Hujayraning o`sishi.
Har bir tirik mavjudot ma’lum o`lchamlarga ega. Bu o`lchamlarga
organizm hujayralarining ko`payishn va o`sishi orqali erishiladi. Odam tanasining hamma
hujayralari o`sish qobiliyatiga ega. Ammo bizning a’zolarimizdagi ko`pchilik hujayralar o`zining
o`rtacha o`lchamlarini saqlab qoladi. A’zo aktivligining keskin oshishi yoki patologik jarayonlar
natijasida hujayra o`lchamlari odatdagidan ko`ra kattalashishi - gipertrofiya kuzatiladi.
Hujayraning hayot sikli, differentsiallanishi.
Yangi hosil bo`lgan hujayralar hayot
siklini o`taydi. Hayot sikli hujayraning yangi hujayra hosil bo`lishida uning keyingi bo`linishiga
qadar yoki o`ning o`lishigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Hujayra o`z hayoti davrida
bo`linishi, o`sishi, differensiallanishga uchrashi kuzatiladi. Shuning uchun hujayraning hayot
sikli jarayonlarini ikki gruppaga bo`lish mumkin (Bloch D., Qndman Q., 1955). Birinchi
gruppaga hujayraning bo`linishi bilan bog`liq jarayonlar kirib, uni avtosintetik interfaza deyiladi
(30-rasm). Ikkinchi gruppaga esa, hujayraning o`sishi, differensirovkasi ma’lum vazifani
bajarishga ixtisoslanishi mansubdir (geterosintetik interfaza). Differensirovkaga uchragan
hujayra ixtisoslangan hujayra bo`lib, u ma’lum vazifani bajarishga moslashgan. Ular ko`pincha
bo`linish qobiliyatini yo`qotadi. Masalan, differensiallangan qon hujayralari - eritrotsitlar, nerv
hujayralari va hokazo. Ba’zi hujayralar differensirovka holatida bo`linish qobiliyatiga ega
bo`ladi (jigar hujayralari).
Embrional takomillashish davrida epiteliy, biriktiruvchi to`qima, mushak va nerv
hujayralari embrional varaqlardan rivojlansa, yetilgan davrida differensiallanishga a’zolarning
turli qismlarida joylashgan kambial hujayralar uchraydi. Qon ishlab chiqaruvchi organlardagi
kambial hujayralar «o`zak hujayralar» deb yuritiladi.
54
30-rasm Hujayraning hayot siklidagi geterosintetik va avtosintetik interfazalarining
o`zaro munosabati (Bloch, Cadman, 1955).
Ichki doira-yangi hosil bo`lgan hujayraning yava qayta bo`linishga kirishi (avtosintetik
interfaza); a- yangi ikki qiz hujayralarning hosil bo`lishi; b - hujayra bo`linmay, yadrolar
bo`linishi natijasida ko`p yadroli hujayralarning hosil bo`lishi; v - mitozda yadro qobig`i
buzilmay, xromosomalar sonining ikki marta ortishi-poliploid hujayralarning hosil bo`lishi; g -
DNK reduplikatsiyasi ro`y berishi va hujayra bo`linmay uning massasining oshishi-politeniya.
Tashqi doirada turlicha hayot siklini tugatuvchi differensiallashayotgan hujayra ko`rsatilgan. 1-
hujayra o`limi; 2 - mitotik bo`linish qosiliyatnii yuqotgan ixtisoslashgan hujayra; 3 - hujayraning
differensirovkaga uchramay ,bo’linishga kirishi; 4 - hujayraning differentsirovkaga uchrab,
mitotik bo`linishga kirishi; 2s - va 4s- DNK diploid va tetraploid miqdori; 2n- va 4n-
xromosomalarning diploid va tetraploid yig`indisi.
Hamma hujayralar ma’lum muddatda yashaydi. Masalan, eritrotsitlar 120 kungacha,
epidermis hujayralari 4-10 kun va hokazo. Nerv va mushak to`qimasi hujayralari organizmniig
butun hayoti davomida yangilanmaydi, degan fikrlar ham bor. Hujayra o`lish vaqtida hujayra
yadrosi piknozga (yadro zichlashishi va donadorlikni yo`krtib kichrayishi), karioreksisga
(yadroning mayda donachalarga bo`linib ketishi), kariolizisga (yadroshng erib ketishi) uchrashi
mumkin.
55
Yadrodagi o`zgarishlar oqibatida (birga) sitoplazmada ham qaytarib bo`lmas o`zgarishlar
yuz berib, natijada, hujayra halok bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |