64
37- rasm. MaydalaniiGturlari.
A - to`liq maydalanish; B - to`liq
notekis maydalanish; V - qisman maydalanish .
Bundan tashqari, goloblastik maydalanish sinxron va asinxron bo`lishi mumkin. Sinxron
maydalanish natijasida hosil bo`lgan blastomerlar sonining o`sishi to`g`ri geometrik progressiya
usulida boradi (2, 4, 8, 32, 64, 128). Bunday maydalanish lansetniklarda kuzatiladi. Asinxron
maydalanishda esa blasto-merlar sonining to`g`ri geometrik progressiya bo`yicha borishi bu-
ziladi. Masalan, 3, 5, 6, 10 sonli blastomerlar hosil bo`ladi. To`liq asinxron maydalanish sut
emizuvchilar va odamning izoletsital tuxum hujayralarida kuzatiladi.
2. Meroblastik yoki qisman maydalnish. Bu usulda tuxum hujayraning pusht gardishidan
iborat animal qutbigina
maydalanishda ishtirok etib, buni
diskoidal maydalanish
ham deyiladi.
Tuxum hujayraning oziq moddadan iborat bo`lgan vegetativ qutbi esa maydalanmaydi.
Bu yo`l bilan baliqlar, qushlar va reptiliylarning poliletsital tuxumlari maydalanadi (37-
rasm, v).
Maydalanish homila pufagi yoki blastulaning hosil bo`lishi bilan tugaydi. Lansetnikda va
amfibiylarda kuzatiladigan tipik blastulalarda blastoderma deb ataluvchi devori va bo`shliq -
blastotsel farqlanadi (38-rasm, a). Bundan tashqari,
blastulaning tomi, tubi va qirg`oq zonalari
farqlanadi. Lansetniklarda maydalanish faqat uch xil egatlar (meridional, ekvatorial, longitudinal
egatlar) orqali o`tgani uchun blastoderma bir qavatli bo`ladi. Amfibiylarda maydalanish
jarayonida yana tangensial egat ham o`tganligi uchun blastoderma ko`p q avatli bo`ladi (38-
rasm,
b).
Notekis maydalanish natijasida blastulaning tomi va qirg`oq zonalari mayda, tubi esa
blastotselga bo`rtib chiquvchi sariqlikka boy bo`lgan (davom etuvchi) yirik blastomerlardan
iborat.
38-rasm. Blastula turlari.
a-lantsetnikning
bir qavatli blastulasi; b-amfibiyalarnining ko`p qavatli blastulasi; v-
skatning disk shaklidagi blastulasi; g - sut emizuvchilarning zich blastulasi - sterroblastula.
Lantsetnik va amfibiyalarda belgilash (markirovka) usuli bilan blastula davridayoq pusht
varaqlari va organlarning kurtaklari borligi aniqlangan. Blastulaning tomi bo`lajak ektoderma
kurtagidir. Blastula tubi bo`lajak endoterma, qirg`oq zonalari esa bo`lajak
xorda va
mezodermaning kurtagidir. Baliqlar, qushlar va reptiliylarda meroblastik maydalanish natijasida
faqat tomi va qirg`oq zonalari farq qilinadigan blastomerlardan iborat diskoblastula hosil bo`ladi
(38-rasm,v). Blastulaning tubini esa maydalanmagan sariqlik tashkil etadi. Blastula bo`shlig`i -
blastotsel kichik. Bu yerda sariqlik bilan bog`liq bo`lmagan markaziy blastomerlar va sariqlikda
yotuvchi qirg`oq blastomerlari farqlanadi. Qirg`oq blastomerlarining bir qismi sariqlik
65
entodermasini hosil qilishda, qolganlari esa ortiqcha spermatozoidlar kabi merotsitlarga aylanib
sariqlikning rezorbtsiyasida ishtirok etadi.
Sut emizuvchilarda va odamda maydalanishning boshidayoq bir xil
bo`lmagan oqish va
qoramtir blastomerlar hosil bo`ladi (38-rasm,
g).
Maydalanish natijasida blastotsel hosil bo`lmay,
balki zich blastula yoki sterroblastula shakllanadi. Unda trofoblast deb nomlanuvchi bir qavat
bo`lib joylashgan periferik
oqish blastomerlar va
embrioblast
deb nomlanuvchi markaziy
qoramtir blastomerlar farqlanadi. Trofoblastlar pushtni oziqlantirishda, embrioblastlar esa pusht
rivojlanishida ishtirok etadi.
Sterroblastula bosqichida pusht bachadonga o`tib, uning shilliq qavatiga yopishadi
(implantatsiya). Bachadonning shilliq qavatidan sterroblastulaga suyuqlik kiradi va hujayra
elementlarini ikki tomonga suradi. Natijada sterroblastula homila pufagiga aylanadi.
Uning
devori bir qavat trofoblast hujayralaridan tuzilgan bo`lib, ichida, qutblardan birida, embrioblast -
homila tuguni joylashadi. Blastulaning hosil bo`lishi bilan homila taraqqiyotining ikkinchi davri
tugallanadi va 3-davr - gastrulyatsiya boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: