Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Timusning tuzilishi. Buning ayrisimon shakliga muvofiq ravishda unga ayrisimon bez nomi 

berilgan. Timus deyilishi esa bez shaklining shifobaxsh hisoblanuvchi sudralib o’suvchi tog’jambul 

(thymus  serpyllum)  o’simligining  barglariga  o’xshab  ketishi  tufaylidir.  Bezning  buqoq  bezi  deb 

atalishi esa ko’pchilikda qalqonsimon bez buqoq kasalligiga aloqador degan fikrlar tug’diradi. Ammo 

buqoq kasalligiga timusning hech qanaqa aloqasi yo’q. Shu bilan birga timusning boshqa markaziy 

va periferik endokrin a’zolari bilan funksional jihatdan bog’liqligini ta’kidlab o’tish shart. 

 

Timus tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan. Bu kapsuladan ichkariga 



kiruvchi to’siqlar bezni to’liq bo’lmagan bo’laklarga bo’ladi (140-rasm). Timus kesmada ko’rilganda 

unda  to’q  bo’yaluvchi  va  chekkada  joylashgan  po’stloq  zonani  va  oqishroq  bo’yalgan  markaziy 

mag’iz zonani ajratish mumkin. Qayd qilib o’tilgan zonalarning o’ziga xos bo’yalishi limfotsitlarning 

yoki  timotsitlarning  zich  va  siyrak  joylashishi  bilan  bog’liq.  Po’stloq  zonada  (cortex)  ular  zich 

joylashadi  va  retikuloepitelial  hujayralar  hosil  qilgan  to’r  bo’shliqlarini  to’ldirib  turadi.  Po’stloq 

zonaning  biriktiruvchi  to’qimali  kapsula  ostida  yotgan  chekka,  subkapsulyar  qismida  T-

limfotsitlarning  boshlang’ich  hujayralari  –  pretimotsitlar  joylashadi.  Ular  tuzilishiga  ko’ra  T-

limfoblast  bo’lib,  yirik,  sitoplazmasi  bazofil 

bo’yaluvchi hujayralardir. Ularning yadrolarida 



 

229 


xromatin  oz  bo’ladi    yoki  ko’proq  yadrochalar  ko’rinadi.  Bu  hujayralar  mitoz  yuli  bilan  bo’linib 

ko’payish qobiliyatiga ega. Ularning hisobiga pustloq zonada doimiy ravishda yangi timotsitlar hosil 

bo’ladi.  Timotsitlar  po’stloq  zonada  mikromuhit  hosil  qiluvchi  retikuloepitelial  hujayralar, 

makrofaglar  va  interdigitirlovchi  hujayralar  bilan  jipslashib  joylashadi.  Po’stloq  moddaning 

retikuloepitelial  hujayralari  ko’p  miqdorda  sitoplazmatik  o’siqlarga  ega  bo’lib,  bu  o’siqlar  orasida 

differensiallanuvchi timotsitlar yotadi (141-rasm). 

 

 140-rasm. Buqoq bezi. 



1 – kapsula; 2- bo’lakchalararo trabekulalar; 

 3 – qon tomir; 4 – bo’lakchalar; 5 – po’stloq; 6 – 

mag’iz modda; 7 – ayrisimon bezning ta-nachasi 

(Gassal tanachasi); 8 – limfotsitlar; 

9 – stromaning epiteliy hujayralari; 10 – kon-tsentrik 

joylashgan epiteliy hujayralari; 11- de-generatsiyaga 

uchragan epiteliy hujayralari 

(I.E.Almazov; L.S.Sutulovlardan). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Retikuloepitelial  hujayralarning  timotsitlar  bilan  zich  aloqada  bo’lishi  ular  ishlab  chiqaradigan 

gormonlarning shakllanuvchi T-limfotsitlarga bevosita ta’sir etishini ta’minlaydi. Shu tufayli po’stloq 

zonaning  retikuloepitelial  hujayralariga  differensiallashuvchi  T-limfotsitlar  yoki  timotsitlar  uchun 

maxsus  «enaga  hujayralar»  deb  qaraladi.  Retikuloepitelial  hujayralar  po’stloq  zonada  o’ziga  xos 

tuzilishga ega. Ularning sitoplazmasida ko’p miqdorda har xil kattalikka ega bo’lgan oqishroq secretor 

pufakchalar joylashgan. Pufakchalar o’zida timusning asosiy gormonlari bo’lgan timozin, timopoetin, 

timulinlarni  saqlovchi  secretor  tuzilmalardir.  Bu  gormonlar  hujayradan  tashqariga  chiqib, 

timotsitlarning  yetuk  T-limfotsitlarga  differensiallanishiga  bevosita  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin. 

Retikuloepitelial  hujayralarning  sitoplazmasida  yaxshi  rivojlangan  Goldji  kompleksi,  donador 

endoplazmatik to’r va mitoxondriyalarning bo’lishi ularning aktiv sintez qilish qobiliyatiga egaligini 

ko’rsatadi.  

 

Hozirgi  vaqtda  T-limfotsitlarning  takomili  po’stloq  va  magiz  zonalarda  bir-biriga  bog’liq 



bo’lmagan holda alohida kechadi, degan fikr ko’proq tasdiqlanmoqda. Po’stloq zonada shakl-langan 

T-limfotsitlar  mag’iz  zonaga  o’tmasdan,  chegara  yoki  kortikomedullyar  zonada  postkapillyar 

venulalar orqali  qonga tushadi. Qon orqali ular periferik immun-himoya organlariga kelib,  maxsus 

timusga tobe T-zonalarda joylashadi. Bu zonalarda ularning takomili oxirigacha yetadi va natijada T-

limfotsitlarning har xil turlari hosil bo’ladi. Shuni aytish kerakki, po’stloq zonadagi barcha timotsitlar 

ham 


yetuk 

T-limfotsitlargacha 

shakllana 

olmaydi.  T-limfotsitlarning  differensiallanishi 

 



 

230 


davomida  ularning  orasida  organizmning  xususiy  hujayralari  va  to’qimalariga  qarshi  retseptorlar 

tutuvchi  T-limfotsitlar  ham  paydo  bo’lishi  mumkin.  Bu  xildagi  «noshud»  timotsitlar  po’stloq 

zonaning  o’zidayoq  nobud  bo’ladi  va  makrofaglar  tomonidan  fagotsitoz  qilinadi.  Timus  faoliyati 

buzilganda  esa  organizmning  xususiy  to’qimalariga  va  hujayralariga  salbiy  ta’sir  ko`rsatuvchi  T-

limfotsitlar timusda nobud bo’lmay, qonga chiqishi mumkin. Bu hol turli autoimmun kasalliklarga 

olib keladi. 

 

 

 



141-rasm. Timus po’stloq zonasining retikuloepitelial hujayrasi va timotsitlari (sxema). 

1 – yadro; 2 – o’siqlar; 3 – secretor pufakchalar; 4 – tonofibrillalar; 5 – limfoblast; 6 – prolimfo-tsit 

(pretimotsit); 7 – timotsitlar (K.R.To’xtayev rasmi). 

 

 



Po’stloq va mag’iz zonalar orasida chegara (kortiko-medullyar) zona joylashadi. Bu zona oddiy 

mikroskop  ostida  aniq  ajratilmaydi.  Elektron  mikroskop  ostida  ham  uning  yaqqol  chegaralari 

bo’lmay,  o’zida  ko`p  miqdorda  qon  tomirlar,  asosan,  postkapillyar  venulalar  borligi  bilan  ajralib 

turadi.  Bu  zonada  sitoplazmasida  sekretor  pufakchalar  va  tonofibrillalar  saqlovchi  retikuloepitelial 

hujayralar, mayda donachalarga ega bo’lgan interdigitirlovchi hujayralar va lizosomalarga boy tipik 

makrofaglar joylashgan. Qayd qilib o’tilgan hujayralar mikromuhitni tashkil qiladi va bular orasida 

turli tuzilishga ega bo’lgan timotsitlar yotadi. 

 

Po’tloq zonada timotsitlar qon orqali keluvchi yot antigenlardan maxsus «qon-timus» to’sig’i 



(gemato-timus bareri) yordamida ma’lum darajada himoya qilinib turiladi. Bu to’siqni hosil qilishda: 

qon kapillyarlarining endoteliy hujayrasi va uning bazal membranasi; tomir atrofida yoki perikapillyar 

bo’shliqda joylashgan hujayralar va hujayralararo modda; va nihoyat, retikuloepitelial hujayralar o’z 

bazal  membranalari  bilan  birlikda  ishtirok  etadilar.  To’siq  antigenlarni  tutib  qolish  yoki  tanlab 

o’tkazish  qobiliyatiga  ega  bo’ladi.  Shu  tufayli  timotsitlarning  T-limfotsitlarga  differensiallanishi 

antigenga  bog’liq  bo’lmagan  holda  amalga  oshadi.  Po’stloq  zonani  o’rab  turuvchi  biriktiruvchi 

to’qima  bilan  timus  parenximasi  orasida  ham  retikuloepitelial  hujayralar  va  ularning  bazal 

membranasi ingichka to’siqsimon qavat hosil qiladi. 

Mag’iz zona (medulla) timotsitlar ozroq bo’lgani va siyrakroq joylashgani tufayli oqishroq bo’yaladi. 

Agar  po`stloq  zonada  limfotsitlarning  retikuloepitelial  hujayralarga  nisbati  taxminan  9:1  bo’lsa, 

mag`iz zonada esa buning aksi, ya’ni 1:9 nisbat kuzatiladi. Mag’iz zonada ayniqsa mitotik bo’linish 

qobiliyatiga ega bo’lgan pretimotsit yoki limfoblast hujayralarning nisbiy miqdori kamayib ketadi. 

Mag’iz  zonaning  retikuloepitelial  hujayralari  tuzilishi  jihatidan  ham  boshqacharoqdir.  Ularning 



 

231 


sitoplazmasida  yirik  sekretor  pufakchalar  ko’p  miqdorda  bo’lib,  guruhlar  hosil  qilib  joylashadi. 

Ba’zida  pufakchalar  sekretor  naychalar  tusini  olib,  ularning  ichki  devorida  kalta  mikrovorsinkalar 

uchraydi. Shu bilan bir qatorda hujayralar sitoplazmasida tonofibrillalar soni ancha ko’p bo’lib, ular 

yo’g’on tutamlar hosil qilib joylashadi. 

 

Mag’iz  zonaning  markaziy  qismida  qatlamli  epitelial  (Gassal)  tanachalari  joylashgan.  Ular 



ustma-ust  yotgan  yassi  retikuloepitelial  hujayralardan  tashkil  topgan  bo’lib,  bu  hu-jayralarning 

sitoplazmasida  yirik  pufakchalar,  dag’al  tonofibrillalar  tutamlari  va  keratin  donachalarini  ko’rish 

mumkin. Ba’zida tanachalar tarkibida yemirilayotgan leykotsitlar ham uchraydi. Gassal tanachalari 

timus  stromasida  retikuloepitelial  hujayralarning  fiziologik  muguzlanishi  va  degeneratsiyasi 

jarayonida  hosil  bo’luvchi  tuzilmalar  deb  hisoblanadi.  Lekin  ularning  ma’lum  bir  biologik  aktiv 

moddalar ishlab chiqarishi va shu bilan timusning endokrin faoliyatida ishtirok etishi ham ehtimoldan 

holi emas. Tanachalarning soni yosh ulg’ayishi bilan oshadi va turli kasalliklarda esa kamayib ketadi. 

Mag’iz  zonada  ham  tipik  makrofaglar  bilan  bir  qatorda  interdigitlovchi  hujayralar  uchraydi.  Ular 

retikuloepitelial hujayralar bilan birgalikda bu zonadagi timotsitlar uchun mikromuhit yaratib beradi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish