416
olinadi. Ektoderma ostiga ko’chgan nerv yostiqchalari nerv nayi-ning ikki yonidagi ganglioz
plastinkalarga aylanadi.
Nerv nayi - neyrulaning vujudga kelishi - homilaning ay-rim qismlarida bir vaqtda yuz
bermaydi. Nerv nayining yopilishi dastlab homilaning bo’yin qismida boshlanib,
keyinchalik
miya pufakchalari hosil bo’layotgan kranial tomonga tarqaladi. Nerv nayining bor bo’yicha
tutashishi homila rivojlanishining 20-kun-larida tugaydi. Bu vaqtda nerv nayining bo’shlig’i
boshqa muhit bilan faqat homilaning old qismidagi neyropor va orqa qismi-dagi nerv-ichak
kanali orqali bog’langan bo’ladi. 5-6 kun ichida bu ikki teshik ham bekiladi. Ayni shu davrda
ganglioz plastin-kalar segmentlarga ajraladi va bu orqa miya tugunlarining ri-vojlanishiga asos
bo’ladi. Vegetativ nerv sistemasiga qarashli organlar ganglioz plastinkalardan ko’chib chiqqan
hujayra ele-mentlaridan vujudga keladi.
Boshqa umurtqalilardagi kabi odamda xordal o’simta ham pro-vizor organ bo’lib, qayta
so’rilishga uchraydi va uning o’rniga me-zenxima o’sib kiradi.
Odam
organogenezining
dastlabki davrida mezoderma diffe-rentciallashishining
boshlanishiga
qarab p r e s o m i t va s o m i t bosqichlari tafovut etiladi.
Presomit bosqichi odam homilasi taraqqiyotining 14-21, somit bosqichi esa 21-31-kunlariga
to’g’ri keladi. Presomit boe-qichi mezodermaning dorzal qismida segmentlarning, ya’ni somit-
larning yo’qligi bilan xarakterlanadi. Bu davrda homila avval ovalsimon bo’lib, keyin bo’yiga
qarab cho’ziladi. Homila tanasi-
ning orqa qismi ingichkadashib, noksimon shaklga keladi. Rivoj--lanishning presomit
bosqichidzgi homila tanasining turli erla--ridagi embrional kurtaqlarining o’zaro nisbati ham har
xildir.
Tananing kranial qismida prexordal plastinkaning kurtagi paydo bo’lsa, nerv plastinkasining
yuzasida bo’lama egatning pay--do bo’lishi nerv to’qimasi takomilining boshlanishidan darak
beradi. Mezoderma homilaning butun tanasi bo’ylab yagona plast-shaklida joylashadi. Unda
splonxnotom va dorzal sigmentlarga. bo’linish belgilari ko’rinmaydi.
Rivojlanish jarayonida mezoderma differentciallashishi va homila
tanasida somitlarning paydo
bo’lishi boshlangan davr ho-mila taraqqiyotining
somit davri
hisoblanadi. Bu davr embrioge-.
nezning 21-kunidan boshlanadi va 10 sutka davom etadi. Mezoder--mal varaqlarning dorzal
qismlari xordaning yonlarida yotuvchi zich segmentlarga, ya’ni somitlarga ajraladi. Bu jarayon
dastlab' homilaning bosh qismida botcmansa-da, tezda kaudal yo’nalishda tarqaladi va 35-kunga
kelib, somitlarni hosil qiladi. Mezoder-. maning ventral segmentlari splanxnotomlar deb
ataluvchi ikki varaqqa ajraladi. Mezodermaning segmentlari va splanxnotom--lar oralig’idagi
qismi ham segment oyoqchalar deb ataluv-chi qismlarga bo’linadi.
Lekin homilaning orqa
qismida mezoder-maning bunday bo’limlari segmentlarga ajralmaydi. Bu segment--lanmagan
mezoderma metanefrogen to’qima nomini oladi. SHu tariqa differentciallashish jarayonida
mezoderma 3 qismga: somitlarga, somit oyoqchalariga va yon plastinkalar yoki splanx-
notomlarga bo’linadi. SHu vaqtning o’zidayoq somitlarni tashkil etuvchi to’qima ham
differentciallashadi. Har bir somit materia-li lateral dermatomga, m e d-i a l-s k l e r-ot.o mt a va
ular, orasidagi miotom kabi 3 bo’lak kurtakka bo’linadi. Keyinchalik dermatom g’ovaklashib
terining biriktiruvchi to’qima qismi bo’l-mish dermaning hosil bo’lishi uchun asos bo’ladi.
Sklerotomdan skeletogen mezenxima rivojlanadi.
Miotom vaqtincha zich kurtak shaklida saqlanib, keyinchalik undan ko’ndalang-targ’il
somatik
muskullar rivojlanadi. Bir--lamchi embrional biriktiruvchi to’qima bo’lmish mezenxima mezo-
dermaning differentciallashishi tufayli vujudga keladi. Mezen-. xima umuman mezodermadan
hosil bo’lsa-da, uning shakllanishida homilaning boshqa varaqlari (ektodermaning hosilasi
bo’lmish ganglioz plastinkalardan ajralib chiqqan hujayralar va ichak nayining entodermasi) ham
ishtirok etadi.
Homilaning provizor organlardan ajralish davrida ichak nayi, ya’ni ichak entodermasi hosil bo’la
boshlaydi (258-rasm). Bu-jarayon rivojlanishning 20-kunida yaqqol ko’rinadi. Tana bukla-masi
dastlab homilaning ikki uchidan boshlanadi. Buklama chu-qurlasha borib, bo’lg’usi ichak
entodermasini sariqlik qopchasi entodermasidan ajratadi. CHuqurlashish natijasida buklama ho-
417
mila tanasiga botib kiradi. Uning qirralari yaqinlashadi, birikadi va shu tariqa nay hosil bo’ladi.
Buklamaning nayga ay-lanish protcessi homilaning oldingi va orqa qismlaridan boshla-
258- rasm. Odam pushti tanasining pushtdan tashqari qismlardan
ajralishining dpstlabki
bosqichi. Uch hafgalik pusht.
1__teri ektodermasi; 2 - nerz tarnezchasi; 3 - amnion ektodermasi; 4 - amnion mezoder-
-masi; 5-ichak entodermaei; 6 -sariqlik entodermasn; 7-xorda; 8 - allontsms; 9 - yurak-
ning endotelial kurtaklari; 10 - perikardial bo’shliq; 11 -qon orolchalari{ 12 - amnioi
oyoqchasi; 13 - xorial plaotinka; 14 - xornon vorsinkasi (Pztendan).
nib, medial qismga tarqaladi. Lekin homila o’rtasida nay hosil bo’lishi to’liq
yuz bermaydi, u
erda nay bo’shlig’ini sariqlik qop-chasi bo’shlig’i bilan hosil bo’lgan teshik tutashtirib turadi.
To’r-tinchi haftaning boshlarida homilaning oldingi uchi tomonida og’iz chuqurchasi deb
ataluvchi ektoderma botiqligi yuzaga keladi. Botiqlik chuqurlashib, ichak nayining old uchiga
etib boradi. Og’iz chuqurchasi va ichak nayi devorlari bir-biriga tegib turgan .joyda qo’shiladi.
Xuddi shu tariqa ichak nayining boshqa uchida ham anal teshik vujudga keladi.
Homiladorlikning ikkinchi oyida bo’lg’usi bolaning deyarli: hamma organlari rivojlanishi uchun
asos vujudga keladi. SHu davrda umumiy tarzda bosh, tana, qo’l va oyoqlar shakllanadi.
Homilaning hosil bo’lgan uchta varag’idan etuk organizmning hamma to’qima va a’zolari
rivojlanadi. Jumladan, ektoder-m a d a n teri qoplamasi va uning hosilalari, og’iz bo’shlig’i va
uning barcha a’zolari, nerv to’qimasi rivojlanadi. Ento der-m a ichak nayi va yirik hazm bezlari
(jigar, oshqozon osti be-zi), ayrim endokrin bezlar takomilida ishtirok etadi. Mezo-d e r m a esa
barcha a’zolarning biriktiruvchi to’qnmali asosining, ko’ndalang-targ’il
va silliq mushaklar
hamda tayanch-trofik tuzil-malar (qon, limfa, tog’ay, suyak) ning hosil bo’lishida ishtirok' etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: