AYOLLAR JINSIY A’ZOLARI
Ayollar jinsiy sistemasi - jinsiy bezlar (tuxumdonlar) va yordamchi jinsiy a’zolar (bachadon nayi,
bachadon, qin hamda tash-qi jinsiy a’zolar) dan tashkil topgan.
TUXUMDON (OVARIUM)
(Tuxumdon, bir tomondan, jinsiy hujayralarni hosil qiluv-chi a’zo bo’lsa, ikkinchi tomondan, ayol
organizmiga umumiy ta’sir qiluvchi gormonlar ishlab chiqaradigan murakkab inkretor bez
hisoblanadi.
Tuzilishi. Odam tuxumdonlari - uzunligi 2,5-2,6 sm, kengli-gi 1,5-3,0 sm va qalinligi 0,6-1,5 sm
bo’lgan ovalsimon juft a’zodir. Tuxumdonning yuzasi faoliyatsiz kurtak epiteliysi bi-lan qoplangan.
Epiteliy ostida tolali yoki oqsil pardani hosil qiluvchi yupqa biriktiruvchi to’qimali qatlam yotadi.
Parda osti-da u tuxumdon stromasiga aylanadi. Oqsil parda ham, organning stromasi ham nozik,
siyrak kollagen fibrillalardan iborat bo’-lib, ularning orasida duksimon biriktiruvchi to’qima xujayra-
lari yotadi. Elastik tolalar juda kam bo’lib, silliq mushak hujayralari bilan birgalikda mag’iz qismida
uchraydi.
Tuxumdonda po’stloq modda (cortex^ovarii) vamag’izmodda (medulla ovarii) farqlanadi. Po’stloq
moddada tuxum hujayralarining rivojlanishi (germinativ funktciya) va ovarial gormonlarning ish-lab
chiqarish jarayoni (endokrin funktciasi) kechadi. Tuxumdonning mag’iz qismi qoy tomir va nervlarga
boy bo’lgan biriktiruvchi to’qi-madan hosil bo’lgan.
Tuxumdonning po’stloq qavatida birlamchi, ya’ni primordial fol-likullar (folliculus ovaricus
primarius), o’suvchi follikullar (follicu-lus ovaricus crescens) hamda etilgan (Graaf) follikullari
(folluculus ovaricus vesiculosus), sariq tana (corpus luteum), oq tana (corpus albi-cans) va atretik tana
(corpus a^eIsshp^joylashadi. Oksil parda os-tida, tuxumdonning periferik qismida, primordial
follikullar bir necha qator bo’lib, zich joylashadi (245-rasm). Har bir^ birlamchi fol-likul ovogoniy va
uning atrofini o’ragan bir qavat ""follikulyar hu-jayralardan iborat. Balog’at yoshidan boshlab
tuxumdonda muntazam ravishda primordial follikullar etilgan^ follikullarga aylanadi.
Ovogenez. Ovogenez jarayoni spermatogenez bilan bir xil bo’lsa ham o’ziga xos ba’zi xususiyatlarga
ham ega. Birinchidan,
245- rasm. Tuxumdonning po’st moddasi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06.
20. Ok. 10.
1 - birlamchi follikullar; 2 - ovogoniylar; 3 - oqsil parda.
ko’payish davri faqat embrionning tuxumdonida bo’lib, qiz bola tug’ilishi bilan ovogoniyning paydo
bo’lishi to’xtaydi. Ikkinchi-dan, o’sish davri ikki fazadan iborat. Birinchi fazada (kichik o’sish
fazasida) 1-tartibli ovotcit o’lchamlarining sekin katta-lashuvi kuzatiladi (ovotcitlar bunday holatda
ko’p yillabyota-di). Ikkinchi faza (katta o’sish fazasi) sariqlik kiritmalari-ning sintezi bilan bog’liq.
Katta o’sish fazasiga, odatda, bolog’at yoshiga etgan davrda bir vaqtda bir yoki bir necha 1-tartibli
389
ovo-tcit o’tadi (246-rasm). Katta o’sish ikki haftagacha davom etadi va 1-tartibli ovotcitning etilish
davriga o’tish bilan tugaydi. Uchinchidan, ovogenez spermatogenezdan yana shu bilan farqlana-diki,
bitta birinchi tartibli ovotcitdan 1 donagina urug’lanish-ga moyil ovotcit va 3 ta reduktcion tanacha
hosil bo’ladi. To’rtin-chidan, ovogenezda tuxum hujayrasining etilish davri tuxumdondan tashqarida
(bachadon naylarida) kechadi. Beshinchidan, ovogenezda shakllanish davri bo’lmaydi.
Jinsiy hujayralarning etilish davri etilgan folikullar-ning yorilib (ovulyatciyaga uchrab)uning ichidan
birinchi tartibli ovotcitning chiqishi bilan boshlanadi. Bu jarayon bachadon nay-larida kechadi.
SHunday qilib, ovogenez etilgan organizmda ikki davrdan iborat bo’lar ekan, bulardan birinchisi-
o’sish davri bo’lib, u tuxumdonda; ikkinchisi - etilish davri - tuxumdondan tashqarida (bachadon
naylarida) kechadi.
Ovogoniylar o’sish davri boshlanishdanoq birinchi tartibli ovo-tcitga aylanadi, shuning bilan birga
ovogoniy joylashgan primordial
246- rasm. Tuxumdonning po’st moddasi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan.
06. 40, ok. 10. 1 -to’sabtgan follikullar; 2-tuxum hujayra; 3 - tuxumdon stromasi.
follikul o’suvchi follikullarga aylanadi. O’sishning dastlabki kunlarida follikulyar epiteliy hujayralari
tezda ko’payib, ko’p qa-vatli epiteliyga aylanadi va follikulning donador qavati (stratum granulosum)
ni hosil qiladi. O’sish davridagi ovotcit atrofida zich yal-tiroq parda (zona pellucida) shakllanadi.
Follikul o’lchamining kat-talashishi uni o’rab turuvchi~ biriktiruvchi to’qimali qobiq (theca fol-lciuli)
ning paydo bo’lishiga asos bo’ladi.
Follikulning donador qavati bilan biriktiruvchi to’qimali qobiq orasida follikul epiteliysining bazal
membranasi- Slavyanskiy membranasi bo’ladi. Qeyinchalik, ko’p sonli qon ka-pillyarlari o’sib kirgan
follikul qobig’i ikki qavatga diffe-rentciallashadi. Qobiqning ichki qavati (theca interna) siyrak tolali
biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda ko’igina ka-pillyarlar joylashadi. Bu kapillyarlarning
atrofida ko’p sonli bezli interstitcial hujayralar yig’iladi. Qobiqning tashqi qavati (theca externa) zich
tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat.
Follikulning boshlang’ich o’sishi ancha-muncha mustaqil bo’lib, yuqorida bayon etilganidek, qiz
bolaning tuxumdonida u bolag’at yoshiga etguncha bo’lishi mumkin. Ammo follikulning keyingi ta-
raqqiyoti gipofizning follikulni stimullovchi gormon (FGS) ta’sirida ro’y beradi. Hujayralari mitoz
bo’linish bilan inten-siv ko’payayotgan va qalinlashgan donador qavat hujayralari fol-likulyar
suyuqlikni sekretciya qila boshlaydi. Sekret avvaliga
390
247- rasm. Tuxumdonning etilgan follikuli (Graaf^pufakchasi). Gematoksi-lin-eezin bilan
bo’yalgan. 06. 40. ok. 10.
1 - tuxum hujayra; 2 - yaltiroq parda: 3 -nurlitoj; 4 - donador qavatning fol-likulyar xujayralari; 4 -
tuxum saqlovchn do’mboqcha; R - follikul bo’shllg’i; 7 -fol-likulnnng ichk,1 pardasi; 8 -
follikulning tashqi pardasi; 9-birikgiruvchi to’qimali stroma.
hujayralar orasida to’plana boshlaydi, so’ngra ular qo’shiladi. Natijada follikulyar suyuqlik bilan
to’lgan bo’shliq paydo bo’-ladi. Bu bo’shliqning o’lchamlari tezda kattalashadi va 1 tartibli ovotcit
nurli toj (corona radiata) ko’rinishiga ega bo’lgan bir qavat follikulyar hujayralar bilan birgalikda
follikulning yuqori qutbiga surilib qoladi. Bunday o’sishning maksimumiga erishgan follikullar
etilgan follikullar (Graaf pufakchasi) nomini oladi. Donador qavatning ovotcit joylashgan qismi tu-
xum tutib turuvchi tepacha ' (cumulus oophorius) nomini oladi Graaf pufakchasining diametri 40 mm
gacha etadi (247-rasm).
Bevosita ovotcitni qurshab turgan nurli toj hujayralari uzun o’simtalarga ega (248-rasm). Bu
o’simtalar yaltiroq parda-dan o’tib ovotcitning tcitolemmasiga etib boradi. Follikul epi-teliysining
tuxum hujayrasi trofikasida ahamiyati katta.
Ovulyatciya murakkab jarayon bo’lib, bunda gipofizning lyu-teinlovchi gormonining (LG) muhim
roli bo’ladi. Ovulyatciyada follikul qobig’i ichki qavatining kapillyariga qon kelishining kuchayishi
va follikul suyuqligining ko’payishi natijasida ichki bosimning ortishi follikul qobig’ining yorilishiga
sabab bo’lsa kerak. Ovulyatciya natijasida yorilgan pufakchaning bor mahsuloti qorin bo’shlig’iga
quyiladi. Bu erda birinchi tartibli ovotcit va uni o’rab turgan nurli toj bachadon voronkasining ovotcit
shoki-lalari orqgli nay ichiga o’tadi. Odamda har bir ovulyatciyada, odatda, bitta follikul etiladi va
yoriladi. Ba’zi sut zmizuvchilarda esa bir vaqtning o’zida 10-12 follikullar o’sib, ovulyatciyaga
uchraydi.
Ovogenezning etilish davrida reduktcion (meyoz) bo’linish ketib, birinchi bo’linishdan yirik ikkinchi
tartibli ovotcit va abortiv (reduktcion) tanacha hosil bo’ladi. Ikkinchi tartibli ovotcit tezda ikkinchi
marta bo’linib, etilgan tuxum hujayra va ikkilamchi reduktcion tanachani hosil qiladi. Birlamchi
reduk-tcion tanacha ham ba’zida ikkiga bo’linadi. Etilish davrida ketma-ket ikki marta bo’linish
natijasida xromosomalar soni-ning ikki marta kamayishi yuz berib, har bir birinchi tartibli ovotcitdan
bir dona yirik, urug’lanishga tayyor bo’lgan, gaploid xromosoma tutgan tuxum hujayra va uchta
abortiv (reduktcion) tanacha hosil bo’ladi.
391
248- rasm. Tuxumdondagi ovotcit11ing elektron mikrofotografiyasi X 2. 500.
1 - yadro, 2 - yadrocha; 3]-'tcitoplazmadagn^sariqlik donachalarn: 4 -*mul’tivezikulyar'"tana-
cha; 5 - hujayra qobig’n; b'-yaltiroq zona; 7 - donador qavatdagi follikulyar hujayralar;
8 - follikulyar hujayralarning o’siqlari (Rodindan).
Sariq tananing tuzilishi va uning tciklik o’zgarishlari. Etilgan pufaksimon follikul yorilganidan so’ng
uning donador qavati va biriktiruvchi to’qimali qobig’i (theca folliculi) saq-lanib qoladi. Uning
devorlari burishib, bo’shlig’i esa ovulyatciya vaqtida yorilgan qon tomirlardan chiqqan qon bilan
to’ladi. Ho-sil bo’lgan qon ivindisi tezda biriktiruvchi to’qima bilan al-mashinadi, natijada, bo’lg’usi
sariqlik tana markazida birik-tiruvchi to’qimali chandiq hosil qiladi. SHunday qilib, ovulya-tciyadan
so’ng follikul o’rnida yangi tuzilma-sariq tana rivoj-lana boshlaydi.
Urug’lanish bo’lish-bo’lmasligidan qat’i nazar sariq tana ri-vojlanishida ma’lum davrlar sodir bo’ladi.
Odatda, 4 bosqich farqlanadi:
1. Proliferatciya va vaskulyarizatciya davri.
2. Bezli metamorfoz davri.
3. Gullash yoki ravnaq topish davri.
4. Aks taraqqiyot davri.
Birinchi davr -• proliferatciya va vaskulyarizatciya davri so-biq donador qavat epiteliysining
ko’pashshi va uning orasiga (theca interna) sohasidan yo’nalgan kapillyarlarning tez o’sib ki-rishi
bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi - bezli metamorfoz davrida donador qavatning fol-likulyar hujayralari kattalashadi va ular
tcitoplazmasida lipoxrom gruppasiga oid sariq pigment - lyutein yig’iladi. Bu hujayralar lyutein
hujayralar (luteocytus) nomini oladi (249-rasm) Lyutein hujayralarning gipertrofiyasi va
392
giperplaziyasi tufayli sariq tananing hajmi oshib, nomiga yarasha sariq tus oladi. Bunday sariq tanada
kapillyarlar shunday ko’pki, har bir chyutein hujayrasini qon kapillyarlari qamrab oladi.
Lyutein hujayralarining tcitoplazmasida sekret donachalari-ning paydo bo’lishi bilan uchinchi-ravnaq
topish yoki gullash dav-ri boshlanadi. Bu davrda sariq tana ichki sekretciya beziga ayla-nib,
progesteron gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon bachadon shilliq pardasini zigotani implantatciya
qilishga va sut bezla-rini laktatciyaga tayyorlaydi.
249- rasm. Sariq taia lyutein hujayralarining elektron mikrofetografiyasi.
1 - plastinkasimoi kompleks; 2 - yadro; 3 - sekret donachalarg’.
Sariq tananing gullash davri ikki xil davom etadi. Agar urug’lanish bo’lmasa, unda gullash davri 12-
14 kun bilan yakun-lanadi va bunday tana hayz sariq tanasi (corpus luteum menst-ruationis) deb
yuritiladi. Agar urug’lanish bo’lib, homiladorlik boshlansa, sariq tananing gullash davri
homiladorlikning bi-rinchi yarmiga qadar davom etadi. Bunday sariq tana homilador-likning sariq
Do'stlaringiz bilan baham: |