131
dagi qon kapillyarlarining kengayishi va devorining o`tkazuvchanligi oshishi kuzatiladi.
Natijada, yallig`lanish maydonida to`qima suyuqligining miqdori keskin oshadi va shish hosil
bo`ladi. Yallig`lanish maydonidagi parchalanish mahsulotlari bu yerga neytrofil leykotsitlarni
jalb qiladi (xemotaksis). Qon kapillyarlari devori orqali chiqqan neytrofil leykotsitlar yallig`la-
nish maydoni atrofida to`planadi va leykotsitar valni hosil qiladi. Neytrofil leykotsitlar yot
zarrachalarni fagotsitoz qiladi va shu bilan birga o`zlari ham ko`p miqdorda yemiriladi. Keyingi
bosqichda yallig`lanish maydoni atrofiga ko`p miqdorda monotsitlar va limfotsitlar to`planadi.
Monotsitlar makrofaglarga aylanib, yot zarrachalarni fagotsitoz qiladi. Yallig`lanish maydoni yot
zarrachalardan va yemirilgan hujayra qoldiqlaridan tozalangandan so`ng bu yerda qayta tiklanish
(regeneratsiya) bosqichi amalga oshadi. Bu bosqichda yallig`lanish maydonida ko`p miqdorda
fibroblastlarning hosil bo`lishi kuzatiladi. Ular kollagen tolalarini ishlab chiqarib, jarohatlangan
joyning qayta tiklanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, yallig`lanish jarayonida shartli ravishda
ketma-ket keladigan uch bosqichni qayd qilish mumkin: a) leykotsitlar; b) makrofaglar; v)
fibroblastlar bosqichlari. Bu jarayonda aytib o`tilgan hujayralardan tashqari to`qima bazofillari,
eozinofil va bazofil leykotsitlar ham ishtirok etadi.
Ichki muhit tuzilmalarining, ya’ni qon va biriktiruvchi to`qima hujayralarining o`zaro
munosabati rangli sxemada keltirilgan (sxemaga qarang). Bu sxema professorlar Q. R.
To`xtayev, A. Yu. Yu`ldoshevlar olib borgan ko`p yillik tadqiqotlar asosida tuzilgan bo`lib, ikki
asosiy qismdan iborat. Uning birinchi qismida qon hujayralarining taraqqiyoti keltirilgan. Bu
yerda qonning o`zak hujayralaridan to yetuk qon shaklli elementlari hosil bo`lgunga qadar
kechadigan jarayonda (ya’ni, gemopoez jarayonida) bo`ladigan morfologik o`zgarishlar o`z
ifodasini topgan. Sxemaning ikkinchi qismi esa to`qimalarga o`tgan qon hujayralarining
biriktiruvchi to`qima va epiteliy to`qimasi hujayralari bilan o`zaro munosabatini aks ettiradi. Yot
zarrachalar, masalan,. mikroblar, ichki muhitga jarohatlangan teri yoki shilliq pardalar epitslinsi
orqali kiradi. Ularga javoban kapillyarlar va post kapillyar venulalar devori orqali leykotsitlar
chiqadi.. Ular bazal membranadan o`tib, epiteliy orasiga kirishi va bu yerda yot zarrachalar bilan
uchrashishi mumkin. Epiteliy jarohatlanganda yot zarrachalar shilliq qavatning xususiy
pardasiga kirishi mumkin. Bu holda qon va biriktnruvchi to`qima hujayralarining himoya
vazifasi bevosita shu yerda amalga oshadi.
Shunday qilib, organizmda kechadigan yallig`lanish va barcha turli xil himoya
reaksiyalarida qon va biriktiruvchi to`qima hujayralari bir-biri bilan uzviy bog`liq holda ishtirok
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: