338
INGICHKA ICHAK
Ingichka ichakda oziq moddalarning parchalanishi va so’rilishi: bilan bog’liq turli xil jarayonlar
amalga oshadi. Bu erda hamma oziq moddalar - oqsillar, yog’lar va karbonsuvlar ximiyaviy ji-
hatdan qayta ishlanadi, ya’ni parchalanadi. Oqsillarni qayta ishlashdan oddiy oqsillarni
parchalovchi - e n t e r o k i n a z a,. kinazogen va tripsin, peptidlarni aminokislotalargacha
parchalovchi - erepsin (peptidazalar aralashmasi) va murak-ka.b oqsillar- nukleoproteidlarni
parchalovchi - nukleaza fermentlari ishtirok etadi. Qarbonsuvlarni parchalashda - amilaza,
mal’taza, saxaroza, laktaza va fos-fataza, yog’larni parchalashda-lipaza fermentlari qatna-shadi.
Ichakning evakuatciya faoliyati uning mushak pardasining peristal’tik qisqarishi hisobiga
bajariladi. Bundan tashqari» ichak endokrin vazifani ham bajaradi va serotonin, gnstamin,
motilin, sekretin, enteroglyukagon, xoletcistokinin, pankrezi-min, gastrin va gastrinni ingibitori
kabi biologik aktiv mod-dalarni ishlab chiqaradi.
Taraqqiyoti. Embrion rivojlanishining 5-haftasida birlamchn ichak nayi o’rta qismining oldingi
bo’limidan o’n ikki barmoq, o’rta bo’limidan och ichak, yombosh va yo’g’on ichaklar paydo
bo’lsa, orqa bo’limi to’g’ri ichakni hosil qiladi. Vorsinkalar, kriptalar epiteliysi va duodenal
bezlar ichak endodermasidan hosil bo’-ladi. Homila taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida
ichak nayn yirik kubsimon entodermal hujayralari bilan qoplangan. 5 haftalik homila ingichka
ichak epiteliysi ikki qator prizmatik bo’lsa, faqat 7-8 haftadan keyingina bir qavatli tcilindrsi-
mon ko’rinishda bo’ladi. Taraqqiyotning 3-oylari davomida ichak yuzasida ko’ndalang
chuqurchalar bilan alohida qabariqlarga bo’-linuvchi uzun burmalar paydo bo’ladi. SHu
qabariqlar bo’lajak vorsinkalar o’rnidir. 4-oylarga kelib ham ingichka, ham yo’g’on ichaklar
ichki yuzasi vorsinkalar bilan qoplanadi. Ingichka ichak-da vorsinkalar soni ortib boradi, yo’g’on
ichak vorsinkalari esa taraqqiyotining 9- oyi davomida asosidan to uchiga qadar bir-bi-ri bilan
tutashib ketadi. Vorsinkalarni ajratib turuvchi bo’sh-liq shilliq parda hosil qilgan chuqurchalar
holida bo’lib, Li-berkyun bezlari yoki kriptalar deb ataladi.
Ingichka ichak vorsinkalari uzunasiga uning yarmigacha tutash-ganligidan bu erda kriptalar
chuqur bo’lmaydi. Un ikki barmo^ ichakning xususiy bezlari (Brunner bezlari) homila
hayotining 4-oylarida kripta epiteliysining shilliq osti pardasiga o’sib kirishidan hosil bo’ladi.
SHilliq pardaning xususiy qatlami va shilliq osti parda embriogenezning 7-8- haftalarida
mezenximadan taratcqiy eta-di.
Mushak parda qatlamlari bir vaqtda hosil bo’lmaydi, dastav-val 7-8-haftalarda ichakning ichki
mushak qatlami, so’ng tashqi uzunasiga yo’nalgan qatlam rivojlanadi. Mushak parda embrion
339
206- rasm. Ingichka ichak devorishshg tuzilpshi. Gematoksilii-eozin bi-
lai bo’yalgan. 06. 3,5, ok. 10. 1 -shilliq parqa: a - so’rrichlar (vor-u-inkalar); b - kriptalar; 2 –
shilliq osti pardasi; 3 - mushak parda; 4 - serez parda.
hayotining 7-8 oylarida to’la hosil bo’ladi. Seroz parda pusht taraqqiyotining
5- haftalarida embrional biriktiruvchi to’qimadan paydo bo’ladi.
INGICHKA ICHAKNING TUZILISHI
Ingichka ichak devorida shilliq, shilliq osti, mu-shak va seroz pardalar ta-fozut etiladi (206-
rasm).
SHillitc, parda
epiteliy, xususiy va mushak qatlam-lardan iborat bo’lib, unda aylana burmalar,
vorsnnka (so’rg’ichlar) hamda kripta-lar borligi uchun ingichka ichakka xos bo’lgan manzara-ni
yaratadi. Bu tuzilmalar ikgichka ichakning umumiy yuzasini oshiradi va uning asosiy
vazifalarini baja-rishga yordam beradi.
A y l a n a burmalar (plicae circulares) shilliq va shilliq osti pardalari hisobi-ga hosil bo’ladi.
Vorsinkal ar (villi in-testsinales) shilliq pardaning barmoqsimon bo’rtmalari bo’-lib, ichak
bo’shlkg’ida erkin holda chiqib stadi. Ingichka ichakda vorsinkalar soni juda ko’p. Vorsipkalar
miqdori va balandligi ingichka ichakpiing butun uzunasi bo’ylab bir xil-da bo’lmay, o’rta
340
hisobda o’n
ikki barmoq ichakiing 1 mm
2
yuzasida 22- 40, yonbosh ichakda zsa 18 dan 25 tagacha bo’ladi.
O’n ikki barmoq ichakda vorsinkalar serbar va kalta (balandligi 0,2 - 0,5 mm), och va yonbosh
ichaklarda esa ingichka-poi^, lekin baland (0,5-1,5 mm gacha) bo’ladi. Vorsinkalarning hosil
bo’lishida shilliq pardaning hamma kavatlari ishtirok etadi. Vorsin-kalar hamda burmalar
hisobiga ichak yuzasi 10 martagacha oshadi.
Kriptalar yokiichak b e z l a p i (criptae seu glandulae intestina-les) epiteliyning xususiy
plastinkaga botib kirishidan hosil bo’lgan naysimon tuzilmalardir. Ular vorsinkaler orasiga
ochiladi. Ingichka ichakning 1 mm
2
yuzasida 100 tagacha kripta bo’lib, ularning umumiy soni
150 mln dan oshadi. Har bir kriptanning uzunligi 0,25-0,5 mm diametri esa 0,07 mm atrofida
bo’ladi. Ingichka ichakda kriptalar-ning umumiyyuzasi 14m
2
ga etadi. Vorsinkalar va
kriptalarning yuzasi bir qavatli prizmatik epiteliy bilan qoplangan. Vorsinkalar epi-teliysi 3 xil:
«jiyakli» prizmatik (enterotcitlar), qadahsimon va endokrin hujayralardan tashkil topgan.
Kriptalarda esa yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, Panet xujayralari va ixtisoslashmagan,
«jiyaksiz» hujayralar ham bo’ladi. Limfoid follikulalar sohasida-gi epiteliy tarkibida ba’zan
«tukli» - neyroepitelial va M-hujay-ralar uchrab turadi.
Hoshiyali p r i z m a t i k h u j a y r a l a p (enterotcitlar) baland, tcilindrsimon bo’lib,
cho’zinchoq yadrosi hujayraning past-ki '/z qismida joylashgan. Bu hujayralarning apikal
plazma-tik membranasida «jiyak» (hoshiyalar) ko’rinadi. Elektron mik-roskop «jiyak»ning
tcitoplazmatik o’siqchalar - mikrovorsinka-lardan iborat ekanligini ko’rsatadi (7, 44(G)-
rasmlarga q.). Har bir prizmatik hujayra 2-3 ming mikrovorsinkaga ega. Mik-rovorsinkalarning
uzunligi 0,65-1,5 mkm, eni esa 0,1 mkm. Mik-rovorsinkalar hisobiga ichakning so’rilish yuzasi
30-40 marta oshadi.
Har bir mikrovorsinka uch qavatdan tuzilgan plazmatikmem-brana bilan qoplangan.
Mikrovorsinkalar matriksi tcitoplaz-maga nisbatan hiyla zich bo’lib, mikronaychalar va
fibrillalar tutadi. Ular yuqorida apikal membrananing ichki elektron zich qavati bilan bog’langan
bo’lib, terminal to’rda tamom bo’ladi. «Jiyakli» hujayralar mikrovorsinkalarida fosfataza,
aminO-peptidaza, invertaza, nukleoziddifosfataza, glikozidaza, mal’-taza, laktaza, saxaraza va
boshqa fermentlarning ko’pligi aniq-langan. Bu ma’lumotlar mikrovorsinkalar faqatgina hujayra-
ning so’rish yuzasinigina oshirib qolmay, balki so’riladigan moddalarni parchalashda ham aktiv
ishtirok etishini ko’rsatadi.
Mikrovorsinkalar yuzasida lipoproteid va glikozamingli-kanlardan tashkil topgan glikokaliks
joylashgan.
«J iyakli» hujayralarning apikal qismida yaqqol ko’rinib turadigan terminal to’r bo’lib, u hujayra
yuzasiga pa-rallel’ yo’nalgan filamentlardan tashkil topgan.
Prizmatik hujayralar organellalarining aksariyati termi-nal to’r va yadro oralig’i zonasida
joylashgan. Hujayra organel-lalaridan ko’p miqdorda uchraydigan mitoxondriyalar alohida
341
207-rasm. Ingichka ichak epiteliysi qadahsimon hujayrasining elektron mikrofo-
tografiyasi. x8.000 (K. I. Rasulov rasmi). ' -yadro; 2-sekretor donachalar; 3 - plastinkasimon
kompleks.
o’rin tutadi. Ular hujayrannng apikal qismida cho’zinchoq bo’lsa, bazal qism sari dumaloq
shaklga ega bo’lib boradi va betartib joylashadi. Prizmatik hujayralarda Gol’ji kompleksi yaxshi
rivojlangan va, asosan, hujayra yadrosining ustida joylashgan. Donador endoplazmatik to’r
hujayra tcitoplazmasida bir xpl tarqalgan. Erkin ribosoma va polisomalar butun tcitoplazma
bo’ylab joylashadi. Endoplazmatik to’r va Gol’ji kompleksi at-rofida ribosomalarning yirik
to’plamlari joylashgan. Prizma-tik hujayralarning yadrosi oval bo’lib, hujayraning pastki qismida
joylashadi.
Qadahsimon h u j a y r a l a p (exocrinocyti caliciforrnes) ichak-ning boshlanishidan oxmrigacha
mavjud bo’lib, prnzmatik hujayralar srasida yakka-yakka joylashgan (207-rasm). Ingichka ichak
vorsinkalari asosida, kriptalarning kjori qismlarida qadahsimon hujayralar an-chagina ko’p
bo’ladi. O’n ikki barmoq ichakdan yonbosh ichakka qarab ularning soni ortib boradn.
Qadahsimon hujayralar karboksil tutuvchi, sul’fatlangan,. kislotali glikozaminglikanlar,
sialomutcin va neytral gliko-zamimglikanlar komplekslaridan iborat shilliq sekret ishlab
chiqaradi. Sekret bilan to’lgan hujayra qadah shaklini oladi, yadro va boshqa organellalar,
hujayraning ingichkalashgan bazal qismiga qarab siljigan bo’ladi (207- rasmga q.). Hujayradan
342
sekret apikal membrananing yorilishi bilan chiqadi. Hujayra-lardan sekret chiqishi bilan sekretor
tcikl yaia qaytariladi. Le-kin sekreti chiqib ketgan ayrim hujayralar emirilib ketishi ham
mumkin. Qadahsimon hujayralar kriptalarning differentci-allashmagan hujayralaridan taraqqiy
etadi.
Endokrin hujayralar maxsus bo’yoqlar yordamida bo’-yalganda ko’rinadi. Bu hujayralar asosan
kriptalarda joylash-gan bo’lib, vorsinkalar epiteliysida ham uchrab turadi. Kumush tuzlari bilan
bo’yalganda endokrin hujayralarning asosi keng, apikal qismi esa toraygan bo’lib, ko’pincha,
epiteliy yuzasiga etib bormaganligi yaxshi ko’rinadi. Bu hujayralar o’simtalarga ega bo’lib,
o’simtalari epiteliy hujayralari orasiga tarqaladi. Endokrin hujayralar tcitoplazmasi oqish bo’lib,
o’zining bazal qismida ko’plab sekret donachalari tutishi bilan ajralib tura-di (208-209-rasmlar).
SHuning uchun ba’zan
Do'stlaringiz bilan baham: |