Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Yurakning o’tkazuvchi sistemasi



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

 
Yurakning o’tkazuvchi sistemasi
(Systema conducens cardiacum). Bu sistema 
o’tkazuvchi (atipik) yurak mushak hujayralari (myocyti conducens cardiacum) dan iborat bo’lib, 
ular impulslarni (qo’zg’alishni) vujudga keltiradi va uni qisqaruvchi (tipik) yurak mushak 
hujayralariga o’tkazadi. Yurakning o’tkazuvchi sistemasi tarkibiga sinus-bo’lmacha yoki sinus 


232 
(Kis-Flak) tuguni, bo’lmacha-qorincha yoki atrioventrikulyar (Ashof-Tovar) tuguni hamda 
qorinchalararo tutam (Gis tutami) va uning qisqaruvchi miotsitlarga qo’zg’alishni o’tkazuvchi 
tarmoqlari kiradi. Gis tutami o’ng va chap oyoqchalarga bo’linadi. Ulardan esa yurakning 
maxsus atipik tolalari – Purkine tolalari boshlanadi (138-rasm, I). 
O’tkazuvchi sistemada uch xil hujayralar tafovut qilinadi. Impulslar cinus tugunida 
vujudga keladi. Tugunning markazida asosan o’z – o’zidan qisqaruvchi I tip hujayralar, ya’ni 
ritmni boshlovchilar yoki Peysmeker hujayralari joylashadi (138-rasm, II A). Ular ko’p burchak 
shaklidagi kichik (diametri 8–10 mkm) hujayralar bo’lib, sitoplazmasida oz miqdorda tartibsiz 
joylashgan miofibrillalar tutadi. Miofibrillalar tarkibida miofilamentlar ancha siyrak joylashadi, 
A va I disklar unchalik aniq bilinmaydi. Mitoxondriyalar juda oz, yumaloq yoki oval shaklda va 
mayda bo’ladi. Sarkoplazmatik to’r sust rivojlangan. T-sistema bo’lmaydi, ammo sitolemma 
bo’ylab juda ko’p pinotsitoz pufakchalar va kaveolalar joylashgan bo’lib, ular hujayra 
membranasining yuzasini deyarli ikki marta oshiradi. Sitoplazmasida kalsiy ionlari ko’p, 
qisqarish uchun kerakli energiya asosan glikoliz jarayoni orqali ta’minlanadi. 
 
 
138 - rasm.
 
Yurakning o’tkazuvchi sistemasi kardiomiotsitlari (P. P. Rumyansevdan). 
I – yurakning o’tkazuvchi sistemasi elementlarining joylanish sxemasi; II – sinus va 
atrioventrikulyar tugunlarining kardiomitsitlari; a – peysmeker (P) hujayralari; b – oraliq 
hujayralar; III – Gis tutami kardiomiotsiti; IV – Gis tutami oyoqchasining kardiomiotsiti 
(Purkine tolasi); 1 – yadro; 2 – miofibrillalar; 3 – mitoxondriyalar; 4 – sarkoplazma: 5 –
glikogen parchalari; 6 – oraliq filamentlar; 7 – miofilamentlar komplekslari. 
Sinus tugunining chetlarida oraliq hujayralar joylashadi. Oraliq hujayralar ayniqsa 


233 
atrioventrikulyar tugunda ko’p bo’lib, Peysmeker hujayralari, aksincha, bu tugunda juda 
kamchilikni tashkil qiladi. Oraliq (II tip) hujayralar ingichka, cho’zinchoq shaklda bo’lib, 
ularning ko’ndalang kesimlari tipik kardiomiotsitlarnikidan kichikdir (138-rasm, II B). Oraliq 
hujayralarining sitoplazmasida miofibrillalar nisbatan ko’proq, ular ko’pincha bir-biriga parallel 
yo’nalgan, A- va I-disklar yaqqol ko’rinib turadi. 
Ba’zi oraliq hujayralar qisqa T-naychalar tutadi. Bu hujayralar qo’zg’alish impulsni 
Peysmeker hujayralaridan Gis tutami hujayralariga va qisqaruvchi (tipik) kardiomiotsitlarga 
o’tkazib beradi. 
Gis tutami va uning oyoqchalarining hugayralari III tip hujayralar bo’lib, ular Purkine 
tolalary deb yoritiladi (138-rasm,III). Gis tutami oyoqchalari endokard ostiga hamda miokard 
ichiga tarmoqlanadi. Purkinye hujayralari to’p-to’p joylashgan bo’lib, siyrak tolali biriktiruvchi 
to’qima bilan o’ralgan. Bundan tashqari, ular so’rg’ichsimon mushakka ham kirib boradi. Bu esa 
so’rg’ichsimon mushaklar tomonidan yurak klapanlarini to miokard qisqarguncha tarang qilib 
turishini ta’minlaydi. 
Oddiy mikroskopda qaraganda Purkine tolalari yadrosining markazda joylashganligi va 
ko’ndalang-targilligi uchun qisqaruvchi tipik kardiomiotsitlarga o’xshab ketadi. Ammo ular tipik 
kardiomiotsitlardan farq qilib, ancha yirik (15 mkm va undan katta) bo’ladi. Miofibrillalar 
ingichka bo’lib, asosan, hujayraning chetki qismlarida joylashgan. T-sistema deyarli bo’lmaydi. 
Hujayraning markaziy qismlarida miofibrillalar bo’lmay, ular o’rniga glikogen yig’ilgan. 
Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan preparatlarda glikogen aniqlanmaydi. Shuning uchun 
Purkine hujayralarining markaziy qismi (yadro joylashgan sohadan tashqari) bo’shga o’xshab 
ko’rinadi (138-rasm, IY). Purkine hujayralari qo’zg’alishni oraliq hujayralardan tipik 
kardiomiotsitlarga o’tkazib berish vazifasini bajaradi.
Peysmeker hujayralari o’zining tinchlik potensiali beqaror bo’lishi bilan skelet mushak 
tolalaridan farq qiladi. Skelet mushagi tolalari sarkolemmasi nerv impulsi yetib kelgunga qadar 
qutblangan (polyarlangan) bo’lib qoladi. Peysmeker hujayralarining membranasi esa hujayra 
ichiga natriy ionlarini o’tkazib yuborish xususiyatiga ega. Ma’lum vaqtda (sekundning bo’laklari 
ichida) ularning tinchlik potensiali shunchalik kamayib ketadiki, endi membrana ionlar uchun 
to’siq bo’la olmay qoladi. Bu – hujayra ichiga natriy ionlarining shunday oqimining kirib 
qolishiga olib keladiki, natijada, hujayra membranasi birdaniga va butunlay depolyarizatsiyaga 
uchraydi. Peysmeker hujayralarida vujudga kelgan depolyarizatsiya tirqishli birikish orqali 
barqaror tinchlik potensialiga ega bo’lgan oraliq hujayralarga uzatiladi. U ham darhol 
depolyarizatsiyaga uchraydi. Oraliq hujayra ham o’z navbatida barqaror tinchlik potensialiga ega 
bo’lgan boshqa oraliq hujayralar bilan birikkani uchun butun gruppa depolyarizatsiyaga 
uchraydi. 
Demak, sinus tuguni hujayralari depolyarizatsiya to’lqinini muntazam hosil qilib turadi, 
ular esa butun yurak bo’ylab tarqalib, uning turli bo’limlarini kerakli tarzda birin-ketin 
qisqarishga olib keladi. Aytib o’tish kerakki, sinus tuguning Peysmeker hujayralari odamda tinch 
holatda minutiga 60–70 marta depolyarizatsiyaga uchraydi, biror ish qilganda esa, puls 
tezlashadi. Ba’zan his-hayajon ta’sirida simpatik nervlar aktivligi oshishi natijasida ham puls 
tezlashadi. Bunga sabab, sinus tuguni vegetative nerv sistemasining har ikkala bo’limidan ham 
ko’plab nerv tarmoqlari oladi. Ammo ular Peysmeker hujaylarida depolyarizatsiyaning 
boshlanishiga javobgar emas, ular faqat uning tezligini o’zgartirishi mumkin. Simpatik sistema 
Peysmeker hujayralari depolarizatsiyasi tezligini oshiradi, parasimpatik sistema esa susaytiradi. 
Ba’zan gormonlar ham depolyarizatsiya tezligiga ta’sir qiladi.

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish