387
yuqori bo’limining rudimenti hisoblanadi. Myuller nayi-ning pastki birikkan oxirlari ham
saqlanadi va erkaklar •bachadonchasini hosil qiladi. Balog’atga etganda bu bachadoncha prostata
bezining orasida urug’ chiqaruvchi yo’lning chiqaruv ka-naliga quyilish o’rniga joylashgan
bo’ladi.
Tuxumdonning embriogenezida mezenximaning rivojlanishi birlamchi buyrak tanasining asosida
ro’y beradi va natijada, indeferent davrida hosil bo’lgan jinsiy tizimchalarning erkin oxirlari va
birlamchi buyrakning kanallari parchalanadi. SHunga bog’liq holda birlamchi buyrak nayi
atrofiyaga uchraydi, paramezonefral nay esa rivojlanadi, differentciallashadi.
Jinsiy bolishdan bo’lajak tuxumdonning po’stloq qismiga
jinsiy tizimchalarning o’sib kirishi davom etadi. Ammo mezen-xima asta-sekin jinsiy
tizimchalarning yuqori qismlaridan ham o’sib o’tib, ularni homila epiteliysn tizimchalariga
bo’ladi. Ni-hoyat, mezenximaning keyingi o’sishidan bu tizimchalar bir qa-vatli follikulyar
epiteliy bilan o’ralgan, o’rtasida gonotcit joylashgan kichik komplekslarga - premordial
follikullargz bo’linadi. Jinsiy bolishlardan jinsiy tizimchalarning o’sishi qiz bola hayotining
birinchi yili oxiriga qadar davom etadi. Mezenxima jinsiy tizimchalar boshlanishini jinsiy
bolishdan ajratadi. Mezenximaning bu qavati tuxumdonning biriktiruvchi to’qimali oqliq
pardasini hosil qiladi. Bu parda ustida jin-siy bolish qoldiqlari faoliyatsiz, embrional jinsiy
epiteliy holida saqlanib qoladi.
Embrional hayotning oxiriga kelib, barcha jinsiy urug’ ti-zimchalari premordial follikullarga
bo’linib turadi. Hayotning birinchi yillaridan boshlab barcha jinsiy hujayralar tuxum-donda
birlamchi yoki premordial follikul tarkibida birinchi tartibli ovotcit davrida bo’ladi. Tuxum
hujayralar organning po’stloq qismida joylashgan bo’lib, ularning soni 300000- 400 000 taga
etadi. Vaqt o’tishi bilan tuxum hujayralarning soni kamayib boradi. Tug’ilgan vaqtida qiz bola
tuxumdonida 50 000-80 000 ta tuxum xujayrasi bo’ladi. 10 yoshga etganda ular-ning soni 20 000
tagacha kamayadi va organizm balog’at yoshiga etganda tuxum hujayralarning soni 15 000 tadan
oshmaydi. SHun-day bo’lishiga qaramasdan ko’p sonli hujayralardan faqatgina bir qismi (300-
400) rivojlanishda davom etadi va urug’lanish-ga tayyor tuxum hujayralarni hosil qiladi,
qolganlari inqi-rozga yuz tutib, so’rilib ketadi.
Paramezonefral nayning yuqori qismi bachadon naylariga aylanadi va uning voronkasimon
kengaygan oxiri esa tuxumdon-ni qoplaydi. Paramezonefral naylarning pastki qismlari o’zaro
qo’shilib, bachadon va qinning taraqqiyotiga asos soladi. Rivojlanayotgan tuxumdonda
mezenxima bilan to’lgan birlamchi buyrak qoldiqlari uning miya qismiga aylanadi.
Myuller nayining qo’shilmagan joyi o’zining yuqori qismidan bachadon epiteliysini, quyi
qismida esa qin epitsliysini hosil qiladi. Agar shu Myuller naylarining qo’shilishi to’la bo’lmasa,
unda ayrim hayvonlarda odatdagiday hisoblangan, lekin odam uchun anomaliya - ikki shohli
bachadon vujudga keladi. Ayrim vaqtda esa Myuller naylarining umuman qo’shilmasligi natija-
sida bir jinsda 2 ta bachadon va 2 ta qin hosil bo’lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: