Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


 Valyutaning haqqoniy (real) kurslarini



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

9.3. Valyutaning haqqoniy (real) kurslarini  
aniqlash metodlari 
 
Real kurs deb kontragent (o’zaro shartnomaga ega bo’lgan) mamlakatlarida ishlab 
chiqariladigan (sotiladigan) bir xil tovar (xizmat) narxining nisbatiga aytiladi. Bu degani 
bir  Amerika  dollari  necha  so’m  turadi  yoki  teskarisi.  Real  kursni  bitta  tovar  misolida 
quyidagicha aniqlash mumkin. Masalan, non bo’yicha. Bir killogramm non (yanvar 2009 
yil)  O’zbekistonda  300  so’m  turadi,  AQShda  esa  0,5  dollar.  Bu  erdan  real  kurs 
Kr=Ru:Ra=300:0,5=600  so’m.  Demak  bir  dollar  600  so’m  turar  ekan.  Bitta  tovar 
bo’yicha  real  kursni  hisoblash  juda  oson  ekan.  Lekin  bizga  ma’lumki  ishlab 
chiqariladigan  va  sotilgan  tovarlar  (xizmatlar)  soni  100  ming  atrofida.  Xo’p,  barcha 
tovarlar  (xizmatlar)  bo’yicha  real  kurs  qanday  aniqlanadi?  Bu  ishni  maxsus  bilim  va 
tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar iqtisodiy-statistik metodlarini qo’llash bilan bajaradi. 
Hozirgi zamon xalqaro iqtisodiy amaliyotida real kurslarni hisoblashda ikki metod 
qo’llaniladi:  birinchi  metod  tanlab  kuzatish  ma’lumotlariga  asoslansa,    ikkinchisi 
yoppasiga  kuzatish  ma’lumotlariga  asoslanadi.  Ikkala  metodda  ham  ikki  va  undan  ortiq 
mamlakatlardagi  tovarlarga,  xizmatlarga  va  kapitalga  bo’lgan  baholar  taqqoslanadi. 
Hisoblash usuli ikkala metodda ham bir xil, faqat to’plam hajmiga qarab olingan natijalar 
har  xil  bo’lishi  mumkin.  Amaliyotda,  real  kurslar,  ko’pchilik  paytda,  tanlab  kuzatish 
ma’lumotlariga  asoslanadi.  Chunki  ma’lumot  to’plash  oson,  ko’p  xarajat  va  vaqt  talab 
qilmaydi.  Bu  metodni,  ayrim  paytlarda,  tovar-vakillari  metodi  deb  ham  atashadi.  Real 
kurslarni hisoblash quyidagi bosqichlardan tashkil topadi. 
1. Birinchi bosqichda tovar vakillari ajratib olinadi. Ularga eng tarqalgan tovarlar, 
xizmatlar  va  kapital  kiritiladi.  Faqat  birgina  davlatda  ishlab  chiqariladigan  tovarlar  bu 
ro’yxatga kirmasligi tabiiy. 
Tanlab olingan baholar (tovarlar) asosida maxsus spetsifikatsiyalar   tuziladi. Ular 
aynan  baholarni  (tovarlarni)  yuqori  aniqlikdagi  vakilligni  ta’minlashi  kerak  va  tanlab 
olingan  baho  indekslarini  butun  (tovarlar,  xizmatlar  va  kapital)  to’plamga  yoyishga 
imkoniyat yaratishlari kerak. Demak, tanlanma paritetlar asosida umumiy to’plam uchun 
o’rtacha tortqichli paritet hisoblanadi. 
2.  Ikkinchi  bosqichda  taqqoslaniladigan  umumiy  qimmatli  ko’rsatkichlar 


 
215 
dezagregatsiya  qilinadi,  ya’ni  tiplarga  ajratiladi.  Tovarlar,  xizmatlar  va  kapitallar 
kattalashtirilgan guruhlari, guruhlari va boshlang’ich guruhlarga  ajratiladi  (ular 150 dan 
300 tagacha bo’lishi mumkin) va ular asosida aniq hisoblar va taqqoslashlar olib boriladi. 
Bu bosqichdagi vazifa shundan iboratki, boshlang’ich guruhlarning zarur va aniq sonini 
aniqlab  olish  zarur.  Chunki  ular      kelgusi      bosqichlarda      tanlanadigan      tovar-vakillar 
sonini  qisqartirishga  imkon  beradi,  tovar-vakillar  soniqancha  kam  bo’lsa  ish  shuncha 
osonlashadi. 
3.  Bu  bosqichda  har  bir  guruhdan  bitta  yoki  bir  nechta  eng  tipik,  reprezentativ 
vakilni ajratib olinadi. Bu tovar shu guruh tovarlari ichida eng tarqalgan yoki ekvivalent 
bahoni ifodalashi kerak. Shu tovar xarakteristikalarining yig’indisi qolgan guruh tovarlari 
uchun  ham  o’xshash  bo’lishi  tovar  xarakteristikalarning  o’zi  miqdori  o’lchamga  ega 
bo’lishi kerak. Past va  yuqori sifatli tovarlarning bahosi o’rtasidagi farq sifatni hisobga 
oluvchi  korrektirovka  qilish  metodlari  yordamida  pasaytiriladi  yoki  umuman  bartaraf 
etiladi. 
4.  Har  bir  tovar  guruhi  uchun  baho  indekslarini  hisoblash  (tovar-vakillar  soni 
bo’yicha).  Ma’lumki,  ulgurji  baho,  iste’mol  bahosi,  YaIM  bahosi  -  deflyatori,  import-
eksport baholari indekslari alohida-alohida hisoblaniladi. 
Umumiy  indekslarning  agregat  formulasi  bu  indekslarni  hisoblash  asosi  bo’lib 
hisoblanadi.  Bu  indekslar  xududiy  indekslar  ham  deb  ataladi.  Bu  indekslarda  vazn 
vazifasini,  taqqoslash  maqsadiga  muvofiq  har  qanday  davlat  o’tashi  mumkin.  Masalan,  A 
davlatni  vazni  tarkibi  bo’yicha  valyuta  pariteti  umumiy  indeksi  quyidagi  formula  bilan 
hisoblaniladi (agregat formada): 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish