Ekskretor kiritmalarga hujayradan chiqishi kerak bo`lgan katabolitik moddalar (buyrak
kanalchalari hujayrasidagi mochevina va boshqalar) kiradi.
Pigment kiritmalar hayvon hujayralarida turli formalarda uchraydi. Qoramtir pigment
melanin donalari yumaloq yoki tayoqchasimon shaklda bo`lib, ularning kattaligi har xil umurtqa-li
hayvon hujayralarida 0,1 dan 6 mkm gacha bo`ladi (21-rasm). Sitoplazmasida melanin granulalari
ko`p bo`lgan hujayralar pigment hujayralari - melanotsitlar yoki melanoforlar nomini olgan. Ular
asosan himoya funktsiyasini o`taydi. Ma’lumki, melanin tirozinning tirozinaza bilan oksidlanish
mahsulotidir. Ximiyaviy tarkibi jihatidan melanin adrenalinga va serotoninga yaqin turadi.
Melanotsitlarni elektron mikroskop ostida o`rganish melanin donachalarini 2 qismdan: protein
tanachadan va ko`pgina mayda osmiofil granulalardan tuzilganligini ko`rsatdi.
Ba’zi bir pigmentlar faqatgina hujayra
nobud bo`lgandan so`ng sitoplazmadan chiqadi
va makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinadi.
Bunday
pigmentlarga
to`qimalarda
ko`p
uchraydigan sariq va kulrang pigment -
lipofustsin kiradi. Uning granulalari ko`proq
nerv
hujayralarida,
miokard
tolalarida
(qarishning distrofik jarayonlarida) uchraydi.
Shuning uchun bu pigmentni qarish pigmenti
deb ataladi. Bu pigment yana jigar, buyrak usti
bezlari (po`stloq qismining to`rsimon zonasida),
neyrogipofiz - pituitsit hujayralarida va boshqa
a’zolarda uchraydi. Buqa mushagidan ajratib
olingan lipofustsin o`rtacha elektron zich amorf
tayanch qismdan va osmiofil donachalar
yig`indisidan tashkil topganligi aniqlandi.
Lipofustsin granulalari lipoproteid tarkibiga
ega. Oxirgi yillarda olib borilgan gistoximiyaviy
va
bioximiyaviy
tadqiqotlar
turli
xil
to`qimalardagi lipofustsinda fosfolipid, kislotali
fosfataza va nospetsifik esteraza borligini
ko`rsatdi.
Lipofustsinga yaqin turuvchi pigmentlar
sariq va qizil lipoxromlardir. Lipoxromlarning
mayda tomchilari buyrak usti bezining po`stloq
qismi to`rsimon zonasida, tuxumdon sariq
tanachasining lyutein hujayrasida va urug`don
interstitsial hujayralarida uchraydi. Shu guruh
pigmentlarga ko`z to`r pardasi tayoqchalarining
ko`ruv purpuri tarkibida uchrovchi retinin ham
kiradi.
Gemoglobin
parchalanishining
mahsulotlari (gemotoidin, gemosiderin, ferritin)
fagotsitoz qiluvchi hujayralarda uchraydi.
Gemosiderin va gemotoidin sariq va qo`ng`ir
rangga ega. Gemosiderin retikulyar hujayralar
tomonidan
fagotsitoz
qilingan
(nobud
21-rasm. Pigment kiritma. Epidermisdagi
pigment hujayra (melanotsit).
Elektron mikrofotogramma. X l000.
1_yadro;
2-melanin
donachalari;
3-
tonofilamentlar.
38
bo`layetgan) eritrotsit gemoglobinidan hosil bo`ladi. Shuning uchun retikulyar hujayra sitoplazmasida
ko`p miqdorda ferritin donachalarini ko`rish mumkin. Eritroblastlar retikulyar hujayralarning ferritin
saqlovchi qismini qamrab oladi. Ferritin eritroblastlar mitoxondriyasiga kirib u yerda yo`qoladi. Balki
ferritin bu yerda transformatsiyaga uchrasa kerak, chunki hosil bo`layotgan eritrotsit elektron
mikroskopda ko`rilganda gemoglobin tarkibida ferritin ko`rinmaydi.
Ba’zi bir hujayralar sitoplazmasida maxsus kiritmalar bo’lib, ular hujayraning qaysi to`qimaga
aloqadorligiga qarab ma’lum bir funktsiyani bajaradi. Bu kiritmalarga qon donador leykotsitlari va
siyrak biriktiruvchi to`kimaning semiz hujayralari ichidagi granulalar misol bo`la oladi. Neytrofil
leykotsitlarda granulalar dumaloq yoki oval shaklga ega. Uning kattaligi 0.02 mkm dai 0,5 mkm
gacha. Bazofil leykotsitda granulalar yumaloq yoki yirikroq - 0,3 mkm gacha. Yirik eozinofil
granulalar yumaloq yoki oval shaklda bo`lib, kattaligi 0,7 dan 1,3 mkm gacha. Elektron mikroskop
ostida bunday granulalarning markaziy qismi kristalloid shakliga ega bo`lib, kontsentrik joylashgan,
kattaligi 4,5 nm keladigan silindrlardan iborat («Qon» ga q.).
Do'stlaringiz bilan baham: |