Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

adenoid 
deb ataladi va operatciya yo’li bilan olib 
tashlanadi. 
Til murtagi embrional taraqqiyotning 5-oyida rivojla-nadi. SHu davrda tilning ildiz qismida, 
shilliq bezlarining chiqaruv naylari atrofida limfotcitlar to’plana boshlaydi. Bo-laning tug’ilish 
arafasida til epiteliysining mezenximaga botib kirishi natijasida til murtagida kriptalar hosil 
bo’ladi. Kriptalarning va murtakning yuzasini qoplovchi epiteliy bu er- 
da ham ko’p qavatli yassi epiteliy; uning ostidagi siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi 
to’qimada limfotcitlar ko’plab uch-raydi. Limfotcitlar bu erga limfoid follikullardan keladi. 
Follikullarda reaktiv markaz mavjuddir. Mayda so’lak bezla-rining naylari murtak kriptalari 
orasiga ochiladi. So’lak bez-lari sekretlari kriptalarni tozalab turadi. Kriptalar bo’shli-g’ida 
mikroorganizmlar o’lgan (epiteliy hujayralari) limfo-tcitlar uchraydi. 
Hazm yo’llarining oldingi qismida yana bir gruppa - limfo-id tuzilmalar uchraydi. Bular ichida 
yirikroqlari Evstaxiy nayi bilan kekirdak murtaklaridir. Bularning tuzi-lishi yuqorida qayd 
etilgan murtaklarga o’xshash bo’ladi. Ular bu erga tushgan mikroblarni qamrab oladi va 
parchalaydi (fagotci-toz qiladi). Murtaklarning xususiy qatlamlari siyrak tolali shakllanmagan 
qo’shuvchi to’qimadan iborat. Bu erda ko’payish mar-kaziga ega bo’lgan ko’pgina limfoid 
follikullar bo’ladi. SHil-liq osti pardasi murtakni o’rab, uning kapsulasini hosil qiladi. SHu erda 
ko’plab qon, limfa tomirlari, nerv tolalari va so’lak bezlarining oxirgi sekretor bo’limlari 
joylashadi. 
Murtaklar ikki xil: himoya va qon hosil qilish funktciyasini bajaradi. Himoya vazifasi bu erga 
tushgan mikroblarni fagotcitoz qilish va mikroblarga qarshi antigen hosil qilib, butun organizmni 
shu mikrobga qarshi tayyorlashdan iborat bo’lsa, qon yaratish faoliyati limfoid follikullarda 
limfotcitlar hosil bo’lishi bilan ifodalanadi. 
Hozirgi kunda hazm yo’llaridagi murtaklar va tanglay mur-taklari limfotcitlarining antitelo va 
immunoglobulinlar ish-lab chiqarishda faol qatnashishiga shubha qolmadi. Ular immu-
nokompetent hujayralarga antigen strukturasi haqida ma’lumot berib turadi. Epiteliy hujayralari 
orasida joylashgan lim-fotcitlar epiteliy hujayralarini almashinishida ham qatnasha-di, ya’ni 
limfotcit epiteliy hujayralarini surib chiqaradi, de-gan fikr bor. 
Murtaklar yoshga qarab ham o’zgaradi. Ular bolalarda yaxshi rivojlangan bo’lib, kishi ulg’aygan 
sari sekin-asta atrofiyaga uchraydi, ba’zi birlari qariyalarda yo’qolib ketib, ularning o’rnini 
biriktiruvchi to’qima egallaydi. 
SULAK BEZLARI 
So’lak bvzlari alohida-alohida joylashgan 3 juft yirik: quloq oldi (glandula parotis), jag’ osti 
glandula submandibularis va til osti (glandula sublingualis) bezlaridan hamda og’iz 
bo’shlig’ining shil-liq pardasida joylashgan juda ko’p mayda: l a b, l u n j, t i l, tanglay 
bezlaridan iborat. Barcha so’lak bezlari tuzilishiga ko’ra naysimon, al’veolyar va al’veolyar-
naysimon bezlarga (190-rasm), ishlab chiqargan sekretining xususiyatiga ko’ra shilliq bezlari
oqsil bezlari va aralash bezlarga tafovut qilinadi. 


314 
190- rasm. So’lak bezlarining tuzilishi. A - jag’ sstp bezining bo’lakchasn; B -til osti bezining 
bo’lakchasi; V - qulsq oldi bezining bo’lakchasi; G - bez turli bo’lim- 
larining ko’ndalang kesimi. 
1 - chiqaruv yo’li; 2 - so’lak gaylari; 3 - kiritma naGlgr; 4 - sqsil 1:shlab chiqaruvchi 
oxirgi bo’lim; 5 - shilliq ishlab chiqaruvchi oxirgi bo’lim; 6 - grglssh (skskliklliq! sek- 
ret ishlab chiqaruvchi oxirgi bo’lim; 7 - misepitelyal hujayralar (V. G. Elisesvdan). 
Quloq oldi bezi. Bu bez murakkab tarmoqlangan al’veolyar bez bo’lib, sekreti sof oqsil. Bez 
tashqi tomondan nozik birik-tiruvchi to’qimali kapsula bilan qoplangan, kapsuladan bez ichi-ga 
uni mayda bo’laklarga bo’luvchi to’siqlar -trabekulalar tar-moqlangan (191-rasm). Bu 
biriktiruvchi to’qimali to’siqlarda qon tomirlar, so’lak naylari, nerv tutamlari va hujayralari 
191- rasm. Quloq oldi bezi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. Ob. 10, 
ok. 10.
' ' 


315 
1 - bo’lakchalar orasidagi siyrak tolali biriktiruvchi to’qima; 2 - bezning oxirgi 
bo’limi; 3 - so’lak chkqaruv nayiping kiritma qgsmi; 4 - so’lak naychasi; 5 - qon to- 
mirlar; 6 - ekskretor nay. 
yotadi. Quloq oldi bezining har bir bo’lakchalari oxirgi sekretor pufakcha - atcinuslardan va 
chiqaruv naylaridan iborat. Atcinus-lar ikki xil hujayralardan tuzilgan. Atcinuslarni tashkil etgan, 
sekretor xususiyatiga ega bo’lgan, piramidasimon hujayra-larning yadrosi yumaloq bo’lib, 
hujayraning bazal qismida joy-lashadi. Bu hujayralarning yadro ustki qismi mayda oksifil 
sekretor donalar tutsa, kengroq bazal qismi bazofil xususiyati-ga ega. Sekretor hujayrasining 
uchida mikrovorsinkalar mav-jud, apikal tcitoplazmada ko’pgina sekret donalari joylashadi. 
Ularning miqdori hujayraning ish holatiga ko’ra o’zgarib tura-di. Oqsil sekretciyasida ishtirok 
etuvchi hujayralari orasida hujayralararo sekretor nay bo’lib, hujayra mahsuloti shu nay orqali 
atcinus bo’shlig’iga tushadi. 
Atcinusnintc ikkinchi hujayrasi atcinus hujayralarini o’zi-ning uzun o’simtalari bilan o’rab 
turuvchi va atcinus hujayrasi bilan bazal membrana o’rtasida joylashgan mioepitelial hujay-
ralardir. 
Mioepitelial hujayralar og’iz bo’shlig’i epiteliy hujayra-larining hosilasi bo’lsa-da, bajaradigan 
faoliyati - qisqarish funktciyasi mushak elementlarini eslatadi. Bu hujayralar atci-nus epiteliy 
hujayralarini har tomondan o’rab turganligidan ular «savatsimon hujayralar» deb ham ataladi. 
Mioepitelial hujayralar tcitoplazmasida joylashgan maxsus qisqaruvchn fib- 
rillalar bu hujayraning atcinus epiteliysini siqib, hujayra sekretini atcinus bo’shlig’iga chiqarib 
berishni ta’min etadi. 
Bezning chiqaruv naylari bo’lakchalar ichki (ductus intralo-bilaris), bo’lakchalararo (ductus 
interlobularis) naylardan va bez-ning u m u m i y nayidan (ductus excretorior seu glandulae) 
iborat. Bo’lakchalar ichki nayi o’z navbatida kiritma qismdan (dustus intercalatus) va so’lak 
naylaridan tashkil topgan. 
CHiqaruv naylari kiritma qismdan boshlanadi. Kiritma nay past kubsimon epiteliydan tuzilgan 
bo’lib, ularning bazal mem-branasida mioepitelial hujayralar joylashadi. Bu kiritma naylar so’lak 
nayiga o’tadi. So’lak nayi bir qavatli oksifil tcitoplazmali tcilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. 
Bu hu-jayralarning bazal qismida plazmatik membrananing burma-lari orasida ko’plab 
tayoqchasimon mitoxondriyalar joylashib bazal chiziqlar hosil qiladi va shuning uchun ham bu 
tuzilma 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish