Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


TO`QIMA BAZOFILLARI YOKI SEMIZ HUJAYRALAR (LABROCYTUS SEU



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

TO`QIMA BAZOFILLARI YOKI SEMIZ HUJAYRALAR (LABROCYTUS SEU 
GRANULOCYTUS BASOPHILUS TEXTUS) 
 
To`qima bazofillari (labrotsit, mastotsit yoki geparinotsit) birinchi marta 1877 yilda Paul 
Erlix tomonidan ta’riflangan bo`lib, sitoplazmasida yirik donachalarni tutgani uchun semiz 
hujayralar nomini olgan. Ular asosan qon tomir kapillyarlari atrofida joylashadi. Bu hujayralar 
yirik noto`g`ri dumaloq shaklga ega bo`lib, fiziologik reaksiyalarda va turli patologik holatlarda 
miqdori o`zgarib turadi. Hujayra sitoplazmasida organellalardan tashqari yirik gomogen 
donachalar (kattaligi 0,3-1,0 mkm) joylashgan (74-rasm). Bir hujayrada. taxminan 10-20 ta 
donachalar bo`lib, ularni tuzilishiga ko`ra donador, plastinkasimon va aralash donachalarga 
bo`lish mumkin.. Donachalar o`zida biologik aktiv bo`lgan moddalar: g e p a p i n, g i s t a m i n 
va serotoninlar tutadi. Bundan tashqari sitoplazmada har xil fermentlar: lipaza, ishqoriy 
fosfataza, peroksidaza, sitoxromoksidaza, ATF-aza va boshqalar mavjud. Hujayraga xos 
fermentlardan biri bo`lib gistidin dekarboksilaza hisoblanadi. Bu ferment yordamida gistidin 
aminokislotasidan gistamin sintezlanadi. 
To`qima bazofillarining donachalarida saqlanadigan geparin va gistamin to`qimalar 
muhiti doimiyligini (gomeostazni) ta’minlashda muhim rol o`ynaydi. Geparin donachalar 
mahsulotining qariyb 30% ini tashkil etib, sulfatlangan kislotali glikozaminoglikanlarga kiradi. 


122 
74-rasm. To`qima bazofilning elektron mikrofotogrammasi. X 12.000. 
I-sitolemma; 2-yadro; 3-sekret donachalari. 
U qon ivishiga to`sqinlik qiladi, hujayralararo moddaning o`tkazuvchanligini pasaytiradi 
va yallig`lanish protsessini susaytiradi. Gistamin esa kuchli aktiv modda bo`lib, kapillyarlar 
devorining o`tkazuvchanligini oshiradi va qon tomirlarni kengaytiradi. Shu xususiyatlari tufayli 
to`qima bazofillaridan ajralib chiqadigan gistamin turli xil allergiya reaksiyalarida ishtirok 
etadigan asosiy moddalardag` biri bo`lib hisoblanadi. Gistamindal tashqari, allergiya 
reaktsiyalarida to`qima bazofillari ajratib chiqaradigan moddalar, jumladan, allergiyaning sekin 
ta’sir ko`rsatuvchi moddasi, trombotsitlarni aktivlovchi modda, neytrofil va eozinofillarning 
:xemotaksisini kuchaytiruvchi modda va boshqalar ishtirok etadi. 
Bu moddalarning hujayradan tashqariga chiqishi 
degranulyatsiya 
deb atalib, u turli usul 
bilan amalga oshishi mumkin. Degranulyatsiya jarayonida to`qima bazofillarining hujayra qo-
big`ida joylashgan maxsus retseptorlari muhim o`rin tutadi. Bu retseptorlar organizmga tushgan 
yot antigenlarning antitelolar bilan hosil qilgan maxsus 
«antigen + antitelo» 
kompleksini o`ziga 
biriktirib olib, natijada, hujayradan yuqorida qayd qilingan moddalarning ajralib chiqishiga olib 
keladi. Hozirgi paytda allergiya kasalliklarida immunoglobulinlarning maxsus E sinfi (Ig E) 
muhim rol o`ynashi tasdiqlangan. Allergiya reaktsiyalariga moyil bo`lgan organizmda 
antigenlarga yoki allergenlarga qarshi ko`p miqdorda Ig E ishlab chiqariladi. «Allergen + Ig E» 
kompleksi 
esa 
to`qima 
bazofillarining 
retseptorlari 
bilan 
bog`lanib, 
hujayralar 
degranulyatsiyasiga sabab bo`ladi. Demak, bu holatlarda Ig E himoya vazifasini o`tash o`rniga 
to`qimalarda muhit doimiyligini buzilishga olib keladi. 
To`qima bazofillariga tuzilishi va ximiyaviy tarkibi jihatidan qondagi bazofil leykotsitlar 
juda yaqin turadi. Ammo bazofil leykotsitlarning qizil suyak ko`migidagi o`zak hujayralardan 
kelib chiqishi tasdiqlangan bo`lsa, to`qima bazofillarining kelib chiqish manbai hozirgacha aniq 
ko`rsatilmagan. To`qima va qon bazofillarining tuzilish va faoliyat jihatidan o`xshashligi, bu 
ikkala hujayralarning son jihatidan bir-birini to`ldirib turishi to`qima bazofillari ham o`zak 
hujayralardan kelib chiqadi degan taxminga dalil bo`la oladi. To`qima bazofillarida mitoz 
bo`linishining juda kam uchrashi ham bu fikrning qo`shimcha isbotidir. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish