216
Valyuta pariteti indekslarini hisoblashda, aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan
tovar, ko’rsatilgan xizmat va kapital qiymatini taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, 1000 so’mga, 1000 rupiyga, 1000 frankga necha kilogramm non, guruch yoki
banan sotib olish mumkin, necha marta sartaroshga soch oldirish mumkin. Bu
ko’rsatkichlar, albatta, o’sha davlatlar (O’zbekiston, Hindiston, Kongo) uchun va shu
davlat aholisiga nisbatan hisoblanadi.
Bu paritetlar ham quyidagi bosqichlarda hisoblanadi. Birinchi bosqichda har bir
tovar va xizmat bahosi nisbati aniqlanadi. Keyin tortqichli o’rtachalar guruh tovar va
xizmatlar uchun hisob-kitob qilinadi. Uchinchi bosqichda esa tegishli xissalarda umumiy
juft darajalar paritetlari aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan metodika bo’yicha XVF har bir mamlakat, guruh mamlakatlar
va qit’alar bo’yicha paritetlar o’rnatadi. Dalil sifatida XVF tomonidan taklif qilingan
turmush darajasi baholovchi koeffitsientlarni keltirishimiz mumkin.
G’arb industrial rivojlangan davlatlar
0,73
Oldingi Sharqiy Evropa
1,86
Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlar
2,42
Afrikadagi rivojlanayotgan davlatlar
2,35
Demak, o’rtacha turmush darajasini baholash uchun, masalan Hindistonni boshqa
davlatlarga nisbatan, uning jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi milliy mahsulotini 2,42 ga
ko’paytirish kerak.
Valyuta hisob-kitoblarida mavjud, haqiqiy valyuta kurslaridan tashqari, kelgusida
kutiladigan kurslari ham hisoblanadi. Bu ish prognozlar tuzish metodlari yordamida
bajariladi. Valyut kurslarini prognozlash metodlari quyidagilarga bo’linadi: statistik
metodlar; ekspert baholash metodlari; grafik metodi.
Birinchi guruh metodlar yordamida makroiqtisodiy tahlil amalga oshirilib va shu
tahlil asosida umumiy iqtisodiy barometrlar tuzilsa; ikkinchi - bozor kon’yunkturasi
barometrlari; uchinchi - hozirgi zamonaviy kompyuter tahlili asosida iqtisodiy rivojlanish
va bozor kon’yunkturasining alohida olingan grafiklari tuziladi. Bu metodlar o’zaro
bog’liq va uchala guruh birgalikda umumiy iqtisodiy kon’yunkturani kompleks
baholashda umumiy baholash bazasi bo’lib xizmat qiladi.
Valyuta kurslarini prognozlash asosida hamma iqtisodiy munosabatlarni bitta
tizimga, hamma qadriyatlarni va ichki bozorni hamma ko’rsatkichlarini barcha iqtisodiy
munosabatlar bilan, jahon bozori ko’rsatkichlari va qadriyatlari bilan bog’lovchi valyuta
xarid qobiliyatini ob’ektiv baholash pariteti yotadi.
Mohiyati bo’yicha valyuta xarid qilish qobiliyati iqtisodiy rivojlanishning bosh
savoli, aynan shu davlatdagi bahoning o’sish darajasi, boshqa davlatlardagi o’sish bilan
tenglik qanday saqlanib turadi degan savolga javob beradi. Ma’lumki, milliy bahoni
o’sishi boshqa davlatlarga nisbatan yuqori bo’lsa, milliy valyutaning kursi tushib ketadi
va teskarisi.
Umumiy holda, valyut xarid qobiliyati pariteti quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: