257
149-rasm. Epidermis hujayralarining elektron mikrofotografiyasi. x4.000.
1 _ bazal
qavat hujayralari; 2 tikansimon
hujayralar qavati; 3 - muguz qavat; 4 -
qon tomirlar.
langan o’simtalari ko’rinadi. SHu o’simtalarda va hujayra tanl-sida ko’pgina melanin
donachalari joylashadi (54-rasmga q.). Gistoximiyaviy usulda melanotcitlarda teriga rang
beruvchi pig-
M
ent-melanin sintez qilishda ishtirok etuvchi ferment DOFA - oksidaza)
dioksifenilalanin oksidaza borligi aniq-landi. Bazal epidermotcitlarda ham pigment donachalari
bo’lishn mumkin, bu donachalar hujayralarga melanotcitlarning o’simta-lari orqali o’tib
qolishidan yuzaga keladi. Uzi pigment chiqar-maydigan, lekin melanin tutuvchi bunday
hujayralar
melano-forlar
deb ataladi.
Epidermisning ikkinchi -
tikanaksimon hujayra.gar qavati
bazal qavat ustida joylashgan 5-10
qavat hujayralardan ibo-rat. Tikanaksimon hujayralar juda ko’p tcitoplazmatik o’simta-larga ega
bo’lib, shu o’simtalar orqali hujayralar bir-biri bilan desmosomalar hosil qilib bog’langan. Bu
hujayralar tci-toplazmasida tonofibrillalar yaxshi rivojlanib, ular desmo-somalarga tutashib
ketadi. Hujayralarning pufaksimon yumaloq yadrosida xromatin kam bo’lib, och bo’yaladi.
Tikanaksimon hujayra-lar qavatining quyi - bazal qavatga yaqin joylashgan qatlamla-rida mitoz
yo’li bilan bo’linayotgan hujayralar uchraydi. SHu-ning uchun ham bazal va tikanaksimon
hujayralar qavatlari epidermisning o’suvchi- Mal’pigi qavati (rete Malphygi) ni tashkil etadi.
O’suvchi qavat hisobiga epidermis hujayralari-ning 19-20 kun ichida almashinib turishi
258
(fiziologik regene-ratciyasi) kuzatiladi.
Epiteliotcitlardan tashqari bazal va tikanaksimon hujay-ralar qavatida o’z shakli bilan
melanotcitlarga o’xshash o’sim-tali hujayralar - dendrotcitlar (Langergans hujayralari) uch-raydi.
Pigment hujayralaridan farqli o’laroq dendrotcitlar kumush tuzlari bilan yaxshi bo’yalmaydi,
ularda DOFA - oksida-za aniqlanmaydi. Bu hujayralar atrofidagi hujayralar bilan desmosomalar
hosil qilmaydi, tcitoplazmasida ko’p miqdorda tennis raketkasi shaklidagi argentofin donalar
tutadi. Ular-ga, lizosomalarning bir ko’rinishn bo’lgan keratinosomalar raladi. Ko’pincha bu
hujayralar yonida dermadan o’tgan T-limfo-tcitlar ham uchraydi. Dendrotcitlar va T-limfotcitlar
epidermis-da mahalliy immunologik nazoratni tashkil qiladilar.
Donador hujayralar qavati
2-3 qavat, bir-biriga zich joylashgan duksimon hujayralardan iborat.
Ularning tcitoplaz-masida ribosomalar, mitoxondriyalar, lizosomalar bilan bir-ga,
lizosamalarning bir ko’rinishi bo’lgan keratinosomalar (qavat-qavat tanachalar) hamda
parchalangan tonofibrillalar bo’laklari va ular bilan yonma-yon yirik keratogialin donachalari
bo’ladi. Bu donachalar polisaxaridlar, lipid va tarkibida ko’p miqdorda gistidin, prolin, arginin
hamda oltingugurtli tcistin amnnokislotalari tutgan oqsillardan tashkil topgan bo’lib, ishqoriy
anilin bo’yog’i bilan yaxshi bo’yaladi. Donador hujayra-lar tcitoplazmasida keratogialin bilan
tonofibrillalar kom-pleksiiing bo’lishi ushbu hujayralarda muguzlanish
jarayoni-
iing boshlanganligidan dalolat beradi. Ba’zan bu o’zgarish terining kuchli ishqalanishga
uchraydigan juda kichik sohasida ro’y berishi mumkin. (Mn: qadoqlar).
Do'stlaringiz bilan baham: