Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
X-BOB. INSTITUTsIONAL BIRLIKLAR  
MOLIYaSI STATISTIKASI 
 
10.1. Institutsional birliklar xarajatlari statistikasi 
 
Korxona  va  tashkilotlarning  moliya-xo’jalik  faoliyatini  har  tomonlama  o’zida 
ifoda etuvchi ko’rsatkichlardan biri mahsulot (ish, xizmat) tannarhi yoki ishlab chiqarish 
va sotish xarajatlari bo’lib hisoblanadi. Xarajatlar joriy, keltirilgan va to’liq xarajatlarga 
bo’linadi. Bu bo’limda gap faqat joriy xarajatlar ustida boradi. 
Mahsulot  (ish,  xizmat)  tannarhi  korxonaning  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish 
xarajatlarining  pul  shaklidagi  ifodasidir.  U  mahsulot  ishlab  chiqarish  yoki  xizmat 
ko’rsatish korxonaga nimaga (qanchaga) tushayotganligini ko’rsatadi. Xarajatlar darajasi 
ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan xizmat hajmi va sifatiga, xom-ashyo, 
materiallar,  yonilg’i,  elektr  energiyasi,  jixozlardan  foydalanishga  va  mehnat  haqini 
sarflanishiga va boshqalarga bog’liq. Tannarxni o’zgarishi o’z navbatida korxona foydasi 
va rentabelligi, ishlab chiqarilgan mahsulot narhini o’zgarishiga olib keladi. 
Tannarx  tarkibini,  tarkibiy  tuzilishini,  dinamikasini  va  bu  ko’rsatkichning 
o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va baholash statistikasining vazifasidir. Bu 
vazifani  bajarishda  statistikaning  barcha  metodlari  qo’llanadi:  guruhlash,  nisbiy  va 


 
237 
o’rtacha miqdorlar, variatsiya ko’rsatkichlari, indekslar va boshqalar. 
Korxona  xarajatlarining  iqtisodiy  tabiati,  tayinlanishi  va  ishlab  chiqarish 
jarayonidagi  tutgan  roli  turlichadir.  Shu  munosabat  bilan,  ular  turli  belgilari  bo’yicha 
guruhlanadi.  Iqtisodiy  mazmuni  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish,  soliq 
solinadigan bazani to’g’ri aniqlash maqsadida barcha xarajatlar guruhlarga bo’linadi. 
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-
sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarning  shakllantirish  tartibi  to’g’risida 
Nizom»iga
1
  binoan  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliya-xo’jalik  faoliyati  bilan 
bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra quyidagicha guruhlanadi: 
1. 
Ishlab 
chiqarish 
tannarxiga 
kiritiladigan 
xarajatlar:  
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; v) 
boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatlariga ega 
bo’lgan ustama xarajatlar. 
2.  Ishlab  chiqarish  tannarxiga  kiritilmaydigan,  biroq  asosiy  faoliyatdan  olingan 
foydada  hisobga  olinadigan  hamda  davr  xarajatlariga  kiritiladigan  xarajatlar:  a)  sotish 
xarajatlari;  b)  boshqarish  xarajatlari  (ma’muriy  sarf  xarajatlar);  v)  boshqa  operatsion 
xarajatlar va zararlar; 
3.  Xo’jalik  yurituvchi  subektning  umumxo’jalik  faoliyatidan  olingan  foyda  yoki 
zararlarni  hisoblab  chiqishda  hisobga  olinadigan  xo’jalik  yurutuvchi  sub’ektning 
moliyaviy  faoliyati  bo’yicha  xarajatlar:  a)  foiz  bo’yicha  xarajatlar;  b)  xorijiy  valyuta 
bilan  operatsiya  bo’yicha  salbiy  kurs  tafovutlari;  v)  qimmatli  qog’ozlarga  qo’yilgan 
mablag’larni qayta baholash; g) moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar. 
Bulardan  tashqari  daromad  (foyda)dan  olinadigan  soliq  to’lagunga  qadar  foyda 
(zarar)ni  hisoblab  chiqishda  favqulotda  zararlar  miqdori  ham  e’tiborga  olinadi,  jami 
xarajatlar  tarkibiga  kiritiladi.  Shunday  qilib,  korxona  (tashkilot)  sarf-  xarajatlari 
to’g’risidagi statistika hisobotida forma № 5-s (yillik)da yuqoridagi 4ta guruh xarajatlar 
faqat  asosiy  faoliyat  bo’yicha  ko’rsatiladi,  asosiy  bo’lmagan  faoliyat  turlari  (bunda 
faoliyat 
turlari 

tarmoqlar) 
bo’yicha 
xarajatlar 
alohida-alohida 
ammo 
guruhlashtirilmagan holda yaxlit ko’rsatiladi.  
Asosiy  faoliyat  bo’yicha  barcha  harajatlar  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  (ishlar, 
xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi, davr harajatlari, ma’muriy harajatlar, moliyaviy 
faoliyat  bo’yicha  harajatlar  o’z  navbatida  Nizomda  ko’rsatilgan  standart  moddalarga 
guruhlashtiriladilar.  
Ko’rinib turibdiki, barcha xarajatlar 4 ta iqtisodiy guruhga, 80 ta moddaga va 73 ta 
qo’shma elementga ajratilgan, guruhlashtirilgan. Bunda qo’shimcha elementlar - alohida 
olingan moddani kichik moddalarga, elementlarga ajratilganidir. Masalan 2.1.2 moddasi 
2.1.2.1-2.1.2.19  elementlarga  ajratilgan.  Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  eng  ko’p  xarajat 
elementlari 1.2,1.5 ayniqsa 2.1 ga 2.3 xarajat moddalariga tegishli. 
Asosiy faoliyat bo’yicha xarajatlarning iqtisodiy mazmuni,moddalar va elementlar 
bo’yicha guruhlashtirib berilishi milliy hisoblar tizimining asosiy ko’rsatkichlaridan biri 
yalpi  qo’shilgan  qiymat  va  u  orqali  -  yalpi  ichki  mahsulot  hajmini  hisoblash  uchun 
ma’lumotlar  olinishiga  imkon  yaratadi,  chunki  bunda  oraliq  iste’moli  ko’rsatkichini 
                                                           
1
 Мазкур Низомга 1 январь 2008 йилгача 10 марта ўзгартиришлар киритилган. 


 
238 
hisoblash mumkin bo’ladi. 
Satatistika  va  buxgalteriya  hisobida  xarajatlar  tannarxga  kiritilishiga  qarab  ikki 
guruhga bo’linadi: bevosita va bilvosita xarajatlar.  
Bevosita  xarajatlar  deganda,  aniq  mahsulot  tannarxiga  to’g’ridan-to’g’ri 
qo’shiladigan  xarajatlarga  aytiladi.  Bilvosita  xarajatlar  –  turli  mahsulotlar  o’rtasida 
bo’linadigan  (shartli)  xarajatlarga  aytiladi.  Ularga  mashina  va  jixozlarni  saqlash  va 
ta’mirlash, umumishlab chiqarish, umumxo’jalik, tijorat va boshqa xarajatlar kiradi. 
Xarajatlar  ishlab  chiqarilgan  yoki  sotilgan  mahsulot  hajmiga  bog’liqlik  darajasi 
bo’yicha  quyidagi  turlarga  bo’linadi:  shartli-o’zgaruvchan  va  shartli-o’zgarmas 
xarajatlar. 
Shartli-o’zgaruvchan  xarajatlar  (masalan:  xom-ashyo,  materiallar  va  h.k.)  ishlab 
chiqariladigan  yoki  sotiladigan  mahsulot  yoki  tovar  hajmiga  bevosita  bog’liq,  ya’ni 
mahsulot  hajmi  qancha  ko’p  bo’lsa  yoki  oshsa  u  xarajatlar  ham  mutanosib  ravishda 
oshadi yoki pasayadi. 
 
 
 
Nizomda harajatlarni moddalarga ajratilishi (soni)  
№ 
Xarajatlarning 
guruhlantirilishi 
Asosiy 
xarajat 
moddalari 
soni 
Qo’shimcha 
elementlar 
soni 
1. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlari)ning ishlab chiqarish 
tannarhiga kiritiladigan xarajatlar 
 
 
1.1.  Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar 
12 

1.2.  Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq 
to’lash xarajatlari 

12 
1.3.  Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta 
xarajatlar 


1.4.  Asosiy vositalar va ishlab chiqarish axamiyatiga ega 
bo’lgan nomoddiy aktivlar amartizatsiyasi 


1.5.  Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar 

11 
2. 
Davr xarajatlari 
 
 
2.1.  Sotish xarajatlari 

19 
2.2.  Ma’muriy xarajatlar 
15 

2.3.  Boshqa operatsiya xarajatlari 
15 
27 
2.4.  Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan 
chiqariladigan xarajatlari 


3. 
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar 


4. 
Favqulotda zararlar 


 
Jami 
80 
73 
 
Demak,  mahsulot  hajmi  bilan  shartli-o’zgaruvchan  xarajatlar  o’rtasida  to’g’ri 
chiziqli  bog’lanish  mavjud.  Bundan,  shartli-o’zgarmas  xarjatlar  mahsulot  hajmi  biln 
bog’liq  emas  ekan  deb  hulosa  chiqarmasligimiz  kerak.  Ular  ham  bog’liq,  ular  ham 
ma’lum  bir  miqdorda  oshadi  yoki  kamayadi.  Lekin,  shartli-o’zgaruvchan  xarajatlarga 
nisbatan  birnecha  marta pastroq.  Masalan,  zavodda  mahsulot  ishlab  chiqarish o’n  marta 
oshsa,  xom-ashyo  hajmi  o’n  martaga  oshishi  kerak,  lekin  zavod  direktori  yoki 


 
239 
iqtisodchisini oylik maoshi 10 barobar oshmaydi. 
Barcha  xarajatlarni  iqtisodiy  mazmuniga  (elementlariga)  ko’ra  guruhlashtirish 
asosida  korxona  (tashkilot),  ya’ni  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  faoliyatining  moliyaviy 
natijalarini  foydaning  ko’rsatgichlari  (ya’ni  foyda,  asosiy  faoliyatdan  olingan  foyda, 
umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda, soliq to’lagungacha olingan foyda, sof foyda), 
yalpi va sof qo’shilgan qiymat, pul oqimi (kesh flou) ko’rsatkichlarini hisoblash mumkin. 
Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektda yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ)=Yalpi 
ishlab  chiqarish  (tovarlar  va  xizmatlar)  –  oraliq  iste’moli,  Yalpi  foyda  (YaF)  =  SST 
(Sotishda  olingan  sof  tushum)  –  IT  (Sotilgan  mahsulotning  ishlab  chiqarish  tannarhi). 
Ammo  f.№5-S  hamda  f.№1-F  ma’lumotlari  asosida  oraliq  iste’molni  bevosita  holida 
hisoblash  mumkin  emas,  chunki  asosiy  bo’lmagan  faoliyat  turlari  bo’yicha  xarajatlar 
faqat jami holda beriladi. 
Korxona va tashkilotar xarajatlarining statistik tahlili, ularni tarkibini o’rganishdan 
boshlanadi.  Xarajatlar  tarkibini  o’rganish  uchun,  har-bir  xarajat  moddasini  umumiy 
xarajatlardagi hissasi aniqlanadi. Agarda bu ish o’tgan va joriy yillar uchun bajarilsa yana 
ham  yaxshi,  ya’ni  ikki  yilni  taqqoslash  mumkin.  Bizning  fikrimizcha,  bu  ishni 
bajarishdan  maqsad,  o’tgan  davrga  (yoki  yillarga)  nisbatan  qanday  tarkibiy  o’zgarishlar 
ro’y  berganligini  aniqlash  emas  (bu  ish  ham  juda  muhum).  Maqsad  –  shu  tarkibiy 
o’zgrishlrga olib kelgan sabablarni va korxonada xarajatlarni kamaytirish uchun qanday 
zaxiralar  mavjudligini  aniqlash.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ikkinchi  savolga  javob, 
birinchi savoldan ko’ra muhimroq.  
Tarkibiy  o’zgarish  (strukturaviy  siljish)  larni  miqdoriy  baholash  va  ularning 
ta’sirini  o’rganishda  statistika  xazinasidagi  ko’pgina  metodlardan  foydalanish  mumkin. 
Chunonchi,  alohida  olingan  guruh  xarajatining  umumiy  xarajatdagi    salmog’ini  (d
i

o’zgarishini 

 d
i
= d
i0
 - d
i1
 holida (i=1,2,3,4), yig’ma holda esa strukturaviy siljishga baho 
berishda qo’yidagi metodlardan foydalanish mumkin: 
1) strukturaviy siljishlarning chiziqli koeffitsienti:  

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish