351
214- rasm. Yo’g’on ichak. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgap. 06. 20, ok. 10.
1 - krnpta; 2 - qoplovchi epiteliy; 3 - kadahsichon hujaPralar; 4
- krchptaching kun-dalang
kesimi; 5-bnriktiruvchi to’qimali xususiy qatlam.
Epityoliy ostida siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq pardaning
xususiy qatlami joylasha-di. Bu qatlam qon tomir va nerv chigallariga mo’l va ingichka
ichakning shunday qatlamiga nisbatan limfoid to’qima to’plamla-rini ko’proq tutadi. Bu
tuzilmalarning soni to’g’ri ichak tomon kamayib boradi. Limfoid follikullardan limfotcitlar atrof
to’qimaga yoki epiteliyga qarab migratciya qilishi mumkin.
SHilliq pardaning mushak qatlami ichki - aylana, tashqi - uzunasiga va qiyshiq yo’nalgan silliq
mushaklardan iborat.
SHilliq osti, mushak va seroz pardalar ingychka ichakning shunday pardalari kabi tuzilgan
bo’lsa-da, ayrim farq-larga ega. Yo’g’on ichak shilliq osti pardasida limfoid folli-kullar ko’plab
uchraydi. Bu follikullar xususiy qatlamdan bo’r-tib turadi. Mushak parda 2 qavat-aylana (ichki)
va uzunasiga (tashqi) yo’nalgan mushaklardan iborat. Tashqi mushaklar qava-ti yaxlit bo’lmay,
mushak hujayralari tutam-tutam joylashib, butun chambar ichak bo’ylab yo’nalgan 3
ta tasma
hosil qiladi. Bu joylar tashqariga turtib chiqib turuvchi bo’rtmalar hosil qila-di. Mushak
qatlamlari orasida siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima joylashib, u tomirlar va nerv
chigallari tutadi.
Yo’g’on ichakning seroz pardasi chambar ichakni tashqi tomon-dan o’rab, ko’pgina yog’
hujayralariga ega.
352
215- rasm. Yo’g’on ichyak krpptalariming eliteliysi. Gematoksn-lin-eozin bilap bo’yalgan. 06.
40, ok. 10.
1 - jiyakli hujayralar; 2 - jiyak; 3 - qadahsimon hujayra; 4 - kripga b>shligi; 5 - xususiy qatlam.
To’g’ri ichak. To’g’ri ichakda yuqori - chanoq va pastki - anal qismlar tafovut etiladi. yo’g’on
ichakning chanoq qismi shilliq pardasida uchta ko’ndalang burma mavjud bo’lib, ularning hosil
bo’lishida shilliq osti pardasi va mushak pardaning aylana qa-vati ishtirok etadi. Bu burmalar
quyiroqda 8-10 ta uzunasiga yo’nalgan burmalar bo’lib, ular orasida chuqurliklar bor.
To’g’ri ichakning anal qismida uchta: ustunsimon, oraliq va te-ri zonalari tafovut etiladi.
Ustunsimon zonada uzunasiga joylashgan burmalar anorektal us-tunlar hosil qilsa, oraliq zonada
bu ustunlar qo’shilib shilliq pardaning eni 1 sm cha bo’lgan silliq yuzali zonasi - bavosil
halqasi (zona haemorrhoidalis) ni tashkil qiladi. SHu burmalar. orasidagi chuqurchalar (botiqlik)
rektal sinuslarni hosil qiladi.
To’g’ri ichakning devori ham chambar ichak kabi tuzilishga ega bo’lib, shilliq, shilliq osti,
mushak va seroz par-dalardan iborat.
SHilliq parda epiteliy, xususiy va mushak qatlamlarga ega. Yo’g’on ichakning ayrim qismlarida
epiteliy har xil bo’ladi. To’g’ri ichakning yuqori qismida epiteliy bir qavatli prizmatik,
ustunsimon zonasida ko’p
qavatli tcilindrsimon, oraliq zonasi-da ko’p qavatli yassi
muguzlanmaydigan va teri zonasida ko’gg qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy. Ko’p qavatli
kubsimon epi-teliy ko’p qavatli yassi epiteliyga birdan egri-bugri a n o r e k-tal chiziq (linea
anarectalis) hosil qilib o’tadi. Teri epi-teliysiga o’tish esa asta-sekin bo’ladi.
To’g’ri ichak epiteliysida jiyakli, qadahsimon va ayrim endo-krin hujayralar mavjud. Endokrin
hujayralar (ECL) ichak-ning ustunsimon zonasida ko’plab uchraydi. To’g’ri ichakning yuqo-ri
qismlarida kriptalar ko’p bo’lsa, quyi tomon ular yo’qolib boradi.
Xususiy qatlam siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, ayrim limfa
follikullarini tutadi. To’g’ri ichakning ustunsimon zonasida
yupqa devorli qon tomir-lar,-
lakunalar bo’lib, ulardan venalarga qon o’tadi. Ichakning oraliq zonasida ayrim yog’ bezlari
uchrasa, teri qismida esa te-riga xos bo’lgan boshqa tuzilmalar ham bo’ladi.
SHilliq pardaning mushak qatlami ingichka ichakdagidek 2 qavat bo’lib uzunasiga yo’nalgan
353
burmalargacha davom etadi- ichakning oxirgi qismida mushaklar yo’qolib boradi. SHuning
uchun ham ichakning bu qismida shilliq pardaning xususiy qat-lami to’g’ridan-to’g’ri shilliq osti
pardaga o’tadi. Bu qavatlar ko’pgina mayda burma venalar tutadi. Bu venalarning amaliy
meditcinada - klinikada ahamiyati katta. SHu venalar kengayishi natijasida shilliq parda siljiydi
va kengaygan tomir anal teshik yuzasiga chiqib qoladi- gemorroy kasalligi kelib chi-qadi.
SHilliq osti parda siyrak tolali shakllanmagan bi-riktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, nerv
oxirlari va nerv chigallari tutadi. Bu parda venalarga mo’l va mushak pardaga qadar davom
etuvchi naysimon bezlarga ega.
To’g’ri ichakning mushak qavati ikki - ichki (aylana)
va tashq
i
(uzunasiga yo’nalgan) qatlam
silliq mushak hujayralaridan iborat. (sphincter ani internus et externus). Aylana mushaklar
yuqori va quyi qalinlashgan joy (sfinkterlar) hosil qiladi. Quyi sfinkter ko’nda-lang - targ’il
mushakdan tashkil topgan to’g’ri ichak mushak pardasi-ning tashqi bo’ylama qavati yo’g’on
ichakning boshqa qismlaridan farh-li o’laroq yaxlitdir. Mushaklar orasidagi nerv chigallari va
qon tomirlari mo’l bo’lgan siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’-qima qatlami joylashadi.
216- rasm. CHuvalchangsimop o’simta. A - shilliq pardya;
B -shilliq ssti pardasi; V - mushak
parla; G - seroz parda.
I - 5piteliy; 2 -xususiy qatlam; 3 - shillnq pardaning m>shak qatlamn; 4 - kripta; 5 - limfoid
folliqul; 6 - qon tomirlar; 7 - mezoteliy (v. G. Eliseevdan).
Seroz parda to’g’ri ichakning faqatgina
yuqori qismini qoplaydi, distal qismi esa adventitcial
parda bilan o’ralgan bo’ladi.
CHuvalchangsimon o’simta (oppendix). CHuvalchangsimon o’simta ko’r ichakning ortig’i
hisoblanib, uzunligi 2-25 sm, yo’g’onligi 0,5 sm dir. Ko’p hayvonlarda ichakning bu qismi
yaxshi rivojlan-gan bo’ladi. SHuning uchun ham ba’zi olimlar bu tuzilmaii
Do'stlaringiz bilan baham: