Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Elastik tolalar.
Elastik tolalarning hosil bo`lishi kollagen tolalarning hosil bo`lishiga 
o`xshaydi. Fibroblastlar elastik tolalarning ham hosil bo`lishida ishtirok etadi. Elastik tolalar 
tolali biriktiruvchi to`qimada va biriktiruvchi to`qimaning ba’zi boshqa turlarida uchraydi. Ular 
maxsus bo`yoqlar bilan bo`yalganda (orsein, rezorsin-fuksin) kollagen tolalardan aniq ajralib 
ko`rinadi. Elastik tolalar qalinligi 8-20 nm keladigan fibrillalardan hosil bo`lib, tolalar qalinligi 
siyrak biriktiruvchi to`qimada 1-3 mkm bo`lsa, elastik bog`lamlarda 8- 10 mkm gacha yetadi. . . .
Elastik tolalarda kollagendan farqli ravishda ko`ndalang chiziqlik yo`q. Bu holat elastik 
tolani hosil qiluvchi oqsillarning betartib joylashishi bilan ta’riflanadi. Elastik tola oqsillari 
umumiy qilib 
elastin 
deb ataladi. 
Elastik tolalarda bir-biridan farqlanuvchi oqsillar borki, bu oqsillar aminokislotalar 
tarkibi kollagen oqsilidan boshqachadir. Kollagenga nisbatan bu oqsillarda glitsin va prolin kabi 
aminokislotalar ko`p bo`lib, glyutamin, asparagin kislota, oksiprolin, arginin va boshqalar ancha 
kam. Bundan tashqari, elastik tolalardagi oqsil o`zida sistin aminokislotasini tutmaydi. Uning 
o`rniga bu oqsilda aminokislotalar hosilasi bo`lgan desmozin va izodesmozin bo`lib, bu hosilalar 
elastik tolaning cho`ziluvchanligini ta’minlaydi. Elastik tolalar yaxshi cho`ziladi, lekin uzilishi 
ham oson. Elastik tolalarda vaqt o`tishi bilan mineral tuzlar o`tirib, uni sinuvchan qilib qo`yady. 
Retikulyar tolalar.
Biriktiruvchi to`qimaning ba’zi turlarida, qon yaratuvchi a’zolar 


128 
stromasida, jigarda, qon
 
tomirlar (asosan kapillyarlar), mushak va nerv tolalari atrofida kollagen 
va elastik tolalardan tashqari retikulyar yoki retikulin tolalar ham uchraydi. Bu tolalar III tipdagi 
kollagenga kirib, kumush tuzlari bilan impregnatsiya qilinganda aniq ko`ringani uchun ba’zan 
argirofil (yunon. argyros - kumush) tolalar deb ham yuritiladi. Retikulyar tola (rete - to`r) deb 
nomlanishi ularning to`r hosil qilishini bildiradi. 
Retikulyar tolalarning tuzilishi yaxshi o`rganilmagan bo`lsa ham, ma’lum faktlar bu 
tolalar oqsildan - retykulindan (kollagenning maxsus turi) tuzilganligini ko`rsatadi. Retikulii 
oqsili 
kollagen 
va 
elastik 
tolalardagi 
oqsillardan 
serin, 
oksilizin 
va 
glyutamin 
aminokislotalarining ko`pligi bilan ajralib turadi. Oqsil mikrofibrillalari taxminan 40-60 nm 
qalinlikda bo`lib, ularda ham xuddi kollagen protofibrillalaridagi kabi ko`ndalang chiziqlik 
ko`rinadi. 
Retikulyar tolalar kuchsiz kislota, ishqorlar va tripsin ta’siriga chidamli. 
ZICH TOLALI BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA 
Siyrak va zich tolali biriktiruvchi to`qimalar orasida keskin chegara o`tkazish mushkul, 
chunki organizmda biriktiruvchi to`qimaning hujayralar va hujayralararo modda nisbati asta-
sekin o`zgaradi. Tolalarning joylanish tartibi bo`yicha zich tolali biriktiruvchi to`qimaning 
shakllangan 
va 
shakllanmagan 
turlari farq qilinadi. 
Zich shakllanmagan biriktiruvchi to`qima terining to`rsimon qavati va bo`g`in 
xaltachalari biriktiruvchi to`qimasida uchrab, uning kollagen va elastik tolalari bir-biriga zich, 
lekin tartibsiz joylashganligi uchun to`rsimon tuzilishga ega. Hujayralar turi ko`p bo`lmay, amorf 
modda ham kamdir. Hujayralar asosan fibroblast va fibrotsitlardan iborat bo`lib, ular uzunchoq 
shaklga ega. 
Zich shakllangan biriktiruvchi to`qima esa tolalarning tartibli joylashishi bilan farqlanadi. 
Bu to`qimada tolalarning joylashishi kuch chiziqlari bo`ylab yo`nalgan. Shakllangan birik-
tiruvchi to`qimaga paylar, bog`lamlar, fibroz membranzlar va plastinkasimon biriktiruvchi 
to`qima kiradi. Bu to`qimaning tarkibiy qismlarining tuzilishiga mukammalroq to`xtab o`tamiz. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish