Tog`ay to`qimasi biriktiruvchi to`qimaning bir turi bo`lib, tog`ay hujayralaridan va
hujayralararo moddadan tashkil topgan. Uning tarkibida 70-80% suv, 10-15% organik moddalar va
4- 7% mineral tuzlar bor. Organik moddalar asosan oqsil, lipid,. glikozaminoglikan va
proteoglikanlardan iborat. Oqsillar ichida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin) va nofibrillyar
oqsillarni farq qilish mumkin. Tog`ay to`qimasidagi glikozaminoglikan va proteoglikanlar asosan
124
kimyoviy xossalarini (zichligini yoki turgorini) belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: