XVI BOB NAFAS OLISH SISTEMASI (SYSTEMA RESPIRATORHJM) Nafas olish sistemasi organizm bilan tashqi muhit o’rtasi-da gaz almashinishini ta’minlash
vazifasini bajaradi. Nafas olish o’pka al’veolalarining ritmik (bir me’yorda) kengayish va
qisqarish jarayoni bo’lib, atmosfera havosining o’pka al’veo-lalari devorlaridagi kapillyarlar
qoni bilan bo’lgan aloqasini ta’minlaydi.
Nafas olish sistemasi burun b o’ sh l i g’ i, h i q i l d o q, traxeya vabronxlardan iborat havo
o’tkazish yo’llaridan hamda o’pka pufakchalari - al’veolalardan iborat respirator bo’limlardan
tashkil topgan. Havo o’tkazish yo’llari-da havo namlanadi, isiydi va har xil chang
zarrachalaridan tozalanadi. Respirator bo’limlarida esa qon va al’veolalar o’rtasida havo
almashinadi.
Taraqqiyoti. Nafas organlarining rivojlanishi ovqat hazm kilish nayi taraqqiyoti bilan birga
kechadi. Burun bo’shlig’i og’iz bo’shlig’ining tanglay to’sitclari bilan bo’linishidan hosil bo’-
ladi. Embrion hayotining 3-haftasida oldingi ichak (halqum) ning ventral devoridan toq
xaltasimon bo’rtma hosil bo’ladi. U pastga qarab o’sadi va ichakdan ajraladi. Bo’rtmaning
yuqori qismidan hiqildoq va traxeya, 2 ta pastki xaltachalaridan esa o’pka hosil bo’ladi (o’ng va
chap bo’laklari). 4-5-oylar oxirlari-da bronxlar va bronxiolalar hosil bo’la boshlaydi. So’ngra,
al’veola yo’llari rivojlanadi va al’veolalar paydo bo’ladi. Ularning devori tcilindrsimon va
kubsimon hujayralardan iborat. Rivojlanish jarayoni davomida o’sayotgan bronx shoxla-rini
o’rab turgan mezenximadan mushak elementlari, tog’aylar, bronxlarning elastik va fibroz
to’qimasi hosil bo’ladi. Ayni vaqtda, mezenximadan qon tomirlar to’ri rivojlanadi. Ular bilan
birgalikda o’pkaga nervlar o’sib kiradi. Plevraning vis-tceral va parietal varaqlari splanxnatom
varaqlaridan hosil bo’ladi. Pusht rivojlanishining butun taraqqiyoti davomida al’veola
pufakchalari bujmaygan bo’ladi. SHuning uchun ham o’lik tug’ilgan bola o’pkasining bir
parchasi suvga tashlansa, bu bo’lak cho’kadi, aksincha, tug’ilib, bir oz yashab o’lgan bolaning
o’pkasi suvda qalqib turadi. Bu hol sud meditcinasida ahamiyat-ga ega. Faqatgina bola tug’ilishi
bilan olgan birinchi nafasi tufayli al’veola pufakchalari kengayadi. Buning natijasida al’veola
bo’shlig’i keskin kengayib, devori yupqalashib qoladi va havo almashinishi uchun qulay sharoit
vujudga keladi.
BURUN BUSHLIG’I
Burun bo’shlig’ida dahliz va nafas olish qismi tafovut etiladi. Dahliz teri epiteliysining davomi
bo’lgan ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy ostida yog’ bezlari va soch ildizlari
joylashadi. Bu erda joylashgan ko’p-gina tuklar olinayotgan havodagi chang zarrachalarini tutib
qoladi. Burun bo’shlig’ining nafas olish qismi ko’p qatorli prizmatik hilpillovchi epiteliyli ishlli^
parda bilan qop-langan. Bu erda 4 xil hujayralar:
kiprikli, oraliq yoki bazal, mikrovorsinkali va
qadahsimon yoki
bez hujayralari tafovut qilinadi. Kiprikli epiteliy uzunligi 3-5 mkm bo’l-gan
hilpillovchi kiprikchalar tutadi. Bu hujayralar orasida apikal qismida mikrovorsinkalar tutuvchi
hujayralar ham bor. Qadahsimon hujayralar shilliq ishlovchi hujayralardir. Bu-run bo’shlig’ining
nafas olish qismi shilliq qavatning o’z xusu-siy qatlamida juda ham yuza joylashgan ko’pgina
qon tomirlar joylashadi. Bu tomirlar nafas havosini ilitib o’tkazishda mu-him ahamiyatga ega.
Burun bo’shlig’ining quyi qismida joylash-gan enlik venalar chigali ba’zi ta’sirlar tufayli qon
bilan to’lganda shilliq qavat ko’payib, burun bitish alomatlari yuza-ga kelishi mumkin.
YUqori burun chig’anog’i sohasining shilliq pardasi hid retcep-torlari tutgan maxsus epiteliy
bilan qoplangan («Hid bilish organi»ga q.).
hiqildoq
Hiqildoq nafas olish sistemasining havo o’tkazuvchi a’zosi bo’lib, u tovush hosil bo’lishida ham
muhim o’rin tutadi. Hiqil-doq 3 pardadan tuzilgan: