Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Granulotsitopoez yoki donador leykotsitlarning takomillashishi



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Granulotsitopoez yoki donador leykotsitlarning takomillashishi.
Sxematik ravishda 
granulotsitopoez quyidagicha ifodalanadi: 
o`zak hujayra 

miyelopoezning boshlang`ich 
hujayrasi 

miyeloblast 

promiyelotsit 

miyelotsitlar 

metamiyelotsitlar

 tayoqcha yadroli 
leykotsitlar 

 etuk yoki segment yadroli leykotsitlar.
Miyeloblast 
- granulotsitopoez jarayonida morfologik jihatdan aniqlanishi mumkin 
bo`lgan eng yosh hujayra. Uz tuzilishni jihatidan miyeloblastlar differentsiallashmagan 


109 
blastlarga o`xshab ketadi. 
Miyeloblastlar eletron mikroskopda ko`rilganda ularning sitoplazmasi erkin holda yotgan 
ribosomalar va polisomalarga boy ekanligi, sitoplazmada kam sonli dumaloq mitoxondriyalar va 
dag`al endoplazmatik to`r borligi ko`zga tashlanadi. 
Golji kompleksi ba’zi bir hujayralarda yaxshi rivojlangan bo`lib, yadroga yaqin yerda 
joylashgan. Bu zonaga yaqin qismlarda yangi hosil bo`layotgan, kattaligi taxminan 0,5-0,8 mkm 
keladigan donachalarni uchratish mumkin. 
Promiyelotsitlar 
- donador leykotsitlariing takomillashi-shida miyeoblastlardan keyin 
keladigan hujayra bosqichidir (67-rasm). Promiyelotsitlar kattaligi 12-18 mkm bo`lgan hu-
jayralar bo`lib, sitoplazmalarida morfologik jihatdan bir-biridan tubdan farq qiluvchi donadorlik 
paydo bo`lishi tufayli uch alohida turga - neytrofil, eozinofil va bazofil promiyelotsitlarga 
bo`linadi. 
Neytrofil promiyelotsitlar dumaloq yoki oval shaklga ega, ularning sitoplazmasi 
Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda ko`k binafsha tusni oladi va turli xil donadorlik tutadi. 
Kattaligi har xil bo`lgan donachalarni asosan ikki gruppaga ajratish mumkin. Birinchi xil 
donachalar yirikroq bo`lib, o`z bo`yalish xususiyatlari bilan azurofil donachalarga o`xshaydi. Bu 
donachalar promiyelotsit bosqichida ko`pchilikni tashkil etib, ularning soni neytrofil 
hujayralarning rivojlanishi davomida kamayib boradi. Ikkinchi xil donachalar kam sonli va 
maydaroqdir. Elektron mikroskop ostida promiyelotsitlar sitoplazmasida ko`p sonli kengaygan 
endoplazmatik to`r kanalchalari, yaxshi rivojlangan Golji kompleksi borligi aniqlangan. 
Promiyelotsit hujayralarining sitoplazmasida sintetik protsess, ya’ni donadorlik shakllanishi 
amalga oshib, bu protsess endoplazmatik to`rda sintez qilingan mahsulotlarning Golji kompleksi 
tuzilmalarida donachalar shakliga kelishidan iborat. Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, neytrofil 
hujayralarida uchraydigan birlamchi yoki azurofil donachalar asosan promiyelotsit bosqichida 
shakllanadi.
Eozinofil promiyelotsitlar o`z sitoplazmasida eozin bilan bo`yalgan va neytrofil 
donachalariga nisbatan yirikroq bo`lgan donachalar tutishi bilan ajralib turadi. Elektron 
mikroskop ostida eozinofil promiyelotsitlar sitoplazmasida juda yaxshi taraqqiy etgan 
endoplazmatik to`r va Golji kompleksi borligi diqqatni tortadi. Golji kompleksi tuzilmalarida 
xuddi neytrofil promiyelotsitlarda ko`rilganidek donachalar shakllanishi jarayonining turli 
bosqichlarini uchratish mumkin. Promiyelotsitlar sitoplazmasidagi eozinofil donachalar bir xil 
tuzilishga ega bo`lmay, ularni asosan ikki xilga ajratish mumkin. Donachalarning bir qismi 
yumaloq yoki ovalsimon bo`lib, kattaligi 0,8-1,2 mkm keladi. Ularning asosiy moddasi uncha 
zich bo`lmagan gomogen mahsulotdan iborat bo`lib, tashqi tomondan membrana bilan 
qoplangan. Ikkinchi xil donachalar cho`zinchoq yoki ellipssimon shaklga ega bo`lib, ularning 
markazida yoki sal chetroqda yuqori elektron zichlikka ega bo`lgan tuzilmalar ko`rinadi. Bu 
tuzilmalarning shakli turli-tuman, ya’ni trapetsiya, to`g`ri to`rtburchak, kristalloid va hokazo 
bo`lishi mumkin («Granulotsitlar» sarlavhasiga q.). Ikkinchi xil donachalar tipik eozinofil 
donalari bo`lib, ularning soni promiyelotsit bosqichida nisbatan kamroq bo`ladi va rivojlanishi 
davomida oshib boradi. 
Bazofil promiyelotsitlar nisbatan maydaroq bo`lib, ular sitoplazmasida yirik to`q ko`k 
yoki qo`ng`ir rangga bo`yalgan bazofil donachalar bo`lishi bilan xarakterlanadi. Elek-tron 
mikroskop ostida bu hujayralarda Golji kompleksi va endoplazmatik to`rning yaxshi takomil 
etgani va hujayra sitoplazmasida donachalar shakllanishi ko`rinadi. Bazofil promiyelotsitlar 
donachalari yirikroq bo`lib (kattaligi 1,3 mkm gacha), ularning mayda zarralardan yoki lamellyar 
tuzilmalardan iborat ekanligi aniqlangan. Promiyelotsitlar, qaysi turga mansub ekanligidan qat’i 
nazar, yirik ovalsimon yoki botiqlikka ega bo`lgan yadroga egadirlar. Yadro xromatini 
miyeloblastlarnikiga nisbatan ancha zichroq joylashgan bo`lib, yadro membranasi ostida 
zichlashgan qavat hosil qiladi. Mitoxondriyalar promiyelotsitda kam sonli va dumaloq shaklga 
ega bo`lib, ularning matriksi donador modda bilan to`lib turadi. Promiyelotsitlardan miyelotsitlar 
hosil bo`ladi. 


110 
66- rasm. Normotsitlar. Odam suyak ko`migidagi normotsit. Elektron mikrofotogramma. 
X 6.000.
1-bazofil normotsit; 2-polixromatofil normotsit; 3-oksifil normotsit. 
Miyelotsitlar 
bir oz maydaroq bo`lib (10-17 mkm), ular ham xuddi promiyelotsitlar 
singari o`z sitoplazmasidagi donadorlikning tuzilishi va bo`yalish xususiyatlariga qarab uch tur-
ga - neytrofil, eozinofil va bazofil miyelotsitlarga bo`linadi. Neytrofil miyelotsitlar sitoplazmasi 
promiyelotsitlarga nisbatan ancha sust bazofil bo`yalib, Romanovskiy usulida ko`k-qizg`ish 
tusda bo`ladi. 
Elektron mikroskopik va sitoximik tekshirishlar odamning suyak ko`migidagi neytrofil 
miyelotsitlarda asosan ikki xil donachalar mavjudligini va bu donachalar o`zaro fermentativ xos-
salari bilan farqlanishini ko`rsatadi («Neytrofillar» ga q.). 


111 
67-rasm. Odam suyak ko`migidagi neytrofil promiyelotsit. Elektron mikrofotogramma. 
X8.000. 
1-yadro; 2-xromatin; 3-donador endoplazmatik to`r; 4-spetsifik donachalar; 5-
mitoxondriya. 
Neytrofil miyelotsitlarda ham promiyelotsit bosqichidagi kabi yaxshi taraqqiy etgan 
endoplazmatik to`r va Golji kompleksi joylashgan bo`lib, bu hujayrada aktiv ravishda ikkilamchi 
donachalar hosil bo`lishi amalga oshayotganligidan dalolat beradi. 
Eozinofil va bazofil miyelotsitlar, asosan, ularning sitoplazmasidagi donadorlikni 
mustasno etganda neytrofil miyelotsitlardan deyarli farq qilmaydi. Eozinofil miyelotsitlar 
sitoplazmasini sariq-qizg`ish donachalar to`ldirib, bu donachalarning ultrastrukturasi 
promiyelotsitlar bosqichida ta’riflanganidek. Faqat shuni qayd qilish kerakki, miyelotsit 
bosqichida o`zida kristalloid tuzilma saqlaydigan tipik eozinofil donachalarning miqdori ancha 
ko`paygan bo`ladi. 
Bazofil miyelotsitlarning donachalari yirik bo`lib, elektron mikroskopda ularning 
plastinkasimon yoki donador tuzilishga ega ekanligi va tashqi tomondan qalinligi 5-6 mkm 
keladigan membrana bilan qoplanganligi aniqlangan. 
Bazofil miyelotsitlarda endoplazmatik to`r va Golji kompleksi neytrofillarga nisbatan 
sustroq takomillashgandir. 
Granulotsitlarning rivojlanishi davomida, ya’ni ular yosh metamiyelotsit va tayoqcha 
yadroli leykotsit bosqichiga o`tganida yadro va hujayra sitoplazmasida ma’lum o`zgarishlar ro`y 
berib, bu o`zgarishlar granulotsitlarning ko`rsatilgan uch turi uchun ham umumiydir. 
Metamiyelotsit bosqichida yadroning shakli o`zgaradi - unda botiqlik paydo bo`lib, bu botiqlik 
yadroga tatsasimon shaklni beradi. Shu bilan birga yadro xromatini zichlashadi va xromatin 
ipchalari yo`g`onlashib dag`allashadi. 
Elektron mikroskopda ko`rilganda metamiyelotsitlarda hujayra organellalarining 
reduksiyaga (ya’ni teskari taraqqiyotga) yuz tutganligini ko`rish mumkin. Endoplazmatik to`r va 
Golji kompleksi kam sonli bo`lib qoladi. Bu hol metamiyelotsitlar bosqichiga kelib hujayrada 
donadorlik hosil bo`lish jarayonining ancha sustlashganligidan yoki butunlay to`xtaganidan 
darak beradi. Sitoplazmaning asosiy qismini donadorlik to`ldirib, bu donadorlikning tuzilishi 
neytrofil, eozinofil va bazofil metamiyelotsitlarning har birida o`ziga xosdir. 
Takomillashish davomida yadrodagi botiqliklar chuqurlashib boradi va yadroni alohida 
bir-biri bilan ingichka qismlar orqali bog`lanadigan bo`laklarga bo`ladi va natijada yetuk yoki 
segment yadroli granulotsitlar hosil bo`ladi. 


112 
Granulotsitopoez jarayoni davomida yosh hujayralar - p r o m i y e l o t s i t l a r, 
miyelotsitlar mitoz yo`li bilan bo`linib ko`payadi. Metamiyelotsit va tayoqcha yadroli 
granulotsitlar bo`linish qobiliyatini yo`qotgan hujayralardir. Uzak hujayradan yetuk granulotsit 
hosil bo`lishi uchun taxminan 7,5-11,5 sutka vaqt talab etiladi. Voyaga yetgan granulotsitlar 
darhol qonga chiqmay, suyak ko`migida 2-3 sutka ushlanib qoladi va so`ngra sinusoid 
kapillyarlardagi endotelial yoriqlardan qonga o`tadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish