326
bo’lgan yosh hujayralar etilib yuqoriga suriladi,
yuza hujay-ralar, esa ketma-ket tushib turadi.
SHu tarzda fiziologik rege-keratciya yuz beradi. Epiteliy aniq ko’rinadigan bazal membrana-da
yotadi. Uning ostida xususiy plastinka joylashgan. Xususiy plastinka siyrak tolali shakllanmagan
biriktiruvchi to’qima-dan iborat. Xususiy qavat epiteliyga botib kirib so’rg’ichlar hosil qiladi.
Biriktiruvchi to’qimada elastik va kollagen to-lalar mo’l bo’ladi. Bu erda biriktiruvchi
to’qimaning hamma kom-ponentlari mavjud bo’lib, juda ko’p limfotcitlar uchraydi. Ko’-pincha
bu limfotcitlar diffuz joylashsa, ba’zan ular limfoid follikul hosil qilishi mumkin.
SHilliq pardaning xususiy plastinkasida qizilo’ngachning kar-dial bezlari joylashadi. Ular to’da-
to’da bo’lib 2 gruppani tash-kil qiladi. YUqori gruppa kardial bezlar
hiqildoqning uzuksi-mon
tog’ayi va kekirdakning 5- halqasi sohasida, pastki to’dasi esa quyi qismida - qizilo’ngachning
me’daga o’tish erida yotadi. Bu bezlar me’daning kardial bezlariga o’xshash tuzilgan. Bez-
larning oxirgi bo’limlari shilliq ishlab chiqaruvchi tcilindrsi-mon yoki kubsimon hujayralardan
iborat bo’lib, ba’zan ular orasida pariegal hujayralar ham uchraydi. Bez naylari epite-liy
yuzasiga ochiladi. Qizilo’ngachning kardial bezlari ko’p miq-dorda
endokrin hujayralar tutadi,
ular asosan bezning oxirgi bo’limlarida, qisman chiqaruv naylarida joylashgan. Bu hujay-ralar
me’da-ichak nayining EC, ECL va boshqa hujayralariga o’xshaydi. Qizilo’ngachning
kardial
bezlarining tuzilishi, joy-lashishi va funktciyasini bilish shifokorlar uchun muhim aha-miyatga
ega, chunki ular joylashgan erda ko’pincha qizilo’ngachning ikkilamchi bo’shliqlari, kistalari,
yaralari va o’smalari hosil bo’ladi. SHilliq pardaning mushak plastinkasi elastik tolalar turi bilan
o’ralgan silliq mushak hujayralaridan tuzilgan. Ular bo’ylama
joylashadi va quyi tomonga
ko’payib borib, qi-zilo’ngachning me’daga o’tadigan erida qalinligi 200-400 mkm ga etadi. SHu
mushakning qisqarishi natijasida ovqat luqmalari-ning o’tishi engillashadi.
SHilliq osti pardasi
siyrak tolali shakllanmagan birikti-ruvchi to’qimadan tuzilgan. Kollagen va
elastik tolalar ko’pincha bo’ylamasiga yo’naladi. Bu qavat qalinligi 300-700 mkm ga teng bo’lib,
bu erda qizilo’ngachning shilliq ishlab chiqaruvchi xususiy bezlari (glandula oesdphgea propria)
joylashadi. Bu - murak-
kab tarmoqlangan naysimon-al’veolyar bezlardir. Bezlarning
oxirgi bo’limlari faqat shilliq hujayralardan tashkil topgan. ‘ez sekreti avval mayda, so’ng yirik
chiqaruv naylariga quyila-di. Ular qo’shilib, epiteliy yuzasiga ochiladi. Mayda naychalarda
epiteliy bir qavatli kubsimon
yoki past tcilindrsimon, yirik naylarda esa ko’p qavatli yassi
hujayralardan iborat. Qizilo’n-gachning xususiy bezlarining mahsuloti shilliq pardaning yuza-
sini namlab oziq moddaning yaxshi siljishini ta’sirlaydi. Xususiy bezlar asosan qizilo’ngachning
yuqorigi '/z qismida uchraydi.
Mushak parda
ichki aylana va tashqi bo’ylama yotgan mushak qavatlardan iborat bo’lib, uning
qalinligi 1-2 mm ga teng. Mu-shak parda qizilo’ngachning yuqori 7z qismida ko’ndalang targ’il,
o’rta 7z qismida ham ko’ndalang-targ’il, ham silliq mushak, quyi i/z qismida esa faqatgina silliq
mushaklardan tuzilgan. Bu xu-susiyat kesmada qizilo’ngachning
qaysi joyidan olinganligini
aniqlash uchun belgi bo’ladi. Ichki tcirkulyar qavat ikki bo’rt-ma - qizilo’ngach sfinkterlarini
hosil qiladi. YUqori sfinkter uzuksimon tog’ay sohasida joylashgan bo’lsa, ikkinchi - pastki
sfinkter qizilo’ngachning me’daga o’tish joyida hosil bo’ladi. Bu tuzilmalar amaliy meditcinada
katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: