265
153- rasm. Ssch ildizipipg ko’ndalapg kesimi. Gematoksilin- eozin bilan bo’yalgan.Ob. 10.ok.
10.
1 - soch o’qining mag’iz qchsmi; 2 - po’stloq qismi; 3 - soch va ichki qnn
kutikulalari; 4 -ichki epitelial qin; 5 - tashqi
epitelial qin; 6 -
soch xaltachasch.
rivojlanmagan. Bu mushak qiyshiq joylashgan silliq mushak hujayralaridan iborat bo’lib, uning
bir uchi terining so’rg’ich qavati bilan tutashsa, boshqa uchi soch xaltasi bilan qo’shilgan. Bu
mushakning qisqarishi sochni harakatga keltiradi, soch ildi-zi teri yuzasiga nisbatan
perpendikulyar bo’lib qoladi. Buning natijasida tuklar tikkayib, soch o’qi teri sathidan bir oz ko’-
tariladi va g’oz terisi ko’rinishini oladi. Ko’pincha tashqi haro-ratning sovushi natijasida yuz
beruvchi bu holat organizmning himoya faoliyati bo’lib, mushaklar qisqarishi qon tomirlarning
ham torayishiga olib keladi, natijada, issiqlik tanada saq-lanadi. Mushakning shu faoliyati
natijasida yog’ bezlari ham siqiladi va ularning sekreti sochni moylaydi.
Sochlarning almashinuvi. Sochlar o’rtacha bir necha oydan 2-4 yilgacha o’sadi. SHuning uchun
hayot davomida vaqti-vaqti bilan sochlar almashinib turadi. Bu jarayon soch so’rg’ichining
atrofiyaga uchrashidan va soch piyozchasining qon bilan ta’minlanishining buzilishidan
boshlanadi. Natijada, soch piyozchasining hujayra-lari ko’payish qobiliyatini yo’qotadi va
ularning asosiy qismi muguzlanadi. Soch piyozchasi soch kolbasiga aylanadi, sochning o’si-shi
to’xtaydi. Soch kolbasi o’z so’rg’ichidan ajralib, tashqi epi-telial qin hosil qilgan g’ilof bo’ylab,
to sochni ko’taruvchi mu-
shak birikkan joygacha ko’tariladi. Epitelial g’ilofning pastkn bo’shab qolgan joyi puchayib,
hujayralar tasmasiga aylanadi. Bu tasmaning oxirida yana soch so’rg’ichi tiklanib, saqlanib qol-
gan kambial hujayralar bilan qoplanadi, natijada, yangi soch piyozchasi paydo bo’ladi. Bu
piyozchadan yangi soch o’sa boshlaydi. YAngi soch epitelial tasma bo’ylab o’sadi, tasma esa
uning tashqi epitelial qiniga aylanadi. Keyingi o’sishi natijasida yangi soch eski sochning tagidan
turtib chiqadi. Bu jarayon eski sochning tushi-shi va teri yuzasida yangi sochning paydo bo’lishi
bilan tugaydi. Agarda soch xaltasining qon bilan ta’minlanishi to’xtasa, uning o’rnida yangitdan
soch o’sib chiqmaydi.
TIRNOQ
Tirnoq epidermis hosilasi bo’lib, qattiq, muguzlangan plao tinkalardan iborat. Tirnotcning
taraqqiyoti, homilaning 3-oyi-dan boshlanadi. Dastavval, tirnoq o’rni hosil bo’ladi. Oyoq va qo’l
barmoq uchlarining tashqi yuzasini qoplagan epiteliy qa-linlashib, o’zining ostida yotgan
biriktiruvchi to’qimaga botib kiradi va tirnoq shakllana boshlaydi. Tirnoq juda sekin o’sa-di va
embrion hayotining oxiridagina to’la shakllanadi.
Tirnoqda tana, ildiz, i k k i t a yo n va e r k i n kism-lar tafovut qilinadi (154-rasm). Tirnoq tanasi
tirnoq o’rni-
266
154- rasm. Tirnoqning tik kesimi (sxema).
1 - tirnoq pgastnnkasi; 2-teri
burmalari; 3 - teri burmalarinchng sn 'dermisn; 4 - teri
burmalarining dermasi; 6 - tirnoq matritcasi; 6 - tirnoq o’rnining ‘pntegiysp.
da joylashsa, yon qirg’oqlari teri burmalari tagiga kirib tura-di. Tirnoqning erkin qirrasi tirnoq
egatidan chiqib turadi. Tirnoqning ildizi tirnoq yorig’iga kirib turgan asosi hisobla-nadi.
Ildizning bir qismigina tirnoq yorig’idan xira va oqish yarim oy shaklida (ayniqsa, katta
barmoqlar tirnog’ida) ko’ri-nib turadi. Tirnoq ildizining tirnoqning o’sishini ta’min-.lovchi
differentciallanmagan hujayralari tirnoq matritcasini tashkil etadi. Matritca hujayralari muntazam
bo’linib, muguz-lanib turadi. Muguzlangan epiteley tangachalari tirnoq plas-tinkasiga siljib
kiradi va natijada tirnoq o’sadi. Tirnoq kuniga o’rtacha 0,12 mm gacha o’sadi.
Tirnoq o’rni epiteliy va dermadan iborat. Epiteliy epi-dermisning o’suvchi qavatidan tashkil
topgan. Epiteliy ustida joylashgan tirnoq plastinkasi bir-biriga zich cherepitcasimon joylashgan
yassi poligonal shakldagi muguz tangachalardan tuzilgan. Tirnoq o’rni epiteliysi hisobiga tirnoq
plastinkasi qalinlashsa, matritca hisobiga tirnoqning uzunasiga o’sishi ta’-minlanadi.
Tirnoq o’rnining dermasi barmoq suyaklari bilan yopishib yotadi. Derma sohasida so’rg’ichlar
bo’lmaydi. Dermaning tirnoq sohasi qon tomirlarga va nerv oxirlariga boy. Bu erda derma-ning
perpendikulyar joylashgan tolalari to’g’ridan-to’g’ri suyak usti pardasining tolalari bilan
qo’shilib suyakqa aloqador bo’-lib qoladi. Bunday tuzilish amaliy meditcinada muhim rol’
o’ynaydi (tirnoqda boshlangan yallig’lanish jarayoni suyak jaro-hatlanishiga sabab bo’lishi
bunga misol bo’la oladi).