HUJAYRALARNING BO`LINISHI (DIVISIO CELLULARUM)
Hujayralarning ajoyib sifatlaridan biri – uning o`zidan ko`payishidir. Bu jarayon hujayra
avlodlarining tugalmasligini (turg`unligini) ta’minlaydi.
Hujayra sikli
(yoki hujayraning hayot sikli) - bu hujayra hosil bo`lgandan to uning
bo`linishi yoki nobud bo`lishigacha bo`lgan siklik davrdir. Ko`p hujayrali hayvonlarda
hujayraning hayot sikli butun organizm hayotidan qisqa bo`ladi. Ko`p hujayrali organizmda
o`layotgan hujayralar doimo yangi hujayralar bilan almashinib turadi. Hujayraning
reproduktsiyasi organizm o`sishi va taraqqiyotining asosi hisoblanadi.
Hujayra reproduktsiyasining bir necha turlari bor:
mitoz
(noto`g`ri bo`linish),
meyoz
va
poliploidiya.
Mitoz.
Mitotik bo`linish o`tgan asrning oxirlarida hayvon hujayralarida Flemming
(1882), o`simlik hujayralarida Strasburger (1882) tomonidan ta’riflangan. Mitoz (yunoncha
mitos - ip) bo`linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir.
46
Hujayra bo`linishidagi jarayonlar ma’lum qonuniyat asosida borib, ularni ketma-ket
keladigan interfaza va mitozga bo`lish mumkin. Ba’zi bir hujayralar populyatsiyasi bo`linishda
bo`ladi (kambial zona hujayralari). Bo`linishga tayyorgarlik vaktini: (interfaza) va mitoz
bo`linishni qo`shib
mitotik sikl
deyiladi (25-rasm).
I n t e r f a z a ilk davrida hujayra ichidagi strukturalarning keskin
o`sishi va shakllanishi
boshlanadi. Bu davrga G
1
–
sintez oldi davri
deb ataladi. Bioximiyaviy tomondan bu davr oqsil
va RNK intensiv sintezi bilan ifodalanadi, bu davr bo`linuvch hujayralar generatsiya vaqtining
30-40% ni tashkil etadi. G
1
davrida uzun va o`zaro chigal hosil qilgan yadro xromatini bo’-
yoqlarni yomon qabul qiladi (geteroxromatin bo`limlaridan tashqari). So`ngra DNK
sintezi
davriga o`tadi
Bu - sintetik davr - S. Bu davr davomida yadroda DNK sintezi kuzatiladi.
Generatsiya vaqtining 30-50% ini tashkil qiluvchi bu davrda DNK ning spetsifik azot asosi
timidin yadro xromatini tarkibiga kiradi. Sintetik davr natijasida xromosomalar, ya’ni
hujayraning nasl materiali ikki marta ko`payadi. S davrdan so`ng G
2
-
mitoz oldi davri
kelib, u
hujayraning spetsifik oqsillar hamda ATF sintezi va hujayraning bo`linishiga tayyorgarligi bilan
ifodalanadi. Bu davr generatsiya vaqtining 10-20% ini tashkil etadi. G
2
-davridan so`ng,
generatsiya vaqtining 5-10% ini tashkil qiluvchi M - mitoz davri boshlanadi.
25- rasm. Mitotik sikl (sxema).
G
1
- presintetik (postmitotik) davr; S - sintetik davr; G
2
- postsintetik (premitotik davr).
M i t o z jarayonining o`zida 4 faza farq qilinadi (26, 27, 34-rasmlar).
Profazada
xromosomalarning kondensatsiya bo`lishi va mitotik apparatning shakllanishi
kuzatiladi. Xromosomalar kattalashadi va yo`g`onlashadi. Bu hodisa S davrida hosil bo`lgan
xromatidalarning spirallanishi bilan tushuntiriladi. Spiralizatsiya protsessida xromatidalarning
biri ikkinchisi atrofida aylanmay, balki har biri o`zicha spiral hosil qiladi. Shuning uchun ular
mitozning keyingi fazalarida yengil ajraladi. Profazaning oxirida xromosomalar juft
xromatidalardan tashkil topdi. Xromosomalarning kattalashishi va yo`g`onlashishi bilan birga
xromatidalar sentromerlar deb ataluvchi ma’lum bo`lmalari bilan birlashadi. Profaza oxirida
xromosomalar bo`linayotgan yadroning ekvatorial yuzasida joylashib, bo`linish dukchasini hosil
qila boshlaydi (27-rasm,
a).
Duk ikki tipdagi ipchalardan - qutblarni birlashtirib turuvchi
markaziy va qutblarni xromosoma sentromerlari bilan birlashtirib turuvchi xromosoma
ipchalaridan tashkil topgan. Elektron mikroskopiya mitotik apparat ipchalari zich devorli
naychalardan tashkil topganligini ko`rsatadi. Ularning diametri 20 nm, devori qalinligi 4-5 nm.
Hayvonlarda sentriolalar orasidagi dukcha sentriolalar yad-roning bir tomonida yotganda
hosil bo`ladi. So`ngra, sentriolalar yadroning qarama-qarshi qutblariga qarab siljiydi. Bu vaqtda
dukcha kattalashib, yadro sohasini egallab oladi. Profaza uchun yadrochaning yo`qolishi va
yadro qobig`ining erishi xarakterlidir. Elektron mikroskopik kuzatishlar mitoz davrida yadro.
qobig`ining bo`lakchalari yo`qolmay, balki endoplazmatik to`r membranalarga aylanishini
ko`rsatdi. Mitoz oxirida yadro qobig`i donador endoplazmatik to`r membranalaridan qayta hosil
bo`ladi.
47
26- rasm. Hujayraning mitoz usuli bilan bo`linishi (sxema).
I, 2-interfaza; 3, 4-profaza; 5-metafaza; 7, 8-telofaza (Meziyadan).
48
27-rasm. A, B-Mitoz (kariokinez). Piyoz po`sti. Temirli gematoksilin bilan bo`yalgan.
A-ob. 60, ok. 10; B-ob. 40, ok. 10. 1-profaza; 2-metafaza: 3-anafaza; 4-telofaza.
27- rasm. V. Hayvon hujayrasidagi migoz. Ingichka ichak
Do'stlaringiz bilan baham: |