa elementlar ham topilgan. 

Y  a  d  r  o    q  o  b  i  g`  i  (kariolemma).  Yadro 

qobig`ining mavjudligi oddiy (yorug`lik) mikroskop ostida 

ko`rilgan edi. Elektron mikroskop yadro qobig`i murakkab 

tuzilishga egaligini ko`rsatdi. U ikki membranadan tashkil 

topgan  bo`lib,  har  birining  qalinligi  10  nm  va  aniq  3 

qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi yadro qobig`i orasida 10-

30 ba’zan 100 nm ga teng perinuklear bo`shliq bo`ladi (22, 

23-rasmlarga q.) Yadroning tashqi qobig`i endoplazmatik 

to`r  membranasiga  o`tadi.  Yadro  qobig`ining  har  bir 

membranasi boshqa hujayra membranalari singari oqsil va 

lipiddan  tashkil  topgan.  Yadro  qobig`ining  o`ziga  xos 

xususiyati ko`p miqdorda yadro teshiklarining bo`lishidir. 

Teshiklarning  diametri  o`rtacha  80-90  nm.  Teshiklar  atrofida  yadro  qobig`i  membranalari 

o`zaro birlashadi. Teshiklar murakkab tuzilishga ega bo`lgan globulyar va fibrillyar tuzilmalar bilan 

to`lgan. 

Yadro teshiklari bilan bu tuzilmalarni qo`shib y a d r o  t e s h i k l a r i  k o m p l e k s i deb 

yuritiladi. Bu kompleks oktogonal tuzilishga ega bo`ladi. Yadro teshigi devorini hosil qiluvchi yadro 

qobig`ida uch qator donachalar joylashadi. Har bir qatori 8 tadan donacha tutadi (24-rasm). Birinchi 

qator donachalar yadro shirasi tarafida, ikkinchisi sitoplazma tarafida, uchinchi qator donachalar esa 

teshikning  markazida  yotadi.  Donachalar  kattaligi  25  nm  ga  teng.  Bu  donachalardan  fibrillyar 

tortmalar  chiqib  teshik  markazida  joylashgan  markaziy  granulaga  kelib  birlashadi.  Bir  yadroda 

taxminan  12  000  teshik  bor  yoki  1  mm

2

  ga  45  ta  teshik  to`g`ri  keladi.  Teshiklar  soni  hujayraning 



funktsional aktivligiga bog`liq. 

Sitoplazma bilan yadro aloqasi oddiy emas. Hatto mayda ionlar K

+

, Na


+

, Ca


++

 yadro qobig`idan 

erkin o`tolmaydi. Na

+

, K



+

 ionlarining miqdori bo`yicha yadro hujayra oraliq moddasiga yaqin. Yadro 

qobig`ining  endoplazmatik  to`r  membranalariga  qadar  davom  etishi,  yadro  bilan  sitoplazmaning 

o`zaro  ionlar  bilan  almashinishiga  imkon  yaratadi.  Endoplazmatik  to`rning  ba’zi  bir  bo`limlari 

plazmatik membrana bilan aloqa qiladi, degan dalillar ham bor. Shuning uchun bo`lsa kerak, ba’zi bir 

bo`yoq 


moddalari 

yadroga 


hujayrani 

bo`yamasdan o`ta oladi. 

 

22-  rasm.  Yadroning  elektron 



mikroskopik tuzilishi (sxema). 

 

1-yadro 



qobig`i; 

2-yadro 


teshiklari.  3-karioplazma;  4-xromatin; 

5-yadrocha; 6- 

interxromatin 

donachalar; 



perixromatin 



donachalar;  8  –  spiral  tanacha 

(Monneron,   Bernhard, 1969). 

 



 

40 


Yadro 

qobig`ining 

o`tkazuvchanligi 

tufayli 


nasl 

informatsiyasining 

yadrodan 

sitoplazmaga  yuqori polimer RNK orqali 

o`tishi  to`g`risidagi  zamonaviy  bilimlar 

alohida  ahamiyatga  ega.  Bir  tomonidan, 

ionlarning  mayda  molekulalari  uchun  bu 

teshiklar  o`tib  bo`lmas  chegara  bo`lsa, 

ikkinchi 

tarafdan, 

katta 

molekula 



informatsion 

RNK 


yadrodan 

sitoplazmaga o`ta oladi. 

Sitoplazmadan 

yadroga 


sitoplazmada  sintezlanuvchi  va  yadroni 

energiya bilan ta’minlashda kerak bo`lgan 

mononukleotid 

trifosfatning 

katta 

molekulalari o`tadi. 



Aminokislotalar, 

purin 


va 

pirimidin  asoslar,  ATF  yadroga  aktiv 

transport  yo`li  bilan  o`tadi.  Ba’zan 

yadrodan 

sitoplazmaga 

yadro 


moddasining ajralib o`tishi mumkin degan 

fikr  bor.  Uz  navbatida  yadro  qobig`ida 

botiqlar  paydo  bo`lib,  xuddi  fagotsitoz 

kabi sitoplazma moddasini qamrab oladi. 

Yadro  qobig`i  endoplazmatik  to`r 

hosil  bo`lishida  ishtirok etadi, degan  fikr 

ham  bor.  Profazada  yadro  qobig`i 

fragmentatsiyaga 

uchrab, 

donador 


endoplazmatik  to`r  bilan  birlashadi. 

Telofazada 

esa 

qobiqlar 



qaytadan 

endoplazmatik  to`r  elementlaridan  hosil 

bo`ladi. 

Xromatin  yoki  xromatin  to`ri 

interfazadagi  yadroning  ipsimon  cho`zilgan  xromosomalaridan  iborat  (22,  23-rasmlarga  q.). 

Interfazada  xromatin  bo`yoqni  yaxshi  qabul  qilmaydi,  oddiy  (yorug`lik),  mikroskop  ostida  nozik 

ipcha  shaklida  ko`rinadi.  Xromatinning  asosiy  sitoximik  belgisi  unda  DNK  ning  bo`lishidir. 

Interfazadagi  yadro  DNK  si  asosan  DNK  uchun  xos  bo`lgan  Fyolgen  reaktivi  bilan  bo`yalganda 

yaxshi bilinadi. 

 

 



Fyolgen  reaksiyasining  intensivligi  DNK  miqdoriga  to`g`ri  proportsional.  Optik  zichlikning 

o`zgarishini o`rganish orqali strukturadagi yutuvchi moddaning miqdorini aniqlash mumkin. Shunday 

qilib,  hujayradagi  ko`pgina  ximiyaviy  komponentlarni  miqdoriy  analiz  qilish  mumkin  bo`lganday 

sitospektrofotometriya usuli orqali har bir hujayradagi DNK miqdorini aniqlash mumkin. 

Yadroning  interfaza  davrida  ishqoriy  bo`yoqlar  bilan  yaxshi  bo`yaluvchi  qismlari 

(spiralizatsiya natijasida), Geytts tomonidan 1928 yilda geteroxromatin bo`limlar deb nomlangan. Bu 

bo`limlar xromosomalarning boshqa qismlari, euxromatindan keskin farqlanib turadi (23-rasmga q.). 

Euxromatin  qismlari  interfazadagi  yadro  xromosomalarining  despirilizatsiyasiga  uchrab  nozik  to`r 

hosil qilgan bo`limlaridir. 

 

23-  rasm.  Yadro.  Me’da  osti  bezi  atsinar 



hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. 

 

X  16.000.  1-yadro;  2-yadrocha;  3-



karioplazma; 4-euxromatin; 5-geteroxromatin,  

 

6- donador endoplazmatik to`r. 



 


 

41 


Xromosomalarning 

geteroxromatin  bo`limlari  yana 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish