GIALIN TOG’AY TO’QIMASI
Gialin tog`ay ko`p uchraydigan tog`ay turidir. Embrion skeletining ko`p qismi voyaga yetgan
organizmda esa qovurg`alarning to`sh suyagiga tutashish joyi, bo`g`imlar yuzasi va havo o`tkazuvchi
yo`llar devori gialin tog`aydan tuzilgandir. U ko`kimtir rangi bilan farqlanadi.
Tog`ay tashqi tomondan biriktiruvchi to`qimaning yupqa qavati - perixondr bilan qoplangan
(79 - rasm). Tog`ayning yuqori qavatidagi xondrotsit hujayralari xondroblast hujayralaridan ko`p farq
qilmaydi, chuqurroq savatida esa tog`ay hujayralari asta-sekin kattalashadi. Xondrotsitning yuzasi
tekis bo`lmay elektron mikroskopda ko`rinuvchi mikrovorsinkalari bor (80-rasm). Bu hujayralar
yadrosi yumaloq bo`lib, xromatini kamdir. Sitoplazmasida kontsentrik sisternalar shaklida
endoplazmatik to`r joylashganligi ko`rinadi.
79- rasm. Gialin tog`ay. Kekirdakdan tayyorlangan. Gematoksilin-eozin bilan bo`yal-
gan. 0b. 10. ok.10.
1 - togay ustki pardasi; 2 - yosh tog`ay hujayralar; 3 - izogen gruppa; 4 - oraliq asosiy
modda.
80- rasm. Xondrotsit. O`pka bronxidagi gialin tog`ay.
Elektron mikrofotogramma.
1 - yadro; 2 - Golji zonasi; 3 - lipid tomchilari; 4 -
glikogen donachalari; 5 - mitoxon-
driyalar; 7 - donador
endoplazmatik to`r; 7 - sitoplazmatik tolalar; 8 - vakuola; 9 -
hujayraning arrasimon qirrasi; 10 -kapsula sohasi; 11 -
asosiy modda; 12 - qo`shni
xondrotsitning
bir
qismi
(Rodindan).
Xondrotsit mitoz yo`li bilan bo`linadi. Hosil bo`lgan
yangi hujayralar atrofida zich hujayralararo modda bo`lgani
uchun ular bir-biridan uzoqlashmay izogen gruppalarni hosil
qiladi. Shuning uchun qari tog`aylardagi izogen gruppalar 8-10
tagacha xondrotsitlar tutadi.
Hujayralararo moddaning holatiga ko`ra tog`ay
hujayrasining shakllari turlicha bo`lishi mumkin. Yosh
tog`aydagi hujayralararo modda suvga va proteoglikanlarga
126
boy, bu yerda tog`ay hujayralari shakli yumaloq. Qari tog`aylarda hujayralararo modda zichlashgan
bo`lib, hujayralari odatda disk shaklini oladi. Yakka yoki izogen gruppalar atrofida yotgan
hujayralararo modda turlicha bo`yaladi, chunki uning tarkibida oqsillar va proteoglikanlar miqdori
turlicha bo`ladi. Hujayralararo moddaning hujayralar atrofida bevosita joylashgan, ko`p miqdorda
gliko-zaminoglikan va proteoglikanlar saqlovchi zonasi keskin bazofil bo`yaladi. Bazofil bo`yaluvchi
moddalar izogen gruppalarni har tomondan bir tekisda o`ragani uchun ular sharsimon tanacha-larni
hosil qiladi. Yirik va qari tog`ayda bazofil tanachalar atrofida halqa singari oksifil zona shakllanadi,
chunki yosh ulg`ayib borgan sari tog`ay hujayralarining soni va amorf moddada glikozaminoglikanlar
miqdori kamayadi. Pirovardida hujayralararo modda bazofiliyasining susayishi va unda kaltsiy tuzlari
o`tirishi (ohaklanish) kuzatiladi.
Hamma gialin tog`aylar ham bir xil tuzilishga ega emas, masalan, bo`g`imlar yuzasidagi tog`ay
perixondrga ega bo`lmaydi. Bo`g`im tog`aylarida uch zona ajratiladi. Tashqi zona mayda,
yassilashgan, kam differensiallangan xondrotsitlardan, o`rta zona nirik, yumaloq hujayralardan, ichki
zona esa kaltsiy tuzlari o`tirgan tog`ay moddasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |